To‘xliev Muslimbek Rustambek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Introgressiv g‘o‘za tizmalarining donorlik qobiliyatini baholash asosida seleksion ashyolar yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx839
Ilmiy rahbar: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Amanova Maxfurat Eshmurodovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Egamberdieva Saida Abdusamatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Genetik jihatdan boyitilgan introgressiv g‘o‘za tizmalarining qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha donorlik qobiliyatini baholash, murakkab genetik asosga ega duragaylarda belgilarning irsiylanishi, shakllanishi va korrelyatsiyasini o‘rganish asosida genotipi boyitilgan seleksion ashyolar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rganilgan introgressiv g‘o‘za tizmalarning aksariyati “unib chiqish-50% pishish” davri va 1000 dona chigit vazni bo‘yicha, T-4684-86, T-4679-81 va T-470/1 tizmalari esa, belgilar majmuasi bo‘yicha umumiy kombinatsion qobiliyati yuqori bo‘lgan qimmatli donorlar ekanligi tasdiqlangan;
tadqiqotlar asosida introgressiv g‘o‘za tizmalari ishtirokida yaratilgan F1 duragaylarida tezpisharlikning asosan salbiy oraliq va dominant, tola chiqimining ijobiy geterozis, tola uzunligining ijobiy va salbiy dominant yoki oraliq, bir dona ko‘sak vaznining ijobiy oraliq yoki geterozis, 1000 dona chigit vaznida barcha xildagi irsiylanishi aniqlangan;
introgressiv seleksiya uslubi hamda F2 da ajralayotgan ijobiy rekombinantlarni tanlash orqali aksariyat teskari korrelyatsiyaga ega belgilarning ijobiy majmuasini o‘zida namoyon qilgan ashyolarni yaratish mumkinligi aniqlangan hamda tola chiqimi va uzunligi orasidagi, kuchli va o‘rta darajadagi salbiy korrelyatsiyani F3 avlodda kuchsiz va o‘rta ijobiy yo‘nalishga aylantirish mumkinligi tasdiqlangan;
tadqiqotlar asosida qimmatli xo‘jalik belgilarining kompleks majmuasi bo‘yicha yuqori bo‘lgan genetik jihatdan boyitilgan qimmatli boshlang‘ich ashyolar yaratilib, amaliy seleksiya jarayoni uchun tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Inrtogressiv g‘o‘za tizmalarining donorlik qobiliyatini baholash asosida seleksion ashyolar yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
introgressiv seleksiya usuli orqali hosildor, tola chiqimi va sifati kabi qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqori darajadagi ijobiy majmuasi hamda Verticillium dahliae Kleb. patogeniga bardoshli bo‘lgan T-6972, T-1922, T-1923, T-9597 va T-1901 tizmalari yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 8-sentyabrdagi № 07/22-04/6362-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan yangi g‘o‘za tizmalaridan genetika va seleksiya sohasidagi qimmatli xo‘jalik belgilarga ega ashyolarni yaratishda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanilmoqda;
qimmatli xo‘jalik belgilari yuqori majmuasiga ega, genetik jihatdan boyitilgan yangi g‘o‘za tizmalarni Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasida 2,0 gektar maydonga joriy etilib, birlamchi urug‘chiligi tashkil etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 8-sentyabrdagi № 07/22-04/6362-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi yaratilgan g‘o‘za tizmalarining tezpisharligi 116,0-121,0 kunni, bitta ko‘sakdagi paxta vazni 6,5-6,9 grammni, tola chiqimi 38,8-41,2 foizni tashkil etgani, Verticillium dahliae Kleb. kasalligiga bardoshliligi hamda 40,0 sentenerdan yuqori hosil olinganligi tasdiqlangan;
introgressiv seleksiya usuli va ko‘p martali yakka tanlash orqali o‘rta tolali g‘o‘zaning T-1922, T-1923, T-1901, T-6972 va T-9597 seleksion tizmalari yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 23-may №4/1255-1207-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti “G‘o‘za genofondi” noyob ob’ekt kolleksiyasi hosildorligi, tola chiqimi va bitta ko‘sak vazni belgisi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan boshlang‘ich ashyolar bilan boyitilgan.