Qarshiev Alisher Eshmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo viloyati lalmikor sharoitida yangi qattiq bug‘doy navlarining don hosildorligiga ekish muddati va me’yorlarining ta’siri”, 06.01.08-O‘simlishunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx574
Ilmiy rahbar: Bobomirzaev Pirnazar Xursanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bozorov Xolmurod Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Lalmikor dehqonchilik-ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining lalmikor qir-adirlik (tekislik-adirlik) mintaqasi tipik bo‘z tuproqlari sharoitida yangi qattiq bug‘doy navlaridan iqtisodiy samarali va yuqori don hosili etishtirish uchun maqbul ekish muddati va me’yorlarini aniqlash hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qattiq bug‘doy yangi navlarini ekish muddatlari va me’yorlari Qashqadaryo viloyatining lalmikor qir-adirlik (tekislik-adirlik) mintaqasi tipik bo‘z tuproqlari sharoitida maqbullashtirilgan;
lalmikorlikda qattik bug‘doyning iqtisodiy jihatdan samarali maqbul ekish muddatlari va me’yorlarida o‘simlikning dala unuvchanligi, mahsuldor va umumiy tuplanish, o‘simliklarning qishga va yotib qolishga chidamliligi qiyosiy jihatdan aniqlangan;
qattiq bug‘doyni 21 oktyabrda gektariga 2,5 mln.unuvchan urug‘ ekilganda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilishi bois eng yuqori mahsuldor tuplanish 2,08 dona va 1 m2 dagi mahsuldor poyalar 218,8 dona shakllanishi aniqlangan;
qattiq bug‘doy  navlarini 21 oktyabrda ekilganda o‘simliklarning unib chiqishi, o‘sishi va rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratilishi hisobiga nazorat variantiga nisbatan qishga chidamliligi 3,1-4,2 %, yashovchanligi (o‘simliklarning hosilni yig‘ishtirishgacha saqlanishi) 3,8-4,1 %, 1 m2 dagi mahsuldor poyalar soni 19,5-21,5 dona, 1000 dona don massasi 1,4-2,2 g va hosildorlik 2,8-3,4 s/ga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
ekish muddati 1 oktyabr (nazorat)dan kechikishi va ekish me’yorini 2,0 (nazorat) mln. dan 3,5 mln. unuvchan urug‘gacha oshirib borish bilan er ustki (11,6-15,9 g) va ildiz tizimi massasini (71,4-109,1 g) pasayishi aniqlangan;
qattiq bug‘doyning assimilyatsion yuzasi bahorgi tuplanish davrida 1 oktyabr (nazorat) variantida gektariga 2,5 mln unuvchan urug‘ ekilganda 13,1 ming m2/ga, 21 oktyabrda 14,7 ming m2/ga, 11 noyabrda 6,5 ming m2/ga, 1 dekabrda 5,3 ming m2/ga ni tashkil etganligi va FP, FSM, quruq modda to‘planishiga ekish muddati va me’yorlarining ta’siri aniqlangan;
qattiq bug‘doyning Javoxir, Mingchinor, Langar va Yoqut-2014 navlarini 21 oktyabr muddatida gektariga 2,5 mln.dona unuvchan urug‘ hisobida ekib parvarishlash iqtisodiy jihatdan yuqori rentabelli (46,5-65,0%) bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatining lalmikor qir-adirlik (tekislik-adirlik) mintaqasi tipik bo‘z tuproqlari sharoitida yangi qattiq bug‘doy navlarining don hosildorligiga ekish muddati va me’yorlarining ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Qashqadaryo viloyatining lalmikorlikni qir-adirlik mintaqasi sharoitida dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun “Qashqadaryo viloyati lalmikorlik sharoitida yangi qattiq bug‘doy navlarini etishtirishda ekish muddati va me’yorlari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 8 sentyabrdagi №07/23-04/6363-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining fermer xo‘jaliklari va agroklasterlariga qattiq bug‘doydan yuqori hosil olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
qattiq bug‘doyni Qashqadaryo viloyatining lalmikor qir-adirlik mintaqasi sharoiti uchun Javoxir, Mingchinor, Langar va Yoqut-2014 navlarini etishtirish texnologiyasi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Qamashi, Ko‘kdala tumanlari fermer xo‘jaliklarida jami 195,8 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 8 sentyabrdagi №07/23-04/6363-son ma’lumotnomasi). Natijada, maqbul ekish muddati va me’yorida qo‘llanilgan va iqtisodiy jihatdan qulay bo‘lgan ekish muddatlari va me’yorlarda o‘stirilishi natijasida gektaridan 2,2-3,1 s qo‘shimcha don hosili olingan;
Qashqadaryo viloyatining lalmikorlikning qir-adirlik mintaqasi sharoitida qattiq bug‘doyning Mingchinor navini oktyabr oyining uchinchi o‘n kunligida gektariga 2,5 mln unuvchan urug‘ni tipik bo‘z tuproqlarida, o‘tmishdosh sifatida toza shudgor bo‘lgan dalalarga ekish bo‘yicha qo‘llash texnologiyasi 195,8 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 8 sentyabrdagi №07/23-04/6363-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur texnologiyani joriy qilish hisobiga xo‘jaliklarda o‘rtacha 18,6 s/ga don hosili olinib gektaridan 1 mln. 495 ming so‘m shartli sof foyda va 65,0 % rentabellikka erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish