Amonov Muxammad Komil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 bilan kasallangan va kasallanmagan shaxslardagi gipertoniya kasalligida nefropatiya rivojlanishida podotsitlar disfunksiyasi ahamiyatining solishtirma tahlili» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1500.
Ilmiy rahbar: Gadaev Abdig‘affor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Jarilkasinova Gauxar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sobirov Maqsud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 o‘tkazgan va o‘tkazmagan bemorlarda nefropatiya rivojlanishida padotsitlar disfunksiyasini nefrinuriya darajasi yordamida o‘rganish hamda uning buyrak funksional zaxirasi va tubulointerstisial sklerotik o‘zgarishlarga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kasallikning turli bosqichlarida nefrinuriya darajasi baholangan va nefropatiya rivojlanishida podotsitlar disfunksiyasi muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan.
ilk bor COVID-19 o‘tkazgan gipertoniyasi bor bemorlarda nefrinuriya oshib borishi bilan TGF-β1 va aldosteron oshishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlanib, bu ko‘rsatgichning buyrakda sklerotik jarayonlar rivojlanishidagi patogenetik ahamiyati aniqlangan.
COVID-19 o‘tkazgan va o‘tkazmagan gipertoniya kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlarda nefrinuriya va TGF-β1 ko‘rsatkichlarining oshib borishi buyrak gemodinamikasiga hamda uning funsional zaxirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
COVID-19 o‘tkazganlarda gipotenziv hamda nefroprotektiv muolajalarni, tomirlar endotelial disfunksiyasi, nefrinuriya darajasi va buyraklar funsional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashin
ing 2023 yil 8 iyuldagi 23-Z/046-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kasallikning kechki davrlarida buyrak shikastlanishi holatini baholashda nefrinuriya darajasiga asoslanish, postkovid sindromdagi nefropatiyalarni erta aniqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy tadqiqot natijalari Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.02.2023 y.; № 24), Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.02.2023 y.; № 105) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda buyrak shikastlanishini erta aniqlashda kasallik avj olishi va asoratlanishini prognozlovchi klinik – laborator markerlarining axamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkonini beradi va erta tashxisot natijasida dializga ehtiyoji bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini erta aniqlash SBK ni 1-2 bosqichlarida tashxislash natijasida bemorlarning statsionar davolanish kunlari qisqarishi hisobidan 1 bemor uchun sarflanadigan xarajatlar 2 240 000 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini erta aniqlash va kasallikning erta bosqichlarida tashxislash natijasida sarflanadigan statsionar xarajatlardan 1 bemor uchun byudjet hisobidan 2 240 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 bilan kasallangan va kasallanmagan shaxslardagi gipertoniya kasalligida nefropatiya rivojlanishida podotsitlar disfunksiyasi ahamiyatining solishtirma tahlili» mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari asosida tayyorlangan “COVID-19 bilan kasallangan bemorlardagi gipertonik nefropatiyada podotsitlar faoliyatini laborator baholash usullarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomasi va ilmiy yangiliklar boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorining 2022 yil 4 iyuldagi 01-332-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirilgiga yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: aniqlangan klinik belgilar bolalarda tungi enurez rivojlanishining erta alomatlarini ajratib olishga yordam beradi, sog‘liqda ruhiy-nevrologik muammolardan holi bo‘lish uchun bemorning hayot tarzini o‘z vaqtida korreksiyalash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy tadqiqot natijalari Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.02.2023 y.; № 24), Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.02.2023 y.; № 105) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Gipertoniya va COVID-19 o‘tkazgan bemorlarlar buyragidagi o‘zgarishlar xususiyatlarini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi tadqiqotlarda bajariladigan kuzatishlarni tizimlashtirgan holda ushbu izlanishlar samaradorligini oshiradi, bu esa olingan natijalar asosida shu kategoriyadagi bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi, asoratlarning oldi olinishi bo‘yicha prognozlashning yuqori saviyada bo‘lishini ta’minlab, tavsiya etilayotgan baholash usulining ijtimoiy ahamiyatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan gipertoniyasi bor bemorlarda nefrinuriya darajasi bilan TGF-β1 va aldosteron oshishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlanib, SBK erta tashxislash natijasida bemorlarning mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqararishi hisobidan 1 bemorga bir yilda byudjet hisobidan 448 200 so‘m, byudjetdan tashqari 214 600 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan gipertoniyasi bor bemorlarda chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan 1 bemordan 662 800 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 bilan kasallangan va kasallanmagan shaxslardagi gipertoniya kasalligida nefropatiya rivojlanishida podotsitlar disfunksiyasi ahamiyatining solishtirma tahlili» mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari asosida tayyorlangan “COVID-19 bilan kasallangan bemorlardadagi gipertonik nefropatiyada podotsitlar faoliyatini laborator baholash usullarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomasi va ilmiy yangiliklar boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorining 2022 yil 4 iyuldagi 01-332-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirilgiga yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan va o‘tkazmagan gipertoniya kasalligi mavjud bemorlarda podotsitlar oqsili nefrinuriya va unga parallel TGF-β1 hamda aldosteron oshib borishi bilan bog‘liq interstisial sklerotik jarayonlari solishtirma o‘rganilib infeksiya o‘tkazgan bemorlarda bu ko‘rsatkichlar yuqoriligiga asoslanib, patogenetik nefroprotektiv davolash yuqori samaradorlikka erishiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy tadqiqot natijalari Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.02.2023 y.; № 24), Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.02.2023 y.; № 105) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Gipertoniya va COVID-19 o‘tkazgan bemorlarlar buyragidagi o‘zgarishlar xususiyatlarini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi tadqiqotlarda bajariladigan kuzatishlarni tizimlashtirgan holda ushbu izlanishlar samaradorligini oshiradi, bu esa olingan natijalar asosida shu kategoriyadagi bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi, asoratlarning oldi olinishi bo‘yicha prognozlashning yuqori saviyada bo‘lishini ta’minlab, tavsiya etilayotgan baholash usulining ijtimoiy ahamiyatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Gipertoniya va qandli diabet birga kechgan bemorlarda nefrinuriya va siydikdagi IV-tip kollagen miqdori oshishini aniqlash orqali buyrak ikkilamchi fibrozi bashoratlanganda bemorlarning 30-32% da samarali konservativ davo oqibatida dializ muolajalari bajarilmaydi. Shu xisobdan 1 bemor uchun bir yilda byudjet hisobidan 4 812 304 so‘m m iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: Gipertonik va diabetik nefropatiyada buyrak fibrozini erta aniqlash orqali 1 bemor uchun bir yilda byudjet hisobidan 4 812 304 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishi bilan birga 30-32% bemorlarda nogironlik kamayib, hayot sifati darajasi oshadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 bilan kasallangan va kasallanmagan shaxslardagi gipertoniya kasalligida nefropatiya rivojlanishida podotsitlar disfunksiyasi ahamiyatining solishtirma tahlili» mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari asosida tayyorlangan “COVID-19 bilan kasallangan bemorlardadagi gipertonik nefropatiyada podotsitlar faoliyatini laborator baholash usullarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomasi va ilmiy yangiliklar boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 4 iyuldagi 01-332-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirilgiga yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda gipotenziv va nefroprotektiv muolajalarni padotsitlar disfunksiyasi va TGF-β1 hamda aldosteron ko‘rsatkichlariga ta’siri buyrakdagi patologik jarayonlarni mo‘tadillashtirib bemorlar hayot sifatini yaxshilanishi va uning uzayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga erishiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy tadqiqot natijalari Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.02.2023 y.; № 24), Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.02.2023 y.; № 105) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Gipertoniya fonida COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini klinik belgilar namoyon bo‘lmasdan turib aniqlash buyrak fibrozi rivojlanishi oldini olishda muhim ahamiyatga ega, bu bemorlarda nefroprotektiv davo choralarini olib borish gemodializ muolajalarini cheklash imkonini yaratadi, bemorlarning hayot sifati darajasi oshadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Gipertoniya va COVID-19 kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlar buyragidagi o‘zgarishlar xususiyatlarini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi SBK va uning oqibatida 1 bemorning shifoxona davo kunlari hamda gemodializ uchun sarflangan mablag‘ning 2 535 000 so‘mgacha tejalishiga erishildi. Xulosa: gipertoniya kasalligi fonida COVID-19 bemorlarda nefropatiya rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan statsionar xarajatlar va dializ muolajalari uchun sarflanadigan mablag‘lardan 1 bemor uchun byudjet hisobidan 2 535 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 bilan kasallangan va kasallanmagan shaxslardagi gipertoniya kasalligida nefropatiya rivojlanishida podotsitlar disfunksiyasi ahamiyatining solishtirma tahlili» mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari asosida tayyorlangan “COVID-19 bilan kasallangan bemorlardadagi gipertonik nefropatiyada podotsitlar faoliyatini laborator baholash usullarini takomillashtirish” uslubiy tavsiyanomasi va ilmiy yangiliklar boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorining 2022 yil 4 iyuldagi 01-332-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirilgiga yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish