Yuldashev Aziz Uzgenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rus va o‘zbek tillarida predikatsiyaning lingvistik jihati», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (rus tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil619.
Ilmiy rahbar: Djumanova Dilbar Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nurmuxamedova Dilbar Faruxovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillaridagi predikatsiyaning tarkibiy-semantik, kommunikativ-funksional va lingvokulturologik jihatdan o‘xshash va farqli xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
rus va o‘zbek tillarida gap tuzish modellari va subekt belgilarining ko‘p qirraligini ta’minlovchi predikativ ma’nolar tizimi ularning struktur-semantik, kategorial-grammatik hamda kommunikativ funrsional xususiystlari korrelyasiyasi orqali ochib berilgan;
xabar etkazish mexanizmiga va uning real yoki noreal vaqtda voqelikka aloqadorligini ifodalashda ma’lumot – vaqt aniqligi – noaniqlik shkalasi bo‘yicha ta’sir ko‘rsatuvchi predikatsiyaning tarkibiy-ma’noviy va kommunikativ-funksional xususiyatlari aniqlangan;
predikatlar tipologiyasi, shuningdek, ular ifodalaydigan subekt xususiyatlari predikatning kategoriyaviy-grammatik jihatlari ko‘lami bilan hamda tub mohiyatning fazo va makondagi belgilarini ifodalovchi semantik-sintaktik predikativ modellari  bilan shartlanganligi rus va o‘zbek tillaridagi matnlar korpusi asosida isbotlangan;
rus va o‘zbek tillarida predikatning umumiy semantik tuzilmalari, zamon munosabatlari, aspektual tavsiflari bilan bo‘g‘liq tillararo universaliyalar hamda  xalqning milliy qarashlari, milliy-madaniy tajribasi va xulq-atvor modellari ta’sirida yuzaga keluvchi predikatsiyaning milliy o‘ziga xosligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va o‘zbek tillarida predikatsiyaning struktur-semantik, kommunikativ-funksional va lingvokulturologik jihatlarini ochib berishda olingan ilmiy xulosalar va  amaliy tavsiyalar asosida:
rus va o‘zbek tillarida gap tuzish modellari va subekt belgilarining ko‘p qirraligini ta’minlovchi predikativ ma’nolar tizimi predikat ma’nolarining korrelyasiyasi xulosa va natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan OT-F1-030-sonli “O‘zbek adabiyoti tarixi bo‘yicha ko‘p jildli monografiyaning nashr etilishi” fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 11-oktyabrdagi 32-32/5739-son ma’lumotnomasi). Natijada monografiya mazmuni gapning mohiyati va subekt belgilari modellarining xilma-xilligiga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan;
xabar etkazish mexanizmiga va uning real yoki noreal vaqtda voqelikka aloqadorligi hamda predikatlar tipologiyasi, shuningdek, ular ifodalaydigan subekt xususiyatlari predikatning kategoriyaviy-grammatik jihatlari ko‘lami bilan hamda tub mohiyatning fazo va makondagi belgilarini ifodalovchi semantik-sintaktik predikativ modellarning turliligi bilan shartlanganligi rus va o‘zbek tillaridagi matnlar korpusini kompleks tahliliga oid xulosalarfan 2020-2022 yillarda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida amalga oshirilgan “Erudit” innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 27-sentyabrdagi 10/1803-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari dastur, lug‘at, elektron manbalar, nazariy va amaliy materiallarni ishlab chiqishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
rus va o‘zbek tillarida predikatning umumiy semantik tuzilmalari, zamon munosabatlari, aspektual tavsiflari bilan bo‘g‘liq tillararo universaliyalar hamda  xalqning milliy qarashlari, milliy-madaniy tajribasi va xulq-atvor modellari ta’sirida yuzaga keluvchi predikatsiyaning milliy o‘ziga xosligiga oid  hulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan OT-F1-030-sonli “O‘zbek adabiyoti tarixi bo‘yicha ko‘p jildli monografiyaning nashr etilishi” fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 11-oktyabrdagi 32-32/5739-son ma’lumotnomasi). Natijada monografiya mazmuni predikativ ma’nolarning struktur-semantik, kategorial-grammatik hamda kommunikativ funrsional xususiystlari korrelyasiyasiga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish