To‘raqulova Bahriniso Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ ta’lim muhitida ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotlarni tashkil etish jarayonini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped1867.
Ilmiy rahbar: To‘xtaeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.                                                                           
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nuriddinov Bahodir Sobirovich, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ ta’lim muhitida ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotlarni tashkil etish jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
integrativ ta’lim muhitida oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligini ta’minlashning metodik asoslari orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishida amaliyotlarni tashkil etishda integrativ yondashuvning maqsad, mazmun, metodik va baholash kabi bosqichlari aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini integratsiyalash natijasida amaliyotning o‘quv-uslubiy ta’minoti hamda amaliyot jarayonining “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, amaliyot dasturlari integrativ tamoyillarni kiritish hisobiga mazmunan takomillashtirilgan;
tanishuv, malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlarini tashkil etish jarayoni metodikasi tashkiliy-tuzilmaviy model komponentlarini kiritish va “Deming sikli”ni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorlashning o‘quv-uslubiy ta’minoti talabalarga qo‘yiladigan kompetensiyaviy talablar va sifat ko‘rsatkichlarini baholashning kommunikativ, intellektual, professional mezonlarini belgilashda differensial, progressiv va integrativ metodlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ ta’lim muhitida ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotlarni tashkil etish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
integrativ ta’lim muhitida oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligini ta’minlashning metodik asoslarini tizimlashtirish, amaliyotlarni tashkil etishda o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi tarmoqli o‘zaro aloqa samaradorligini ta’minlash, texnologik jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish, malakalarni chuqurlashtirish, dunyoqarashni kengaytirish va nazorat qilishga oid ishlanmalar “Kasbiy ta’lim metodlarini tanlash va qo‘llash” darsligi (O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTVning 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356/7-066 guvohnoma) va “Tikuv buyumlari texnologiyasi fanidan texnik lug‘at” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 05 yanvardagi 89-05-02-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot orqali muhandis-texnologlarni tayyorlashning sifatini oshirishga erishilgan;
integrativ ta’lim muhitida oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligini ta’minlashga qaratilgan hulasalardan Erasmus+ dasturining “610170-ERR-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP ELBA: Markaziy Osiyoda “BigData Intelligent Analysis” bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish /Establishment of training and research centres and Courses development of Intelegent Big Data Analiysis in CA” granti doirasida amalga oshirilgan loyihada foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2022 yil 10 iyundagi 204-I sonli buyruq). Natijada talabalarning ko‘nikma va malakalari chuqurlashtirilgan.
oliy ta’lim muaasasalari talabalari amaliy faoliyatini tashkil etishni loyihalash, kreativlik, tadqiqotchilik hamda o‘quv-amaliyoti sifatini oshirish yuzasidan tavsiyalar asosida talabalarning kasbiy ko‘nikma va amaliy malakalarini oshirishga qaratilgan “Briefing”, “Case study”, “Enterprise system” kabi interfaol metodlarni qo‘llash orqali oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan integrativ hamkorlikni ta’minlash metodikasi hamda Deming sikli asosida muhandis-texnologlarni tayyorlash sifatini oshirishning tashkiliy-tuzilmaviy modeli takomillashtirilgan yangiliklar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligin faoliyatida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 05 yanvardagi 89-05-02-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kasbiy ko‘nikma va amaliy malakalar rivojlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish