Kalandarova Dilafruz Abdukarimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Barqaror zo‘riqish stenokardiya bilan kasallangan bemorlarda eshitish qobiliyati buzilishini kompleks tashxislash va korreksiyalash», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1867.
Ilmiy maslaxatchilar: Arifov Sayfutdin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatalogiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Chernushevich Igor Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. (Rossiya Federatsiyasi); Maxkamova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomli Tojikiston tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi barqaror zo‘rikish stenokardiyasi bilan kasallangan bemorlarda eshitishning sensonevral zaiflashuvini tashxislash va korreksiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barqaror zo‘riqish stenokardiyasi (BZS) va eshitishni sensonevral zaiflashuvi (ESZ) bilan kasallangan bemorlarda klinik va audiologik tekshirish natijalari asosida tovush qabul qilish tizimida buzilishni asosan Korti a’zosining zararlanishi xisobiga yuzaga kelishi va uni nitrat guruxiga kiruvchi dorilar qabul qiluvchi bemorlarda ko‘proq namoyon bo‘lishi isbotlangan;
audiologik tekshirishlar asosida ESZ va BZS funksional sinflari namoyon bo‘lishi o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liklik borligi aniqlangan;
rangli ultratovush dupleks skanerlash usuli bilan doimiy ravishda nitrat guruxiga kiruvchi dorilar qabul qiluvchi BZS bilan kasallangan bemorlarda kalla ichi tomirlarida Purselo rezistivlik indeksini o‘zgarishi, umurtqa arteriyalarida qon oqimining chiziqli tezligini sustlashishi va asosiy venalar xavzasida konning chiqib ketishning kiyinlashuvini ko‘rinishdagi gemodinamik o‘zgarishlar ilk bor aniqlangan;
bemorlarda tonal-nutq dissotsatsiyasini mavjudligi va uni nutqni anglashni susayishi ko‘rinishida va BZS og‘ir kechuvchi bemorlarda yaqqolroq namoyon bo‘lishi aniqlangan; bemorlarda uzun latentli chaqirilgan eshitish potensiallarini qayd etish usuli bilan latentlik va amplituda ko‘rsatkichlarini sog‘lom kishilarnikiga nisbatan ishonarli farq qilishi aniklangan va bu eshitish analizatorining miya po‘stlog‘ida buzilishlar mavjudligini tasdiqladi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ekspert kengashining 2023 yil 31-maydagi 4-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: klinik va audiologik tekshirish natijalari axamiyatini xisobga oladigan bulsak, barqaror zo‘riqish stenokardiyasi bilan kasallangan bemorlarda nitrat guruhiga kiruvchi dorilarni muntazam ravishda qabul qilish eshitish sensonevral zaiflashuvini kechishiga salbiy ta’sir etishi isbotlandi va bemorlarda eshitish a’zosi holatini baholash uslubi ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: 2-Respublika klinik shifoxonasi va Toshkent viloyat iqtisoslashgan samatik kasalxonasi amaliy faoliyatiga joriy etildi. “Barqaror zo‘riqishdagi stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda eshitish a’zosini holatini baxolash uslubi” nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/502 sonli xulosa). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: • barqaror zo‘riqish stenokardiyasi va eshitishni sensonevral zaiflashuvi bilan kasallangan bemorlarga ixtisoslashgan yordam ko‘rsatishning barcha bo‘g‘inlarida otorinolaringolog va kardiologning o‘zaro muvofiqlashgan holda faoliyat yuritishini ta’minlandi; • barqaror zo‘riqishdagi stenokardiyada nitrat guruhiga kiruvchi dorilarni muntazam ravishda qabul qiluvchi bemorlar eshitish zaiflashuvi kelib chiqishi yuqori bo‘lgan “xatar” guruhini shakllantirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: barqaror zo‘riqish stenakardiyasi bilan kasallangan bemorlarda eshitishni sensonevral zaiflashuvini tashxislashda bosqichma-bosqich zarur tekshirish usullarni qo‘llash ortiqcha xarajatni cheklash imkonini berdi. Bir bemorda eshitishning sensonevral zaiflashuvini tashxislash uchun qo‘llaniladigan tekshirish usullarini differnsial va bosqichma-bosqich qo‘llanilganda o‘rtacha 175000 so‘m, barcha usullarni qo‘llash uchun 425000 so‘m sarf etildi. Xulosa: eshitishni tekshirish usullarini differensial va bosqichma-bosqich qo‘llash natijasida bir kishida o‘rtacha 245000 so‘m iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikning kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Barqaror zo‘riqishdagi stenokardiyasi bilan kasallangan bemorlarda eshitish qobiliyatining buzilishini kompleks tashxislash va korreksiyalash» mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan Sog‘likni saqlash vazirligiga 2023 yil 13 apreldagi № 01/08-582-sonli xat yuborilgan. eshitishning sensonevral zaiflashuvida audiologik tekshirishlar axamiyatiga kelsak, bemorlarda barqaror zo‘riqish stenokardiyasini III funksional sinf ko‘rinishida kechishi eshitishning sensonevral zaiflashuvining shakllanish xavfini balandligini va uning klinik og‘irroq namoyon bo‘lishini bashorat qilishga asos bo‘ldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: 2-Respublika klinik shifoxonasi va Toshkent viloyat ixtisoslashgan somatik kasalxonasida amaliyotiga joriy etildi. “Barqaror zo‘riqishdagi stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda eshitish a’zosini holatini baxolash uslubi” nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/502 sonli xulosa). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: • barqaror zo‘riqish stenokardiyasi III funksional sinf ko‘rinishida kechadigan bemorlar eshitishning sensonevral zaiflashuvining shakllanishi yuqori bo‘lgan “xatar” guruhi sifatida ajratildi;  barqaror zo‘riqish stenokardiyasi III funksional sinf ko‘rinishida kechadigan bemorlar birlamchi profilaktika va barvaqt aniqlash choralarini tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: barqaror zo‘riqish stenokardiyasini III funksional sinf ko‘rinishida kechuvchi bemorda eshitish zaiflashuvini tashxislash barvaqt amalga oshirilsa o‘rtacha 145000 so‘m, kechikib amalga oshirilgan xolda 425000 so‘m sarf etildi. Xulosa: barqaror zo‘riqish stenokardiyasini III funksional sinf ko‘rinishida kechuvchi bemorda eshitish zaiflashuvini barvaqt aniqlash bir bemorda 280000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Barqaror zo‘riqishdagi stenokardiyasi bilan kasallangan bemorlarda eshitish qobiliyatining buzilishini kompleks tashxislash va korreksiyalash» mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga 2023 yil 13 apreldagi № 01/08-582-sonli xat yuborilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyatini xisobga oladigan bulsak: barqaror zo‘riqishdagi stenokardiyani bilvosita, ya’ni bosh miya gemodinamikasidagi o‘zgarishlar [Purselo rezistivlik indeksini (Ri) o‘zgarishi, umurtqa arteriyalarida qon oqimining chiziqli tezligini sustlashishi va asosiy venalar havzasida qonning chiqib ketishini qiyinlashuvi] orqali eshitishning sensonevral zaiflashuvining kechishiga ta’sir etishi yoritib berildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: 2-Respublika klinik shifoxonasi va Toshkent viloyat ixtisoslashgan somatik kasalxonasida amaliy faoliyatiga joriy etildi. “Barqaror zo‘riqishdagi stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda eshitish a’zosini holatini baxolash uslubi” nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/502 sonli xulosa) Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: • barqaror zo‘riqishdagi stenokardiya bilan kasallangan bemorlarda bosh miyaning qon aylanish tizimida Purselo rezistivlik indeksini (Ri) o‘zgarishi, umurtqa arteriyalarida qon oqimining chiziqli tezligini sustlashishi va asosiy venalar havzasida qonning chiqib ketishini qiyinlashuvi ko‘rinishidagi o‘zgarishlarni yuzaga kelishi eshitishni sensonevral zaiflashuvi shakllanishi va kechishini erta prognozlashga asos bo‘ldi. Ilmiy yangilikning iktisodiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: bo‘yin va bosh miya qon tomirlarining rangli ul`tratovush dupleks skanerlash bajarishga 100000 so‘m mablag‘ sarf qilindi. Bosh miya qon aylanishning keskin ko‘rinishida buzilishi bilan kechadigan eshitishni sensonevral zaiflashuvi yuzaga kelganda kechadigan uni tashxislash va davolash uchun o‘rtacha 3000 000 so‘m sarf qilindi. Xulosa: bo‘yin va bosh miya qon tomirlarining rangli ul`tratovush dupleks skanerlashni ko‘rsatma asosida o‘tkazish uchun o‘rtacha 2 900000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: «Barqaror zo‘riqishdagi stenokardiyasi bilan kasallangan bemorlarda eshitish qobiliyatining buzilishini kompleks tashxislash va korreksiyalash» mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan Sog‘likni saqlash vazirligiga 2023 yil 13 apreldagi №01/08-582-sonli xat yuborilgan.Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu aniqlangan o‘zgarish eshitishni sensonevral zaiflashuvini namoyon bo‘lishida avvallo Korti a’zosini shikastlanishi katta o‘rin egallashi bilan bir vaqda uning markaziy tuzilmalari va eng avvalo bosh miyaning po‘stloq qismida ham zararlanish mavjudligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: 2-Respublika klinik shifoxonasi va O‘zGeofizika klinik shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy etildi. «Barqaror zo‘riqishdagi stenokardiya bilan birgalikda kechadigan sensonevral eshitishni zaiflashuvini davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/502 sonli xulosa). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: • nutqni anglash buzilishini barvaqt aniqlash;  bemorlarni boshqa kishilar bilan o‘zaro muloqotini, ularni jamiyatdagi o‘rni, kasbi, mavqeini xamda boshqa kognitiv funksiyalarni saqlab qolish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi:Ginkgo biloba dori vositasini qabul qilish bilan nutqni anglashni yaxshilashga erishildi. U 2-3 xil dori vositalarining o‘rnini to‘ldiradi. Ginkgo biloba vositasining bir davo kursiga etadigan sarfi 180 tabletka yoki 360000 so‘m (1 qutida 40 mg 90 dona, narxi 180000 so‘m) tashkil etadi. 3 xil dori vositasining (vinpotsetin, nootropil, venoruton) bir davo kursiga o‘rtacha 510000 so‘m sarf bo‘lish hisobiga iqtisodiy samaradorlikga erishildi. Xulosa: xar bir bemor uchun bir davo kursida Ginkgo biloba dori vositasi qo‘llanilganda o‘rtacha 150000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Barqaror zo‘riqishdagi stenokardiyasi bilan kasallangan bemorlarda eshitish qobiliyatining buzilishini kompleks tashxislash va korreksiyalash» mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan Sog‘likni saqlash vazirligiga 2023 yil 13 apreldagi № 01/08-582-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ob’ektiv va noinvaziv, ya’ni uzun latentli chaqirilgan eshitish potensiallarini qayd etish uslubi yordamida tonal-nutq dissotsatsiyasini va nutqni anglashni susayishining yuzaga kelish mexanizmi yoritiladi. U bemorlarni kognitiv funksiyalarni majmuaviy baxolashda qo‘llanildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: 2-Respublika klinik shifoxonasi va O‘zGeofizika klinik shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy etildi. «Barqaror zo‘riqishdagi stenokardiya bilan birgalikda kechadigan sensonevral eshitishni zaiflashuvini davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 29 noyabrdagi 8n-z/502 sonli xulosa). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: eshitish analizatorining miya po‘stlog‘ida buzilishlar mavjudligini aniqlash; • bemorlarni hayot sifatini yaxshilash; • bemorlarni davolanish davomiyligini qisqartirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: nutqni anglashni susayishini aniqlash uchun qo‘llaniladigan uzun latentli chaqirilgan eshitish potensiallarini qayd etish usulini bajarishga 70000 so‘m, mablag‘ sarf qilindi; nutqni anglashni susayishini bilvostita tashxislash qo‘llaniladigan bosh miyaning MRT o‘tkazish uchun o‘rtacha 300000 so‘m sarf qilindi. Xulosa: uzun latentli chaqirilgan eshitish potensiallarini qayd etish usulini ko‘rsatma asosida o‘tkazish uchun o‘rtacha 230000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Barqaror zo‘riqishdagi stenokardiyasi bilan kasallangan bemorlarda eshitish qobiliyatining buzilishini kompleks tashxislash va korreksiyalash» mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan Sog‘likni saqlash vazirligiga 2023 yil 13 apreldagi № 01/08-582-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish