Xosilov Shavkat Bekmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’loni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2052
Ilmiy rahbar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Otajonov Shuxrat Ibraimjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori,; Sarimsoqov Donyor Xomidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalari innovatsion salohiyatini strategik rivojlantirishni uch bosqichli («tubdan yangilovchi» (disruptive), «barqaror» (sustainable) va «samarador» (efficiency)) innovatsiya mezonlariga ko‘ra shakllantrish tizimi asoslangan;
innovatsion salohiyatni jahon tajribasi asosida ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining hamda davlat tashkilotlarining foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foydaning 10 foizgacha miqdoridagi majburiy ajratmalarini «tubdan yangilovchi» innovatsiyalar yaratishga va joriy qilishga yo‘naltirish hisobiga oshirish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik sanoati iqtisodiy salohiyatini oshirishda Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari hamda Bag‘dod, Beshariq, Rishton tumanlarini engil sanoatga ixtisoslashtirish taklifi asoslangan;
innovatsiyalar joriy qilingan korxonalar soniga ko‘ra to‘qimachilik sanoati daromadi ko‘rsatkichining 2027 yillarga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalari innovatsion salohiyatini strategik rivojlantirishni uch bosqichli («tubdan yangilovchi» (disruptive), «barqaror» (sustainable) va «samarador» (efficiency)) innovatsiya mezonlariga ko‘ra shakllantrish tizimi asoslangan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni 1-ilovasi hamda “POSCO International Textile” MChJ korxonasining “2022-2026-yillarda innovatsion rivojlanish strategiyasini” ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 21-fevraldagi 03/25-379-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona viloyati to‘qimachilik sanoati korxonalari innovatsion boshqaruvida strategik rejalashtirish bosqichlarining samarali uzviyligini ta’minlash hisobiga ilmiy-innovatsion xarajatlar 6 foizga, korxona innovatsion salohiyatini oshirish imkoniyati 12 foizga oshgan;
innovatsion salohiyatni jahon tajribasi asosida ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining hamda davlat tashkilotlarining foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foydaning 10 foizgacha miqdoridagi majburiy ajratmalarini «tubdan yangilovchi» innovatsiyalar yaratishga va joriy qilishga yo‘naltirish hisobiga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165 son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni 1-ilovasida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 21-fevraldagi 03/25-379-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish hisobiga to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion faoliyatni kengaytirish hamda innovatsion mahsulotga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘larni oshirish imkoniyati yaratilgan;
to‘qimachilik sanoati iqtisodiy salohiyatini oshirishda Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari hamda Bag‘dod, Beshariq, Rishton tumanlarini engil sanoatga ixtisoslashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 apreldagi 221-son “2022 — 2026 yillarda Farg‘ona viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 21-fevraldagi 03/25-379-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy qilish natijasida hududlarda to‘qimachilik korxonalarini optimal joylashtirish hisobiga sohaning ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish imkoniyati yaratilgan;
innovatsiyalar joriy qilingan korxonalar soniga ko‘ra to‘qimachilik sanoati daromadi ko‘rsatkichining 2027-yillarga qadar prognoz parametrlaridan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining innovatsion strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 21-fevraldagi 03/25-379-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida innovatsion hajmini oshirishga hamda sanoat korxonalarida fan sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga innovatsion salohiyatni oshirishga erishish imkoniyati yaratilgan.