Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek oilalarida ona va bola munosabatlarining ijtimoiy-psixologik asoslari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/P457.
Ilmiy maslahatchi: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Isakova Mu’azam Tulkinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek oilasida ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarga xos xususiyatlarni belgilab beruvchi ijtimoiy-psixologik omillarni ahamiyatli yo‘nalishda konstruktiv rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek oilasidagi onaning farzand bilan bo‘lgan munosabatlarida turli kategoriyadagi (onalarning ma’lumot darajasi, faoliyat turi, turmush qurish yoshi hamda bolalarning yosh, jins, etnik mansubligi bilan bog‘liq) omillar kombinatsion ta’sir ko‘rsatishi oqibatida yuzaga keladigan differensial psixologik xilma-xillik yo‘nalishlari aniqlashtirilgan;
bolaning ona bilan bo‘lgan munosabatlari unda o‘ziga xos kommunikativ ustanovkalarni, ijtimoiy persepsiya jarayonlarida tegishli selektivlikni hamda guruhiy favoritizmni tushunishdagi individuallikni shakllantirishi tufayli guruhni idrok etish tipi (individualistik, kollektivistik, pragmatik tip)ni belgilashi va shu orqali uning oiladan tashqaridagi ijtimoiylashuviga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi dalillangan;
ona-bola munosabatlari tizimining shaxs refleksivlik sohasi bilan bog‘liq xususiyatlar (onaning «Men-konsepsiyasi»da «Men» va «Ideal-ona» haqidagi tasavvurlariga xos xususiyatlar) o‘zaro ta’sirlashuvda ijobiy qiziqish, direktivlik, dushmanlik, avtonomlik, beqarorlik kabi ustuvor strategiyalarning ayrimlarini katalizatsiyalashi, boshqalarini ingibisiya qilishi hisobiga muloqot jarayoniga konstruktiv yoki destruktiv tus berishi aniqlangan;
o‘zbek oilasida onaning farzandga munosabatida hissiy qabul qilish yoki qilmaslik, kooperatsiya, simbioz, avtoritarizm, infantilizatsiya singari yondashuvlarning qaysilari ustuvorligi bolalarda namoyon bo‘ladigan oilaviy hayotda aybdorlik kayfiyati, xavotir hissi, asabiy tajanglik darajasining vektorini hosil qilish orqali o‘zaro munosabat modalligi (emotsional yo‘nalishi)ni belgilab berishi empirik isbotlangan;
oilaviy munosabatlar tizimida o‘smirlarda individual va ijtimoiy refleksiya, identifikatsiya, proeksiya va bolaning kelajakdagi sog‘lom oilaviy hayoti imajinatsiyasi mexanizmlarini korreksion-rivojlantiruvchi yondashuv asosida faollashtirish orqali konstruktiv muloqot modelini ro‘yobga chiqarish hisobiga oilaning barcha a’zolariga nisbatan bolaning ijobiy ustanovkalarini kuchaytirish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek oilasida ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarga xos xususiyatlarni belgilab beruvchi ijtimoiy-psixologik omillarni kompleks tadqiq etish asosida:
o‘zbek oilasida onaning farzand bilan bo‘lgan munosabatlarida turli kategoriyadagi (onalarning demografik ko‘rsatkichlari, bolalarning yosh, jins, etnik mansubligi bilan bog‘liq) omillar kombinatsion ta’sir ko‘rsatishi oqibatida yuzaga keladigan differensial psixologik xilma-xillik yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 21-iyundagi PM-25-sonli buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 30-iyundagi PM-25-m son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar kasbiy tayyorgarlik jarayoniga jalb etilishi natijasida bo‘lg‘usi amaliy psixolog mutaxassislarning oilaga milliy-madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda psixologik yordam ko‘rsatish kompetentligini oshirishga erishilgan;
ona bilan bo‘lgan munosabatlar bolaning oiladan tashqaridagi ijtimoiylashuvi jarayoniga ta’sir mexanizmi, jumladan, uning ijtimoiy persepsiya jarayonida guruhni idrok etish tipologiyasi (individualistik, kollektivistik, pragmatik tiplar)dagi ustuvor yo‘nalish shakllanishidagi roli bilan bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatuvchi ilmiy dalillar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 21-iyundagi PM-25-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 30-iyundagi PM-25-m son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy dalillar asosida o‘quv materiallari mazmuni boyitilishi bo‘lg‘usi pedagog-psixolog mutaxassislarning kichik guruhlardagi dinamik jarayonlarni ijtimoiy-psixologik jihatdan izohlashda ilmiy tahlil salohiyatini oshirishga erishilgan;
ona-bola munosabatlari tizimida ustuvor bo‘lgan yondashuvlar (ijobiy qiziqish, direktivlik, dushmanlik, avtonomlik, beqarorlik xususiyatlari)ni belgilab beruvchi kognitiv omillardan biri tomonlarning o‘zaro munosabat haqidagi tasavvurlarida mavjud mutanosiblikdan iboratligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 21-iyundagi PM-25-sonli buyrug‘iga asosan «Psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 30-iyundagi PM-25-m son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlarning ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etilishi natijasida ijtimoiy psixologiya yo‘nalishidagi tadqiqotchilarda shaxsni ilmiy o‘rganish, uning munosabatlari tizimini xolis tavsiflash imkoniyatlari oshirilgan;
o‘zbek oilasida ona-farzand munosabatlariga xos xususiyatlar qanday vektor bo‘yicha rivojlanishi ulardagi salbiy oilaviy emotsional holatlar (oilaviy hayotda aybdorlik hissi, oilaviy hayotda xavotir hissi, oilaviy hayotda asabiy tajanglik)ni katalizatsiyalovchi (tobora kuchayib borishiga olib keluvchi) yoki ingibisiyalovchi (keskin salbiy tus olishiga to‘sqinlik qiluvchi) omil sifatida xizmat qilishini ko‘rsatuvchi natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 21-iyundagi PM-25-sonli buyrug‘iga asosan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 30-iyundagi PM-25-m son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lgusi pedagog-psixologlarning oila bilan bevosita ishlovchi ijtimoiy institutlar vakillariga psixologik-ma’rifiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaratilgan;
oilaviy munosabatlar tizimida o‘smir bolalarda individual va ijtimoiy refleksiya, identifikatsiya, proeksiya va bolaning kelajakdagi sog‘lom oilaviy hayoti imajinatsiyasi mexanizmlarini korreksion-rivojlantiruvchi yondashuv asosida faollashtirish orqali konstruktiv muloqot modelini ro‘yobga chiqarish hisobiga oilaning barcha a’zolariga nisbatan bolaning ijobiy ustanovkalarini kuchaytirish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiya va ishlanmalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 21-iyundagi PM-25-sonli buyrug‘iga asosan «Psixologik maslahat va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 30-iyundagi PM-25-m son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak amaliyotchi psixologlarda ularning ota-ona va bola munosabatlari korreksiyasi hamda oilaga psixologik maslahat berish borasidagi tadbiqiy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan.