Umarov Amiriddin Suvonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘shma jarohatlar bilan tibbiy-profilaktik muassasalardan keltirilgan murdalar sud-tibbiy ekspertizasining uslubiy asoslari», 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2296.
Ilmiy rahbar: Indiaminov Sayit, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Giyasov Zaynitdin Asamutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘shma jarohatlanishlar oqibatida davolash-profilaktik muassasalarda qayd etilgan o‘lim holatlariga doir sud-tibbiy ekspertizalarda o‘lim sababi, jarohatlar mexanizmi va tanatogenezni baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shma jarohatlanishlar holatlarida jarroxlik, reanimatsion va intensiv davo muolajalari jaroyonida bemorlar to‘qima va a’zolarga etkaziladigan yatrogen asoratlarning ko‘rinishlari aniqlangan hamda ularning travmatik kasallik kechuviga salbiy ta’sir jihatlari asoslangan;
qo‘shma jarohatlanishlarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan diagnostik va davolash nuqsonlarining turi va mohiyati aniklangan holda ularning travmatik kasallik noxush oqibatlariga ta’sir jihatlari isbotlangan;
qo‘shma jarohatlanishlardan tibbiyot muassasalarida vafot etgan shaxslar o‘limiga doir sud-tibbiy ekspertizalar jaroyonida o‘lim sabablarini, travmatik kasallik tanatogenezni va shikast mexanizmini asoslash borasida yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar jihatlari aniqlangan;
jarroxlik, reanimatsiya va intensiv davo muolajalari bilan bog‘liq yatroogen asoratlar hamda tibbiy yordam ko‘rsatishdagi nuqsonlar va poliorgan zararlanishlar jihatlarini aniqlash orqali qo‘shma jarohatlarda o‘lim sababini, jarohatlar mexanizmi va tanatogenezini asoslashni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 29 maydagi 13-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 21 oktyabrdagi 3770-sonli xati taqdim etilgan):
qo‘shma jarohatlanishlar holatlarida jarroxlik, reanimatsion va intensiv davo muolajalari jaroyonida bemorlar to‘qima va a’zolarga etkaziladigan yatrogen asoratlarning ko‘rinishlari aniqlangan hamda ularning travmatik kasallik kechuviga salbiy ta’sir jihatlari asoslangani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (25.05.2023 y.; № 039/AF/2023) bo‘yruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, qo‘shma jarohatlanishdan tibbiy profilaktik muassasalarda vafot etgan shaxslar o‘lim sabablarini asoslash va tanatolgenezini baholash sifatini yaxshilagan hamda xulosalar asoslanganligini ta’minlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qo‘shma jarohatlanishdan tibbiy profilaktik muassasalarda vafot etgan shaxslar o‘lim sabablarini asoslashda taklif etilgan uslubiy yondashuv qo‘llanilganda tadqiqotga talab etiladigan vaqt 5,2 kundan 2,5 kungacha qisqarish hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, tibbiy muassasalarda qo‘shma jarohatdan vafot etgan shaxslar o‘lim holatlariga doir sud-tibbiy ekspertizasini tashkil etish va utkazishga sarflanadigan vaqtni 2 marotaba qisqartirib, 1 taholat hisobiga byudjet mablag‘larini 225 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
qo‘shma jarohatlanishlarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan diagnostik va davolash nuqsonlarining turi va mohiyati aniklangan holda ularning travmatik kasallik noxush oqibatlariga ta’sir jihatlari isbotlangani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (25.05.2023 y.; № 039/AF/2023) bo‘yruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, qo‘shma jarohatlanishdan tibbiy profilaktik muassasalarda vafot etgan shaxslar o‘lim sabablarini asoslash va tanatolgenezini baholash sifatini yaxshilagan hamda xulosalar asoslanganligini ta’minlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qo‘shma jarohatlanishdan tibbiy profilaktik muassasalarda vafot etgan shaxslar o‘lim sabablarini asoslashda taklif etilgan uslubiy yondashuv qo‘llanilganda tadqiqotga talab etiladigan vaqt 5,2 kundan 2,5 kungacha qisqarish hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, tibbiy muassasalarda qo‘shma jarohatdan vafot etgan shaxslar o‘lim holatlariga doir sud-tibbiy ekspertizasini tashkil etish va utkazishga sarflanadigan vaqtni 2 marotaba qisqartirib, 1 taholat hisobiga byudjet mablag‘larini 225 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
qo‘shma jarohatlanishlardan tibbiyot muassasalarida vafot etgan shaxslar o‘limiga doir sud-tibbiy ekspertizalar jaroyonida o‘lim sabablarini, travmatik kasallik tanatogenezni va shikast mexanizmini asoslash borasida yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar jihatlari aniqlangani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (25.05.2023 y.; № 039/AF/2023) bo‘yruq bilan barcha hududiy filiallarda amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan uslubiy asoslardan foydalanish sud-tibbiy ekspertizalar sifatini oshirish, shifokorlar va ekspertlarning kasbiy xatoliklarning baholash orqali ekspertiza xulosalarining ishonchliligi ta’minlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qo‘shma jarohatlanishdan tibbiy profilaktik muassasalarda vafot etgan shaxslar o‘lim sabablarini asoslashda taklif etilgan uslubiy yondashuv qo‘llanilganda tadqiqotga talab etiladigan vaqt 5,2 kundan 2,5 kungacha qisqarish hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: qo‘shma travmalarda turli tuzilmalarga etkazilgan zararlanish tabiati va ko‘lami hamda ularning asoratlari klinik amaliyotida bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning samarali usullarini ishlab chiqilib, 1 ta sud-tibbiy ekspertizasi hisobiga byudjet mablag‘larini 175 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
jarroxlik, reanimatsiya va intensiv davo muolajalari bilan bog‘liq yatroogen asoratlar hamda tibbiy yordam ko‘rsatishdagi nuqsonlar va poliorgan zararlanishlar jihatlarini aniqlash orqali qo‘shma jarohatlarda o‘lim sababini, jarohatlar mexanizmi va tanatogenezini asoslashni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgani Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha (25.05.2023 y.; № 039/AF/2023) bo‘yruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan uslubiy asoslardan foydalanishi sud-tibbiy ekspertizalar sifatini oshirish, klinisist vrachlar va ekspertlarning kasbiy xatoliklarning baholash va uni samaradorligini oshirish orqali ekspertiza xulosalarining ishonchliligi ta’minlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan uslubiy yondashuv qo‘llanilganda tadqiqotga talab etiladigan vaqt 5,2 kundan 2,5 kungacha qisqarish hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: travmatik kasallik tanatogenezni asoslashni takomillashtirish yuzasidan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilib, 1 ta tadqiqot hisobiga byudjet mablag‘larini 175 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.