Zuparova Dilnoza Dadaxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Maktabgacha katta yoshdagi bolalar loyihalash kompetensiyasini dizayn asosida rivojlantirish. 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1718.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Ashurova Sanobar Yuldashevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Normurod, falsafa fanlari doktori, professor; Rejametova Nilufar Ilxamovna pedagogika, fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha katta yoshdagi bolalar loyihalash kompetensiyasini rivojlantirishning metodik tizimini dizayn asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha pedagogikaga dizaynni ekstrapolyasiya qilish va maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyati, iqtidori va qiziqishlari asosida “bolalar uchun dizayn” hamda “bola dizayni” tamoyillarini mujassamlashtiruvchi maktabgacha dizayn ta’limining tashkiliy-pedagogik tuzilmasi loyihasi ishlab chiqilgan;
loyihalash kompetensiyasini bosqichma-bosqich rivojlantiruvchi maxsus-ochiq predmet-makonli dizayn ta’lim-tarbiya muhiti, shart-sharoitlari mind map, dizayn (loyiha) va muammoli vaziyatlar, tahliliy fikrlash, estetik did, loyihaviy ijodiy tasavvurni kengaytirish hamda milliy dizayn elementlariga hurmat, xalq amaliy bezak san’ati namunalari bilan tanishtirishga qaratilgan mashg‘ulot ishlanmalaridan tashkil topgan metodik tizim asosida takomillashtirilgan;
loyihalash kompetensiyasiga ega maktabgacha katta yoshdagi bola shaxsini tarbiyalashga qaratilgan pedagogik jarayon modeli dizaynda mentallik, insonparvarlik, yuksak ahloq, jamoaviylik, individuallik kritik fikrlash, kollaboratsiya, kreativ rivojlantirish, jamoaviylik va faol muloqot prinsiplari asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda loyihalash kompetensiyasi va rivojlanish sohalari kompetensiyalari ko‘rsatkichlari dinamikasi ijodiy va kreativ topshiriqlar ko‘rinishidagi diagnostik metodikalar samaradorligi Stata ekonometrik paketi asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar loyihalash kompetensiyasini dizayn asosida rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqot natijalari yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
maktabgacha ta’limga dizaynni ekstrapolyasiya qilish va maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyati, iqtidorini va qiziqishlarini o‘rganish asosida “bolalar uchun dizayn” tamoyillarini mujassamlashtiruvchi maktabgacha dizayn ta’limining tashkiliy-pedagogik tuzilmasini loyihalashga oid tavsiyalar “Dizayn tarixi” o‘quv qo‘llanma, “Dizayn tarixi” elektron qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining №-355-007 raqamli guvohnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma va elektron ta’lim resurslari maktabgacha ta’lim pedagoglarining loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish orqali maktabgacha dizayn ta’limi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
loyihalash kompetensiyasini bosqichma-bosqich rivojlantiruvchi maxsus-ochiq predmet-makonli dizayn ta’lim-tarbiya muhiti, shart-sharoitlari mind map, dizayn (loyiha) va muammoli vaziyatlar, tahliliy fikrlash, estetik did, loyihaviy ijodiy tasavvurni kengaytirish hamda milliy dizayn elementlariga hurmat, xalq amaliy bezak san’ati namunalari bilan tanishtirishga qaratilgan mashg‘ulot ishlanmalari yuzasidan xulosadan Maktabgacha ta’lim vazirligining faoliyatida “Ijodkor bolajon” uslubiy ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 03-03/2-3304-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy yaratuvchanlik, loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda loyihalash kompetensiyasi va rivojlanish sohalari kompetensiyalari ko‘rsatkichlari dinamikasini aniqlashga qaratilgan ijodiy va kreativ topshiriqlar to‘plamini ishlab chiqish yuzasidan xulosadan Maktabgacha ta’lim vazirligining faoliyatida “Badiiy-ijodiy faoliyat”, “Birgalikda yasaymiz” didaktik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 03-03/2-3304-son ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik ta’minot vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda loyihalash kompetensiyasi va rivojlanish sohalari kompetensiyasi darajasini aniqlashga erishilgan.