Yusupbaev Rustem Bazarbaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jarrohlik usuli bilan tug‘dirilgan ayollarda onalik o‘limini kamaytirish yo‘llari», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan rakam:  B2017.2.DSc/Tib148.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar:Ayupova Farida Mirzaevna tibbiyot fanlari doktori, professor; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Negmatjanov Boxodur Baltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Dnepropetrovsk tibbiyot akademiyasi (Ukraina).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik usuli bilan tug‘dirilgan ayollarda akusherlik qon ketishdan asrovchi yangi yo‘llarni  ishlab chiqish va uning zaminida onalar o‘limini kamaytirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bachadon arteriyalarida qon oqimini vaqtinchalik tuxtatish usuliga - IAP 2012 0058 olingan va qon aylanishi etishmovchiligi bilan asoratlangan hamroh yurak-qon tomir patologiyasi mavjud homiladorlarning tug‘rug‘i vaqtida bu usulning samaradorligi asoslab berilgan;

intraoperatsion atonik qon ketishlarni davolash uchun kompression choklarning modifikatsiyalangan usuli ishlab chiqilgan (IAP 2014 0364), ushbu texnologiya kesimida kesarcha kesish amaliyotidan so‘ng relaparotomiya va katta miqdorda qon ketishning   samarali davolash usuli tasdiqlangan;

abdominal tug‘dirishda onalar o‘limiga sabab bo‘luvchi katta miqdorda qon ketishning asosiy trigger mexanizmlari aniqlangan;

vaqt cheklangan sharoitda jarroxlik gemostaz usulining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlagan holda qon ketish darajasining og‘irligini baholash va davolash taktikasining  kompleks dasturi ishlab chiqilgan;

qon ketish manbasiga qiyoslangan holda kichik chanoq a’zolari  tomirlarini devaskulyarizatsiyasi  ilk bor ishlab chiqilgan;

ilk bor kompression-choklash texnologiyalariga (KChT) nisbiy qarshi ko‘rsatmalar aniqlangan, KChT qo‘llanilganda operatsiyadan keyingi davrni olib borishning xususiyatlari yoritilgan;

katta miqdorda akusherlik qon ketayotganda xirurgik amaliyotini tayerlash va uni o‘tkazish vaqtida bosqichma-bosqich nazorat qilish va davolash taktikasi  ishlab chiqilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Jarroxlik usuli bilan tug‘dirilgan ayollarda onalik  o‘limini kamaytirish yo‘lida olingan ilmiy natijalar asosida:

“Bachadon arteriyalarida qon oqimini  vaqtinchalik tuxtatish” usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti olingan (№IAP 2012, 0058). Mazkur usul KK amaliyotidagi massiv qon ketishlarning kamayishiga, shuningdek YuKTK bo‘lgan homiladorlarda KK amaliyotidan keyingi gemorragik asoratlarning kamayishiga, infuziyaning pasayishiga, uterotoniklarni qo‘llanishning kamayishiga va mos ravishda ularning yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sirining kamayishiga olib kelgan;

“Gipotonik qon ketishini operatsiya vaqtida davolash usuli” uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining patenti (№IAP 2014, 0364) olingan. Bunda intraoperatsion atonik qon ketishlarini davolash uchun modifikatsiyalangan kompression choklarni tatbiq etish natijasida KK amaliyotidan keyingi relaparotomiyalar sonini 29,4% ga kamaytirish  imkonini bergan;

tug‘ruq muassasalarida perinatal yordam sifatini yaxshilash birlamchi muassasa shifokorlariga akusherlik qon ketishlarini barvaqt aniqlash, asoratlarning oldini olish va OO‘ni  kamaytirish maqsadida milliy standartga “Chilla davrida kechki qon ketish” «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida tug‘ruq muassasalari perinatal yordam sifatini yaxshilash milliy standartlari» bo‘limi yangilangan, 2015; bu esa, o‘z navbatida, akusherlik qon ketishlarni barvaqt aniqlash, asoratlarning oldini olish  imkonini bergan;

“Akusherlikda qon ketishlarni bosqichma-bosqich nazorat qilish va davolash taktikasi” (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 24 noyabrdagi 8 n-r/617-son ma’lumotnomasi) “Akusherlik qon ketishlarda kichik chanoq a’zolarini qon bilan ta’minlanishini inobatga olgan holda  xirurgik  amaliyot  xususiyatlari” (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 maydagi 8n-r/103-son ma’lumotnomasi) uslubiy  tavsiyanomalar va “Yurak kasalliklari bo‘lgan homiladorlarni olib borish va tug‘dirish” (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013 yil 23 oktyabrdagi 8n-p/ 324-son ma’lumotnomasi) va “Abdominal usuli bilan tug‘dirishda qon to‘xtatuvchi texnologiyalar” (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013 yil 23 oktyabrdagi 8n-p/324-son ma’lumotnomasi) uslubiy qo‘llanmalar tasdiqlangan. Olingan tadqiqot natijalari KK amaliyotidan keyingi gemorragik asoratlari va katta miqdorda qon ketishining kamayishiga, infuziyaning pasayishiga va tug‘ayotgan ayollarda jarrohlik usulini to‘g‘ri tanlash imkonini yaratgan;

jarrohlik usuli bilan tug‘dirilgan ayollarda onalik  o‘limini kamaytirish yo‘lida  ishlab chiqilgan tavsiyanoma va qo‘llanmalar RIAvaGIATM va uning filiallarida, shuningdek Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyat perinatal markazlarida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 22 yanvardagi 8D-3/8-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining tatbiq etilishi gemorragik asoratlarning uchrashini, shu jumladan gisterektomiyalar va operatsiyadan keyingi boshqa asoratlarni 22%dan 12,2%gacha pasaytirish imkonini bergan va 1 yil mobaynida iqtisodiy samarasi 5179736714 so‘mni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish