Amonov Aminjon Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajasi beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda sensonevral eshituv zaifligini xirurgik davolashga kompleks yondashuv», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib162.
Ilmiy rahbar: Kuzovkov Vladislav Evgen`evich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya
ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Eugeniyus Lesinskas, tibbiyot fanlari doktori, professor (Litva); Bakieva Shaxlo Hamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Vena tibbiyot universiteti (Avstriya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik-funksional va nur usullari asosida bolalardagi sensonevral eshitish zaifligini jarrohlik usuli bilan davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalardagi sensonevral eshitish zaifligi va karlikda ichki quloqning anatomo-funksional holati kompleks audiologik va nurli tekshiruv usullari natijalari asosida baholangan va ularga muvofiq ravishda koxlear implantatsiya bajarilishi zaruriyati ilmiy asoslangan;
sensonevral eshitish zaifligi va karlik bilan kasallangan bolalarni jarrohlik o‘tkazilishiga to‘g‘ri tanlashning otorinolaringologik va surdopedagogik mezonlari ishlab chiqilgan;
bolalardagi sensonevral eshitish zaifligi va karlikda ichki quloqda uchraydigan turlicha o‘zgarishlarda jarrohlik amaliyotiga farqli yondashuv xususiyatlari aniqlangan va bir vaqtda bajarilishi lozim bo‘lgan uslublar takomillashtirilgan;
koxlear implantatsiya samaradorligining operatsiyagacha bo‘lgan tekshiruv natijalari, surdopedogogik tayyorgarlik darajasi va jarrohlikdan keyingi davrdagi kompleks reabilitatsiya chora-tadbirlarining uzoq muddat davomida muntazam ravishda o‘tkazilishiga bevosita uzviy bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalardagi sensonevral eshitish zaifligi va karlikni xirurgik davolashga kompleks yondashuv bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
«Sensonevral eshitish zaifligining etiologik faktorlari, tashxislash, davolash va reabilitatsiya» nomli uslubiy tavsiyanoma Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 apreldagi 8H-r/83-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalardagi sensonevral eshitish zaifligining murakkab shakllari va karlikni erta tashxislash hamda davolash samaradorligini yuksaltirish imkonini bergan;
mazkur tavsiyanoma Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining diagnostika va davolash ishlarida hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 apreldagi 8H-r/83-son ma’lumotnomasi). Natijada bemorlarning turmush sifatini yaxshilash, eshitish moslamalari va dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirish va buning natijasida davlat byudjeti sarf-xarajatlarini 58,1% kamaytirish imkonini bergan.