Sayfutdinova Zuxra Abdurashid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental toksik gepatitda mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi vositaning metabolik o‘zgarishlar va endogen intoksikatsiyaga ta’siri», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1718.
Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ihtisoslashgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorkin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Begmanov Sattor Amankulovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: toksik gepatitda metabolik buzilishlar va endogen zaharlanishlarga yangi mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning ta’sirini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigarni o‘tkir toksik shikastlanishi bo‘lgan kalamushlarning hayot davomiyligini va o‘tkir geliotrin gepatitli hayvonlarning yangi mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning samaradorligi isbotlangan;
o‘tkir geliotrinli gepatit bilan xastalangan kalamushlarda jigarda oqsil hosil qilish faoliyatini ortishi va sitoliz, xolestaz, mezenximal yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini hamda qon zardobida HIF-1ning yuqori darajasini pasayishida yangi mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi  vositani yuqori samaradorligi isbotlangan;
o‘tkir geliotrin modelida yangi mahalliy inokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarni qo‘llashda eritrotsitlarning antioksidant himoyasi fermentlarini faollashishi oqibatida giperlipoperoksidatsiya pasayishi isbotlangan;
o‘tkir geliotrin gepapli kalamushlardagi endogen zaharlanishga yangi mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantar mahalliy dori vositasining toksik gepatitda jigardagi morfologik ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtissolashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yildagi 5 maydagi 01-4/255-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtissolashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yildagi 5 maydagi 01-4/255-sonli xati taqdim etilgan):
jigarni o‘tkir toksik shikastlanishi bo‘lgan kalamushlarning hayot davomiyligini va o‘tkir geliotrin gepatitli hayvonlarning yangi mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarning samaradorligi isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (09.11.2022 y.; №91/1) hamda Andijon davlat tibbiyot institutining markaziy ilmiy tadqiqot labaratoriyasi bo‘yicha 18.11.2022 y.; №29/1) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: infezol 40 va aminoyantar bilan olib borilgan farmakoterapiya qon zardobida HIF-1α miqdorini pasayishi natijasida hayot sifatini yaxshilagan va og‘ir asoratlarni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi aminyantar qon o‘rnini bosuvchi vositasidan foydalanish natijasida qimmat xorijiy dori vostalar talab etilmasligi hisobiga 17 050 so‘m miqdorda iqtisod qilishga erishilgan (xorijiiy dori vositasi infuzol narhi o‘rtacha 194 000 so‘mni, yangi aminyantar qon o‘rnini bosuvchi vositasi narhi 313 200 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: jigarning tokisk gepatitini 10 kunlik davolash kursida taklif etilgan davolash tartibidan foydalanib, 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 170 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
o‘tkir geliotrinli gepatit bilan xastalangan kalamushlarda jigarda oqsil hosil qilish faoliyatini ortishi va sitoliz, xolestaz, mezenximal yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini hamda qon zardobida HIF-1ning yuqori darajasini pasayishida yangi mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi  vositani yuqori samaradorligi isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (09.11.2022 y.; №91/1) hamda Andijon davlat tibbiyot institutining markaziy ilmiy tadqiqot labaratoriyasi bo‘yicha 18.11.2022 y.; №29/1) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir geliotrinli gepatitda  jigarda oqsil hosil qilish natijasida kasallikni erta tashxislash orqali davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yangi mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi vositasidan foydalanish natijasida qimmat xorijiy dori vostalar talab etilmasligi hisobiga 17 050 so‘m miqdorda iqtisod qilishga erishilgan (xorijiiy dori vositasi infuzol narhi o‘rtacha 194 000 so‘m, yangi aminyantar qon o‘rnini bosuvchi vosita narhi 313 200 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: o‘tkir geliotrinli gepatit bilan xastalangan kalamushlarda jigarda oqsil hosil qilish faoliyatini ortishi va sitoliz, xolestaz, mezenximal yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini oldini olishda taklif etilgan yangi mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi vositasidan foydalanib, 1 oylik kurs uchun 1 nafar bemor hisobiga 511 500 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
o‘tkir geliotrin modelida yangi mahalliy inokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantarni qo‘llashda eritrotsitlarning antioksidant himoyasi fermentlarini faollashishi oqibatida giperlipoperoksidatsiya pasayishi isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (09.11.2022 y.; №91/1) hamda Andijon davlat tibbiyot institutining markaziy ilmiy tadqiqot labaratoriyasi bo‘yicha 18.11.2022 y.; №29/1) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir geliotrin modelida yangi mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantar dori vositasini qo‘llashda eritrotsitlarning antioksidant himoyasi fermentlarini faollashishi oqibatida giperlipoperoksidatsiyani pasayishi orqali kasallikni erta tashxislash va davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yangi usulni qo‘llash natijasida davolanish harajatini kamaytirib, bemorlarni shifoxonada bo‘lish vaqtini 15 kundan 10 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori bir  bemor uchun 41 752 so‘mga kamaytirgan (15 kunlik ananaviy usulda davolanish 1 404 600 so‘mni, 10 kunlik taklif etilgan yangi usulda – 518 880 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: yangi mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantar mahalliy dori vositasidan foydalanib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 302 600 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
o‘tkir geliotrin gepapli kalamushlardagi endogen zaharlanishga yangi mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantar mahalliy dori vositasining toksik gepatitda jigardagi morfologik ko‘rsatkichlarga ijobiy ta’siri isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasining oliy ta’lim muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha (09.11.2022 y.; №91/1) hamda Andijon davlat tibbiyot institutining markaziy ilmiy tadqiqot labaratoriyasi bo‘yicha 18.11.2022 y.; №29/1) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir geliotrin gepapli kalamushlardagi endogen zaharlanishga yangi mahalliy aminokislotali qon o‘rnini bosuvchi aminoyantar mahalliy dori vositasining toksik gepatitda jigardagi morfologik ko‘rsatkichlarga ijobiy samarasi orqali xastalikni  davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yangi usulni qo‘llash natijasida bemorlarni shifoxonada bo‘lish vaqtini 15 kundan 10 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish harajat miqdori 39 000 so‘mga kamaytirgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 105 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: kasallikni og‘ir shakllariga o‘tishi va va sirroz rivojlanishi oldi olinib, 250 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 220 mln. so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish