Xudoyberdiev Odiljon Egamberdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarda joriy aktivlar hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2027.
Ilmiy rahbar: Karimov Akrom Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalarda joriy aktivlar hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zaxiralarning tannarx yoki sof sotish qiymati miqdorlaridan eng kichigini «xarid tannarxi – qayta ishlash xarajatlari – boshqa ustama xarajatlar» zanjiri asosida aniqlash taklif etilgan;
korxonalar hisob siyosatiga 1710-1770 «Zaxiralar xaridi va tayyorlov saqlash jarayoni tannarxi elementlari», 1810 «Zaxiralar xaridi va tayyorlov saqlash jarayoni tannarxi», 1910 «Ishlab chiqarishga berilgan zaxiralar tannarxi», 2110 «Ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar tannarxi» ishchi schyotlarini kiritish orqali zaxiralarning xarid jarayonidan sotish jarayonigacha bosqichma-bosqich tannarxi shakllanishi asoslangan;
debitorlik qarzlarining qadrsizlanishidan ko‘riladigan zararlarni hisoblashda ularni muddatiga qarab toifalash taklif etilgan;
korporativ boshqaruv va investorlar uchun mo‘ljallangan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotga 140-satr «Zaxiralar», 150-satr «Sotishga mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar», 160-satr «Savdo va boshqa olinadigan schyotlar», 170-satr «Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari», 180-satr «Joriy soliq aktivlari»ni kiritish orqali xalqaro standartlarga muvofiq axborotlar qamrovi kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarda joriy aktivlar hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
zaxiralarning tannarx yoki sof sotish qiymati miqdorlaridan eng kichigini «xarid tannarxi – qayta ishlash xarajatlari – boshqa ustama xarajatlar» zanjiri asosida aniqlash taklifi «Kogondonmahsulotlari» AJ va «Oqtosh-don» AJ hisob siyosatiga joriy qilingan («Kogondonmahsulotlari» AJning 2022-yil 23-sentyabrdagi 269-son, «Oqtosh-don» AJning 2022-yil 25-avgustdagi 214-son ma’lumotnomalari). Natijada, zaxiralar tannarxini aniqlash bo‘yicha taklif joriy etilishi zaxiralar qiymatini haqqoniy shakllantirish, obektiv baholashga xizmat qilgan;
korxonalar hisob siyosatiga 1710-1770 «Zaxiralar xaridi va tayyorlov saqlash jarayoni tannarxi elementlari», 1810 «Zaxiralar xaridi va tayyorlov saqlash jarayoni tannarxi», 1910 «Ishlab chiqarishga berilgan zaxiralar tannarxi», 2110 «Ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar tannarxi» schyotlarini kiritish orqali zaxiralarning xarid jarayonidan sotish jarayonigacha bosqichma-bosqich tannarxni shakllantirish bo‘yicha taklifi «Kogondonmahsulotlari» AJ va «Oqtosh-don» AJ hisob siyosatiga joriy qilingan («Kogondonmahsulotlari» AJning 2022-yil 23-sentyabrdagi 269-son, «Oqtosh-don» AJning 2022-yil 25 avgustdagi 214-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida xalqaro tajribadagi zaxiralarning davriy va uzlyuksiz tizimlarini joriy qilish va natijada zaxiralar harakati ustidan nazoratni yaxshilash imkonini bergan;
debitorlik qarzlarining qadrsizlanishidan ko‘riladigan zararlarni hisoblashda ularni muddatiga qarab toifalash taklifi «Kogondonmahsulotlari» AJ va «Oqtosh-don» AJ hisob siyosatiga joriy qilingan («Kogondonmahsulotlari» AJning 2022-yil 23-sentyabrdagi 269-son, «Oqtosh-don» AJning 2022-yil 25-avgustdagi 214-son ma’lumotnomalari). Natijada, debitorlik qarzlarini xalqaro standartlarga muvofiq haqqoniy baholash, moliyaviy hisobotda sof qiymatda aks ettirish imkonini bergan;
korporativ boshqaruv va investorlar uchun mo‘ljallangan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotga 140-satr «Zaxiralar», 150-satr «Sotishga mo‘ljallangan uzoq muddatli aktivlar», 160-satr «Savdo va boshqa olinadigan schyotlar», 170-satr «Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari», 180-satr «Joriy soliq aktivlari»ni kiritish orqali xalqaro standartlarga muvofiq axborotlar qamrovi kengaytirilishi bo‘yicha takliflari «Kogondonmahsulotlari» AJ va «Oqtosh-don» AJ hisob siyosatiga joriy qilingan («Kogondonmahsulotlari» AJning 2022-yil 23-sentyabrdagi 269-son, «Oqtosh-don» AJning 2022-yil 25-avgustdagi 214-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida moliyaviy hisobotlarda joriy aktivlar tarkibini xalqaro standartlarga muvofiq shakllantirish hamda axborotlarning haqqoniyligi va ahamiyatligini oshirishga xizmat qilgan.