Jo‘raev Mirjalol Qahramonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalarida elektr mashinalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4333.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Sultanova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Fayzullaev Jamshid Ismoiljonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida elektr mashinalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektr mashinalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi mustaqil ta’limning didaktik usullari, pedagogik-psixologik komponentlari va innovatsion-texnologik traektoriyasini prognostik aniqlash hamda ijodiy-rivojlantiruvchi pedagogik infratuzilmaning ichki imkoniyatlariga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektr mashinalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish mazmuni talabalarning shaxsiy natijaviy darajalarining qayta aloqaga kirishuvining intensivligini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda induksiya va deduksiyalarning mohiyatini amaliy ta’limning funksional xususiyatlari bilan muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektr mashinalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi elektr mashinalari faniga oid mativatsion-qadriyatli, obrazli-amaliy komponentlarning muammoli va kontekstli o‘qitishning eksperemental jixatlarini oshirish, DUAL o‘qitish tizimini fanning amaliy va tajriba darslarida qo‘llash hamda tajriba faoliyatini individuallashtirish va o‘zgaruvchanlik jarayonini fanlararo o‘zaro bog‘lash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektr mashinalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish ta’sirchanligi mustaqil o‘quv faoliyatining amaliyligini oshirish, didaktik piramidalardan foydalanib o‘qitishning didaktik imkoniyatlaridan effektiv foydalanish hamda texnik fikrlash, texnika tilini bilish, zamonaviy texnik jihozlardan to‘g‘ri foydalana olishni o‘zida mujassam etgan ko‘nikmalarni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnik oliy ta’lim muassasalarida elektr mashinalari fanini o‘qitish metodikasini optimallashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektr mashinalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi mustaqil ta’limning didaktik usullari, pedagogik-psixologik komponentlari va innovatsion-texnologik traektoryasini prognostik aniqlash hamda ijodiy-rivojlantiruvchi pedagogik infratuzilmaning ichki imkoniyatlariga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Elektr mashinalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 388-255 nomli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning o‘zlashtirilgan bilim, malaka, ko‘nikmalarini amalda qo‘llay olishini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektr mashinalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish mazmuni talabalarning shaxsiy natijaviy darajalarining qayta aloqaga kirishuvining intensivligini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda induksiya va deduksiyalarning mohiyatini amaliy ta’limning funksional xususiyatlari bilan muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Elektr mashinalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 388-255 nomli nashr ruxsatnomasi). Natijada elektr mashinalari fanini o‘qitish samaradorligini, talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishi, ijobiy munosabati va o‘quv faolligini oshirish, o‘quv mashg‘ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llash imkoni yaratilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektr mashinalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi elektr mashinalari faniga oid motivatsion-qadriyatli, obrazli-amaliy komponentlarning muammoli va kontekstli o‘qitishning eksperemental jixatlarini oshirish, DUAL o‘qitish tizimini fanning amaliy va tajriba darslarida qo‘llash hamda tajriba faoliyatini individuallashtirish va o‘zgaruvchanlik jarayonini fanlararo o‘zaro bog‘lash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Elektr mashinalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 388-255 nomli nashr ruxsatnomasi). Natijada elektr mashinalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning didaktik ta’minotini boyitishga zamin yaratilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektr mashinalari fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish ta’sirchanligi mustaqil o‘quv faoliyatining amaliyligini oshirish, didaktik piramidalardan foydalanib o‘qitishning didaktik imkoniyatlaridan effektiv foydalanish hamda texnik fikrlash, texnika tilini bilish, zamonaviy texnik jihozlardan to‘g‘ri foydalana olishni o‘zida mujassam etgan ko‘nikmalarni rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Elektr mashinalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 388-255 nomli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv mashg‘ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalarni tashkil qilishga imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish