Raxmanov Qosim Erdanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Exinokokkoz xirurgiyasi va ximioterapiyasi aspektlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib521.
Ilmiy maslahatchi: Kurbaniyazov Zafarjon, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Safoev Bakodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Byulent Yunal, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Smolensk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik taktikasini takomillashtirish va kasallik qaytalanishini kamaytirishning samarali usullarini ishlab chiqish orqali exinokokkozni davolash sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribada jigarda birlamchi dominant exinokokk kistasidan uzoq to‘qimalarda raqobatbardosh bo‘lmagan, mikroskopik identifikatsiyalanadigan boshlang‘ich mikrokistalar aniqlanishi mumkin, o‘pkada esa makrokistadan uzoq joylashgan to‘qimalarda mikrokistalar aniqlanmaydi, aniqlangan holda esa makrokistaning dominantlik qilish belgilari yo‘q va mikrokistalar o‘sish qobiliyatiga ega ekanligi isbotlangan;
fibroz kapsulaning morfologik strukturasi o‘rganilgan, uning qatlamida exinokokkoz birlamchi lokalizatsiyasining qaytalanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yashovchan protoskolekslar aniqlangan va exinokokkoz asoratlangan shakllari fibroz kapsulasi morfologik o‘zgarishlar asosida xirurgik davo taktik – texnik aspektlari takomillashtirilgan;
jigar va o‘pka exinokokkozini jarrohlik davolashda topik mini-laparotomiya va mini-torakotomiya kesimi bilan exinokokkektomiya bajarish uchun balli baholash tizimi ishlab chiqilgan;
radikal exinokokkektomiyada kavitatsion ul`tratovush dissektor aspiratorni qo‘llash orqali operatsiyadan keyingi bevosita va uzoq davrdagi samarador natijalarga erishilishi isbotlangan;
operatsiyadan keyingi davrda qoldiq bo‘shliq yiringlashi va unda suyuqlik yig‘ilishini oldini olish, choklar orasida germetiklikni bo‘shliqni to‘ldirish bilan oshirish maqsadida o‘pkadan exinokokkektomiyadan so‘ng qoldiq bo‘shliqni bartaraf etish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 10 iyul` №41-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tajribada jigarda birlamchi dominant exinokokk kistasidan uzoq to‘qimalarda raqobatbardosh bo‘lmagan, mikroskopik identifikatsiyalanadigan boshlang‘ich mikrokistalar aniqlanishi mumkin, o‘pkada esa makrokistadan uzoq joylashgan to‘qimalarda mikrokistalar aniqlanmagan, makrokistaning dominantlik qilish belgilari yo‘q va mikrokistalar o‘sish qobiliyatiga ega ekanligi isbotlangan. Jigar exinokokkozi bilan og‘rigan bemorga operatsiyadan so‘ng albatta profilaktik ximioterapiya (albendazol o‘tkazilishi shart, o‘pka exinokokkozi bo‘lgan bemorlarga esa operatsiyadan so‘ng agar bemorda jigar surunkali kasalliklari bo‘lsa, albendazolning no’jo‘ya ta’siri kuzatilsa kichik dozada profilaktik ximioterapiya o‘tkazish mumkin. Buning natijasida albendazol salbiy ta’sirlari kuzatilmagan bo‘lib, Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi va Urgut tumani tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 8n-z/726-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini operatsiyadan keying vaqtidagi, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va kasallikning qaytalanishini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: exinokokkoz bilan og‘rigan bemorlar ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi, o‘lim va nogironlikning kamayishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jigar diffuz surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar exinokokkektomiya operatsiyasini o‘tkazganidan so‘ng kasallik qaytalanishini oldini olish maqsadida buyuriladigan profilaktik ximioterapiyaning (JSST tavsiyasiga ko‘ra 10-12 mg/kg 28 kun davomida 3 kurs, 14 oralig‘i bilan) kichik dozasi (albendazol 5 mg/kg) 1 oy davomida tavsiya etiladi. Tavsiya etiladigan dozada albendazolning no’jo‘ya ta’siri kuzatilmaygan. Xulosa: Exinokokkektomiya operatsiyasini o‘tkazgan bemorlarga kasallik qaytalanishini olldini olish uchun tavsiya etiladigan kichik dozadagi profilaktik ximioterapiya, shuningdek albendazolning no’jo‘ya ta’siri kuzatilmasligi hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 54 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 18 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: fibroz kapsulaning morfologik strukturasi o‘rganilgan, uning qatlamida exinokokkoz birlamchi lokalizatsiyasining qaytalanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yashovchan protoskolekslar aniqlangan va exinokokkoz asoratlangan shakllari fibroz kapsulasi morfologiyasini o‘rganish asosida xirurgik davo taktik – texnik aspektlari takomillashtirilgan. Ushbu yangilikning ilmiy ahamiyati shundaki, exinokokk kistasi yiringlaganda, uning fibroz kapsulasi qalinlashadi, ohaklanadi va mahalliy germisid vositalar fibroz qavat qatlamidagi yashovchan protoskoleks va asefalotsistalarga ta’sir etmaydi, shuningdek operatsiyadan keyin buyuriladigan profilaktik ximioterapiya ham kasallik qaytalanishini oldini har doim ham ololmaydi, shuning uchun asoratlangan, qalinlashib ohaklangan fibroz kapsulalarni olib tashlash natijasida kasallik qaytalanishi ancha kamaygan. Shu bilan birga operatsiyadan keyingi yaqin davrda qoldiq bo‘shliq yiringlashi, qoldiq bo‘shliq uzoq vaqtgacha chuzilgan reduksiyasi kabi asoratlar kuzatilmagan, bo‘lib Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi va Urgut tumani tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 8n-z/726-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini operatsiyadan keying vaqtidagi, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va kasallikning qaytalanishini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangilikning ijtimoiy samaradorligi asoratlangan exinokokkoz tufayli exinokokkektomiya o‘tkazgan bemorlar reabilitatsiyasi tezlashgan, ishlash qobiliyatiga ega bemorlar har doim bajarib turadigan ishiga erta qaytganligi bilan baholanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Asoratlangan exinokokkoz tufayli exinokokkektomiya operatsiyasini o‘tkazgan bemorning shifoxonada qolish muddatini 17,5 kundan 12,08 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 210 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Asoratlangan exinokokkoz tufayli exinokokkektomiya operatsiyasini o‘tkazgan bemorlarda operatsiya jarayonida fibroz kapsulani olib tashlash natijasida operatsiyadan keyingi erta asoratlar kamayganligini xisobga olib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 58 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 23 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: jigar va o‘pka exinokokkozini jarrohlik davolashda topik mini-laparotomiya va mini-torakotomiya kesimi bilan exinokokkektomiya bajarish uchun balli baholash tizimi ishlab chiqilgan va samaradorligi o‘rganilgan. Qiyoslash guruhida 78,3% holatda keng o‘rta kesim bajarildi, 21,7% bemorlarda – keng qovurg‘a yoyi osti. Asosiy gurhda exinokokkektomiya keng laparotom kesim bilan 60,9% holatda va 39,1% holatda exinokokkektomiya kam invaziv usullar bilan, xususan kichik kesim orqali va laparoskopik usul orqali mos ravishda 34,3% va 4,7% holatlarda. Kasallik kechish og‘irlik darajasini ballarda baholash dasturi va jarohatni kengaytirish uchun ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan qo‘rilmani qo‘llash natijasida asosiy gurhda minitorakotom kesim orqali adekvat exinokokkektomiya 43,5% holatlarda bajarildi, bu esa an’anaviy keng kesimlar chastotasini 56,5% gacha kamaytirilgan, bo‘lib Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi va Urgut tumani tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 8n-z/726-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini operatsiyadan keying vaqtidagi, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va kasallikning qaytalanishini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Operatsiya jarayonida kam invaziv kesimlar bilan exinokokkektomiya bajarish oqibatida operatsiya davomiyligi qisqargan, shuningdek operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda og‘riq kam kuzatilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorlarning statsionarda bo‘lish vaqti kamaygan; 2) bemorlarda operatsiyadan keyingi og‘riq kam kuzatilganligi hisobiga og‘riq qoldiruvchi dorilarga ehtiyoj kam kuzatilgan. Xulosa: Qorin bo‘shlig‘i a’zolari va ko‘krak qafasi a’zolari exinokokkozida jarrohlik davolash aspektlarini takomillashtirish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 72 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 27 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: radikal exinokokkektomiyada kavitatsion ultratovush dissektor aspiratorni qo‘llash orqali operatsiyadan keyingi bevosita va uzoq davrdagi samarador natijalarga erishilishi isbotlangan. Amaliyotga ultratovushli dissektor aspirator keng joriy qilinganidan so‘ng imkoniyat bo‘lganda total perisistektomiya (18,6%) va ideal exinokokkektomiya (11,4%) operatsiyalari tez-tez bajarilgan, bu esa operatsiyadan keyingi bevosita va uzoq davrdagi natijalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 8n-z/726-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini operatsiyadan keying vaqtidagi, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va kasallikning qaytalanishini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Radikal exinokokkektomiya o‘tkazgan bemorlar reabilitatsiyasi tezlashgan, har kunlik turmush tarziga erta qaytishgan, ishlash qobiliyati erta tiklangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat radikal exinokokkektomiya bajarilishi xisobiga sarf xarajatlarni 24.5% kamatirish imkonini bergan. Xulosa: Operatsiya xonasi yuqori texnologiyali jihozlar bilan jihozlanishi va radikal exinokokektomiya amaliyotga tatbiq etilishi hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 68 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 24 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi davrda qoldiq bo‘shliq yiringlashi va unda suyuqlik yig‘ilishini oldini olish, choklar orasida germetiklikni bo‘shliqni to‘ldirish bilan oshirish maqsadida jigardan exinokokkektomiyadan so‘ng qoldiq bo‘shliqni bartaraf etish usuli takomillashtirilgan, bronxoplevral aloqani oldini olish va adekvat germitizatsiyaga erishish maqsadida o‘pkadan exinokokkektomiyadan so‘ng qoldiq bo‘shliqni bartaraf etish usuli takomillashtirilgan. “Jigardan exinokokkektomiyadan so‘ng qoldiq bo‘shliqni bartaraf qilish usuli”ni amaliyotga keng tatbiq qilish natijasida jigardan parenximatoz qon ketishi kuzatilmagan. Biologik yostiqchalarda choklarni qo‘llash afzalligi shundaki, jigardan exinokokkektomiyadan so‘ng biologik himoya yostiqchalarda qoldiq bo‘shliqni bartaraf qilish jigar to‘qimalari tortilishini xavfsizlik yostiqchalari orqali taqsimlashga yordam bergan, uni bog‘lashda haddan tashqari kuchlanishdan himoya qilgan va a’zo yirtilishi xavfini kamaytirgan. O‘pkadan exinokokkektomiyadan so‘ng qoldiq bo‘shliqni bartaraf qilishning tavsiya etilayotgan usulini qo‘llash oqibatida operatsiyadan keyingi erta asoratlar kamaygan, bemorlar reabilitatsiyasi tezlashgan, bo‘lib Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasida, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi va Urgut tumani tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 8n-z/726-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini operatsiyadan keying vaqtidagi, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va kasallikning qaytalanishini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi erta davrda asoratlar soni kamayishi hisobiga bemorlarning statsionardan davolanib chiqishi tezlashgan va ishlash qobiliyati yoshidagi bemorlar har kunlik ish tarziga erta qatgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 210 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35.000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Exinokokkektomiyadan so‘ng qoldiq bo‘shliqni bartaraf etish usulini takomillashtirish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 72 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 27 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Raxmanov Qosim Erdanovichning “Exinokokkoz xirurgiyasi va ximioterapiyasi aspektlari” mavzusida dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 6ta ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligidan 2022 yil 29 dekabrdagi 8n-z/726-sonli ma’lumotnomasi olingan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 396 ming so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 146 ming. so‘m iqtisod qilingan.