Muratov Lochinbek Baxromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoppasiga yoki pushtali ishlov berishga sozlanadigan kombinatsiyalashgan mashina ish organlari parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3353
Ilmiy rahbar: Axmetov Adilbek Agabekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muxandislari institute” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02.
Rasmiy opponentlar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, professor; Qurbonov Sherzod Baxtiyorovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: takroriy ekinlar ekish uchun tuproqni ekish oldidan yoppasiga va pushtali ishlov berishga sozlanadigan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yumshatkich panja, faol rotor, zichlovchi g‘altak, egat ochkich va pushta shakllantirgich bilan jihozlanadigan kombinatsiyalashgan mashinaning konstrukutiv sxemasi tuproqqa yoppasiga hamda pushtali ishlov berishni hisobga olinib ishlab chiqilgan;
prujinasimon S-ko‘rinishidagi xivichlar bilan jihozlangan notekis yuzali ishchi organning konstruksiyasi bir vaqtda cho‘zish va siqish deformatsiyalarini yuzaga keltirish orqali tuproqni jadal yumshatilishini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
tuproqni yumshatuvchi ishchi organning dungliklari va prujinasimon S-ko‘rinishidagi xivichlarnining parametlari tuproqni talab darajasida uvalanishini hisobga olgan holda aniqlangan;
sozlanadigan kombinatsiyalangan mashinaning sifat va energetik ko‘rsatkichlari uning ish organlarining parametrlari va harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalaydigan bog‘lanishlar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yoppasiga yoki pushtali ishlov berishga sozlanadigan kombinatsiyalashgan mashina ish organlari parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
erlarni takroriy ekinlar ekishga tayyorlash uchun tuproqqa yoppasiga yoki pushtali ishlov berishga sozlanadigan kombinatsiyalangan mashina ishchi qismiga Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Tuproqqa ishlov beradigan ish organi» IAP 06800-2022 y). Natijada tuproqqa yoppasiga yoki pushtali ishlov berishga sozlanadigan kombinatsiyalashgan mashinaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
takroriy ekinlar ekish oldidan tuproqni yoppasiga yoki pushtali tayyorlash uchun sozlanadigan kombinatsiyalashgan mashina Toshkent viloyati Zangiota tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 9-fevraldagi 04/28-28-08/70-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘alladan bo‘shagan maydonlarni takroriy ekin ekishga tayyorlashda yonilg‘i va ekspluatatsiyaviy sarf xarajatlarni 1,2 martagacha kamaytirish imkonini bergan;
tuproqni yoppasiga yoki pushtali tayyorlash uchun sozlanadigan kombinatsiyalashgan mashina bo‘yicha loyiha konstruktorlik hujjatlari (texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 9-fevraldagi 04/28-28-08/70-son ma’lumotnomasi). Natijada dalaga yoppasiga yoki pushtali ishlov berib, takroriy ekinlar ekish uchun tayyorlashga sozlanadigan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.