Dauletmuratov Adilbay Mirzabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xizmatlar sohasida inson kapitalidan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” va 08.00.10 – “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti”  (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1352.
Ilmiy rahbar: Utemuratova Gulnaraxan Xojaniyazovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Amirkulov Shuxrat Olimovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida inson kapitalidan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“inson kapitali” va “xizmat” kategoriyalarining mohiyati ularning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyatini hisobga olgan holda takomillashtirilgan va inson kapitali bo‘yicha mualliflik ta’rif berilgan;
xizmatlar sohasi korxonasida inson kapitalidan samarali foydalanish tizimi hamda korxonada inson kapitali shakllantirish va undan foydalanish algoritmi ishlab chiqilib, xizmat ko‘rsatish korxonalarida ushbu tizim va algoritmdan foydalanish bo‘yicha takliflar berilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida korxonaning inson kapitalini baholash modeli ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar daromadlarining o‘sish sur’atlari bilan inson kapitali qiymatining o‘sish sur’atini taqqoslash asosida inson kapitalidan samarali foydalanish mezoni aniqlangan. Korxonaning inson kapitalini baholash modelini ishlab chiqishda ushbu omillarni hisobga olish zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat ko‘rsatish korxonalarida inson kapitalidan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“inson kapitali” va “xizmat” kategoriyalarining mohiyati ularning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyatini hisobga olgan holda takomillashtirish va inson kapitali bo‘yicha berilgan mualliflik ta’rif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4889-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha “YO‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 7-oktyabrdagi 03/1267-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va intensivligini oshirish, korxonalarda innovatsion faoliyatni rivojlantirishda inson kapitalidan samarali foydalanishni ta’minlash orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish imkonini bergan;
xizmatlar sohasi korxonasida inson kapitalidan samarali foydalanish tizimi hamda korxonada inson kapitali shakllantirish va undan foydalanish algoritmi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4889-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha “YO‘l xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 7-oktyabrdagi 03/1267-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish sohasida 2021-yilda iqtisodiy o‘sish darajasining umumiy indeksini 1,7 koeffisientga oshirishga erishilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida korxonaning inson kapitalini baholash modelini foydalanish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ular ijrosi monitoringini o‘tkazish jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 7-oktyabrdagi 03/1267-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonalarining inson kapitali qiymatini baholash imkonini bergan;
 xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar daromadlarining o‘sish sur’atlari bilan inson kapitali qiymatining o‘sish sur’atini taqqoslash asosida inson kapitalidan samarali foydalanish mezoni respublika xizmat ko‘rsatish korxonalarida, jumladan Qoraqalpoq davlat universiteti, “GROSS sug‘urta kompaniyasi” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali, “O‘zagrolizing” aksionerlik lizing kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida inson kapitalidan foydalanish samaradorligi va ushbu resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalarni aniqlash imkonini bergan va ushbu korxonalar daromadlarining 10-12 foiz oshishi ta’minlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 7-oktyabrdagi 03/1267-son ma’lumotnomasi).
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish