Nurtaev Sayfullo Xusanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz ommaviy axborot vositalaridagi neologizmlarning o‘zbek tiliga tarjima qilish muammolari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil991.
Ilmiy rahbar: Muratova Elmira Denisovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ommaviy axborot vositalaridagi neologizmlarning shakllanishi hamda o‘zbek tiliga tarjima qilish qiyinchiliklarini chog‘ishtirma aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz OAV neologizmlarining semantik xususiyatlari, ularning polisemantik hamda sinonimlik munosabatlariga kirishishi asosida axborotlar almashinuvida o‘zlashgan yangi so‘zlarning o‘zbek tili terminologiyasiga moslashishini namoyon etuvchi pragmatik funksional xususiyatlari neologizmlarning o‘zga tilga introduksiya jarayonini chog‘ishtirish orqali ochib berilgan;
ingliz OAV neologizmlarining grammatik xususiyatlari hamda qiyoslanayotgan tillarda ingliz OAV neologizmlarining uslubiy qo‘llanilish omillarini aniqlash orqali OAV neologizmlarining o‘zlashayotgan til tizimini boyitish bilan birgalikda tildagi yangi tushunchalarni  nominative elementlarni cheklab qo‘yish imkoniyati dalillangan;
xalqaro miqyosda qo‘llanadigan barqaror atamalar mavjudligi va ular asosida neologik birikmalarning paydo bo‘lish sabablari hamda ingliz OAV neologizmlarining funksional-semantik, grammatik va stilistik jihatdan o‘xshash va farqli xususiyatlarini aniqlash orqali neologizmlarning tarjimada ekvivalentlik, umumlashtirish va adaptatsiya usullari asosida noadekvatlik holatini bartaraf etish uchun xizmat qilishi ochib berilgan;
"tilda urf"ga aylangan chetdan o‘zlashgan so‘zlarning milliy til nufuzini oshirish kuchiga ega bo‘lgan OAV neologizmlarining tarjimadagi qiyinchiliklarini aniqlash orqali ularni adekvat tarjima qilishda leksik transformatsiyalarni qo‘llash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz OAVdagi neologizmlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish muammolarini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
ingliz OAV neologizmlarining semantik xususiyatlari, ularning polisemantik hamda sinonimlik munosabatlariga kirishishi asosida axborotlar almashinuvida o‘zlashgan yangi so‘zlarning o‘zbek tili terminologiyasiga moslashishini namoyon etuvchi pragmatik funksional xususiyatlariga oid natijardan Toshkent davlat agrar universitetida bajarilgan FZ-201905214 - raqamli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2021-yil 23.09 dagi 1/4-1-2698-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanma yangi ilmiy dalillar bilan boyitilishiga va takomillashishiga xizmat qilgan;
ingliz OAV neologizmlarining grammatik xususiyatlari hamda qiyoslanayotgan tillarda ingliz OAV neologizmlarining uslubiy qo‘llanilish omillarini aniqlash orqali OAV neologizmlarining o‘zlashayotgan til tizimini boyitish bilan birgalikda tildagi yangi tushunchalarni  nominative elementlarni cheklab qo‘yish imkoniyatiga oid xulosalardan Toshkent davlat agrar universitetida bajarilgan "Asal beruvchi daraxt, buta turlari va ularning plantatsiyalarini joylashtirish texnologiyasi" mavzusidagi FZ-2019081675-raqamli amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2022-yil 21- maydagi 1/4-1-1509-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanma yangi ilmiy dalillar bilan boyitilgan va takomillashtirilgan;
xalqaro miqyosda qo‘llanadigan barqaror atamalar mavjudligi va ular asosida neologik birikmalarning paydo bo‘lish sabablari hamda ingliz OAV neologizmlarining funksional-semantik, grammatik va stilistik jihatdan o‘xshash va farqli xususiyatlariga oid natijardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi yozuvchilarining nazmiy va nasriy asarlarini tarjima qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 01-03/1120-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif qilingan tavsiya va xulosalar nazmiy va nasriy asarlarning yangi ilmiy dalillar bilan boyitilishiga va takomillashishiga xizmat qilgan;
"tilda urf"ga aylangan chetdan o‘zlashgan so‘zlarning milliy til nufuzini oshirish kuchiga ega bo‘lgan OAV neologizmlarining tarjimadagi qiyinchiliklarini aniqlash orqali ularni adekvat tarjima qilishga qaratilgan tarjima usullarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Toshkent» teleradiokanalida efirga uzatib kelinayotgan «Gap chiqdi» dasturida 2021-yil 24-iyun soat 9:00 dagi jonli efirda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Toshkent» teleradiokanalidagi 2021-yil 24-iyuldagi 1-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, "tilda urf"ga aylangan chetdan o‘zlashgan so‘zlarning milliy til nufuzini oshirish kuchiga ega bo‘lgan OAV neologizmlarining tarjimadagi qiyinchiliklarini aniqlash orqali ularni adekvat tarjima qilishga qaratilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Mahalla» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot» dasturlarining 2019-yil iyul oyidagi sonlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» teleradiokanalining 2019-yil 25-iyul O‘z/R-04-25-1941 son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning tavsiya va xulosalari muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan va mazkur eshittirishlarning ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan ommabopligi va ilmiyligi ta’minlangan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish