Igamberdieva Parizod Kadirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Farg‘ona dorivor o‘simliklarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra tibbiy-gigienik tasniflash», 02.00.09–Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K14.

Ilmiy rahbar: Ibragimov Alidjan Aminovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.

Rasmiy opponentlar: Pulatova Lola Tairxanovna, texnika fanlari doktori; Isakov Muxamedjan Yunusovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Farg‘ona dorivor o‘simliklarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra tibbiy-gigenik tasniflash, dorivor xomashyodan profilaktik va shifobaxsh to‘plamlarni yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Marrubium anisodon o‘simligining tog‘ mintaqasi namunalaridan  individual holatda alkaloid staxidrin hamda diterpen sinfiga mansub neytral moddalar peregrinin va marrubin hosilasi ajratib olingan;

ilk bor Arctium leiospermum o‘simligining tog‘ mintaqasi namunalaridan β-sitosterin, α-amirin va atsetilamirinlar ajratib olingan, ularning tuzilishi isbotlangan va identifikatsiya qilingan;

Farg‘ona shuvoqlar namunalari efir moyining tarkibi aniqlangan;

ilk bor Janubiy Farg‘onaning 40 dan ortiq shifobaxsh o‘simliklari organik va mineral tarkibiga ko‘ra tasniflangan;

o‘simlikning organizmga ko‘rsatadigan fiziologik ta’siri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalar: alkaloidlar, steroidlar, terpenlar, makro- va mikroelementlar bilan bog‘liqligi aniqlangan;

o‘simliklar asosida tayyorlangan ayrim to‘plamlarning qon-tomir, immun va organizmning boshqa tizimlariga bo‘lgan ta’siri isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Janubiy Farg‘ona o‘simliklarining kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

uch xil o‘simlikdan anemiyaga qarshi faollikka ega biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi (BFQ) va uni tayyorlash usuli «LINKAS FARM PLYUS» korxonasida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 012-1/174-son ma’lumotnomasi). Natijada «Bio-Gem» preparatini anemiyaga qarshi faollikka ega biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi ekanligini isbotlash imkonini bergan;

Janubiy Farg‘ona o‘simliklarining besh turidan immunitetni oshiruvchi «Bio-Immun» preparati va uni ishlab chiqarish usuli «LINKAS FARM PLYUS» korxonasida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 012-1/174-son ma’lumotnomasi). Natijada «Bio-Immun» preparatini immunitetni oshiruvchi biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi ekanligini isbotlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish