Norov Asror Egamberdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda innovatsion menejment tamoyillari asosida ilmiy darajali kadrlar tayyorlash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt466
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Odil Kalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Otabek Siddiqovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Saidov Mash’al Samadovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Ochilov Akram Odilovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekіѕtonda іnnovatѕіon menejment tamoyіllarі aѕoѕіda іlmіy darajalі kadrlar tayyorlaѕhnіng іlmіy uѕlubіy aѕoѕlarіnі tadqіq etіѕh, zamonavіy menejment uѕullarіdan foydalanіb, іѕtіqbollі yo‘nalіѕhlarіnі belgіlaѕh bo‘yіcha іlmіy taklіf va amalіy tavѕіyalar іѕhlab chіqіѕhdan іborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbar o‘rinbosarlari vazifalari tarkibiga iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashda ishtirok etish hamda tarmoq bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga oid innovatsiyalarni joriy etishni kiritish orqali ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish taklifi asoslangan;
maqsadli yo‘nalishdagi yangiliklarni o‘zlashtirish va foydalanish qobiliyatini mujassamlashtirgan innovatsion madaniyatni rivojlantirishda “ilmiy tadqiqot infratuzilmasi - moddiy-texnikaviy baza - kadrlar motivatsiyasi - ilmiy laboratoriya/markaz” sohalarining o‘zaro bog‘liq faoliyatiga muvofiq keluvchi menejment tamoyillariga ko‘ra kompleks yondashuv asoslangan;
ilmiy darajali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va innovatsion boshqaruvini shakllantirish maqsadida IT-ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot sohalarida qo‘llashga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalar uchun har yili ajratiladigan umumiy mablag‘ning 5 foizidan kam bo‘lmagan qismini ajratish taklifi asoslangan;
yosh olimlarning mamlakat hududida o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etish, ilmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur doirasidagi loyihalarni baholash noyob ilmiy ob’ektlar, ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarida o‘tkaziladigan tajribalardan kutilayotgan natijalarning ilmiy samaradorligi jihatidan yondashish asosida takomillashtirilgan;
ko‘p omilli statistik tahlilning uslub va modellari asosida O‘zbekistonda ilmiy darajali kadrlar tayyorlashning 2027-yilga qadar o‘rta muddatli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion menejment tamoyillari asosida ilmiy darajali kadrlar tayyorlashning uslubiy jihatlari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbar o‘rinbosarlari vazifalari tarkibiga iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashda ishtirok etish hamda tarmoq bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga oid innovatsiyalarni joriy etishni kiritish orqali ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish taklifi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida inobatga olingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-iyundagi 89-03-2775-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashda ishtirok etish hamda tarmoq bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga oid innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha vazifalarning davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbar o‘rinbosarlariga yuklatilishi bu boradagi chora-tadbirlarning tizimli tashkil etilishi hamda ilmiy darajali kadrlar tayyorlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining samarali amal qilishiga imkon yaratgan;
maqsadli yo‘nalishdagi yangiliklarni o‘zlashtirish va foydalanish qobiliyatini mujassamlashtirgan innovatsion madaniyatni rivojlantirishda “ilmiy tadqiqot infratuzilmasi - moddiy-texnikaviy baza - kadrlar motivatsiyasi - ilmiy laboratoriya/markaz” sohalarining o‘zaro bog‘liq faoliyatiga muvofiq keluvchi menejment tamoyillariga ko‘ra kompleks yondashuvdan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida inobatga olingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-iyundagi 89-03-2775-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yagona elektron tizimi joriy etilishi bilan tizimda 220 ta OTM va ilmiy tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlar, 14 ming nafardan ziyod tahsil olayotgan izlanuvchilar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi jamlanib, yiliga o‘rtacha 2000 ga yaqin talabgorlar hududlardan topshirishini inobatga olib, o‘rtacha hisobda 1,2 mlrd so‘m mablag‘ tejab qolishga erishilgan;
ilmiy darajali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va innovatsion boshqaruvini shakllantirish maqsadida IT-ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot sohalarida qo‘llashga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalar uchun har yili ajratiladigan umumiy mablag‘ning 5 foizidan kam bo‘lmagan qismini ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida inobatga olingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-iyundagi 89-03-2775-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarning innovatsion faoliyatini moliyalashtirish hamda natijalarini tijoratlashtirish mexanizmini takomillashtirish orqali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga ta’sirini kuchaytirish imkonini yaratgan;
yosh olimlarning mamlakat hududida o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etish, ilmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur doirasidagi loyihalarni baholash noyob ilmiy ob’ektlar, ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarida o‘tkaziladigan tajribalardan kutilayotgan natijalarning ilmiy samaradorligi jihatidan yondashish asosida takomillashtirish taklifi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida inobatga olingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-iyundagi 89-03-2775-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yosh olimlarning mamlakat hududida o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlarda ishtirok etish, ilmiy-tadqiqot ishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashishni nazarda tutuvchi dastur doirasidagi loyihalarni baholash mezonlari takomillashib, ularni ilmiy-tadqiqot ishlarining pirovard natijalariga yo‘naltirishni rag‘batlantirish imkoni yaratilgan;
ko‘p omilli statistik tahlilning uslub va modellari asosida O‘zbekistonda ilmiy darajali kadrlar tayyorlashning 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan o‘rta muddatli prognozidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-iyundagi 89-03-2775-son ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan prognoz ko‘rsatkichlari asosida 2027-yilga kelib, respublikada ilmiy darajalilar soni 2022-yilga nisbatan mutloq ko‘rsatkichlarda 2532 nafarga yoki 1,8 barobarga ortishi mumkinligi, OTM va ITIlarda yana 50 ga yaqin yangi ixtisoslashgan ilmiy kengashlar tashkil etilishi, kvotalar soni 3438 o‘ringa yoki bo‘lmasa 1,96 marotaba ortishi, stipendiyasi miqdori 11,5 mln so‘mni tashkil etishi prognozi asosida kelgusida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab chiqish imkoniyatini beradi.