Rapiqov Ibrayimjon G‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Mamat Eshqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Shomirzaev Murod Xuramovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish imkoniyatlari iqtisodiy tushuncha va bilimlarni o‘zlashtirishdagi refleksiya va empatiyaning namoyon bo‘lishini tahliliy prognozlashtirish, mehnat tarbiyasida milliy qadriyatlarning ijobiy namunalaridan foydalanishga ustuvorlik berish hamda nazariy bilimlarning amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan pedagogik muhitni tadrijiy ravishda yaratish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish imkoniyatlari modeli o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar integrativligini yaxlitlash, mehnatga qadriyat sifatida munosabatda bo‘lish, erishilgan natijadan qoniqish va rag‘bat hissini shakllantirish hamda iqtisodiy savodxonlikning ibtidoiy tushunchalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish samaradorligi mulkini asrash, isrof qilmaslik va sarmoya tushunchalarining sinonimlarini tahlil qilish hamda hunarmandchilikka doir xalq udumlariga qiziqishlarni bosqichma-bosqich oshirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish mezonlari xalq mehnati an’analariga sodiqlik hamda kasbni qiziqish va layoqat asosida tanlash, insoniy qadr – qimmati halol mehnat, sharqona madaniyat an’analariga mos rivojlanib borish zarurligini ko‘rsatish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish imkoniyatlari iqtisodiy tushuncha va bilimlarni o‘zlashtirishdagi refleksiya va empatiyaning namoyon bo‘lishini tahliliy prognozlashtirish, mehnat tarbiyasida milliy qadriyatlarning ijobiy namunalaridan foydalanishga ustuvorlik berish hamda nazariy bilimlarning amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan pedagogik muhitni tadrijiy ravishda yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 3 iyundagi 02-07-2071 sonli dalolatnomasi). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish bo‘yicha tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish imkoniyatlari modeli o‘quv-tarbiyaviy jarayonlar integrativligini yaxlitlash, mehnatga qadriyat sifatida munosabatda bo‘lish, erishilgan natijadan qoniqish va rag‘bat hissini shakllantirish hamda iqtisodiy savodxonlikning ibtidoiy tushunchalarini rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 3 iyundagi 02-07-2071 sonli dalolatnomasi). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish jarayoni o‘quvchilarda o‘zlashtirish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish samaradorligi mulkini asrash, isrof qilmaslik va sarmoya tushunchalarining sinonimlarini tahlil qilish hamda hunarmandchilikka doir xalq udumlariga qiziqishlarni bosqichma-bosqich oshirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 3 iyundagi 02-07-2071 sonli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak etuk kadrlarni mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirishning metodik tayyorgarlik darajasini ortish imkoni yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish mezonlari xalq mehnati an’analariga sodiqlik hamda kasbni qiziqish va layoqat asosida tanlash, insoniy qadr-qimmati halol mehnat, sharqona madaniyat an’analariga mos rivojlanib borish zarurligini ko‘rsatish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 3 iyundagi 02-07-2071 sonli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mehnat tarbiyasi asosida tejamkorlik va tadbirkorlikni shakllantirish samaradorligi oshgan.