Mirzaaxmedova Movluda Axmedjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida noionogen deemul`gatorlar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T253.
Ilmiy rahbar: Yusupov Farxod Maxkamovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yunusov Miraxmat Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar (gliserin, olein kislota, geksametilentetramin va x.k.) asosida yuqori turg‘unlikka ega suv neftli emul`siyalarini parchalovchi deemul`gatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geksametilentetramin va gliserindan sintez qilingan oligomer va olein kislotasini eterifikatsiyasi orqali yangi noionogen deemul`gatorlar ishlab chiqarishning eng maqbul shart-sharoitlari aniqlangan;
o‘zida murakkab efir guruhi saqlagan KD deemul`gatorining neftni suvsizlantrirish va tuzsizlantrish jarayonida suvli neft emul`siyasining meselyar tarkibini o‘zgartirish bilan bog‘liq kuchli deemul`girlik xossalari borligi isbotlangan;
yangi deemul`gatorlarni solishtirma deemul`girlik xossalari va ularni qo‘llash bilan suv-neft dispersiyani deemul`satsiya qilish aniqlangan;
KD-22 deemul`gatorining fizik-kimyoviy xususiyatlari ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemasi yaratilgan;
deemul`gatorni turli xildagi suv neftli emul`siyalarini parchalashdagi ko‘rsatgichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyo resurslari asosida noionogen deemulgatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan KD-22 deemul`gatori «Shurtanneftegaz» MChJda neftlarni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonida qo‘llash uchun istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («Shurtanneftegaz» MChJ 19.06.2017 yildagi R02/ShN-5720-son ma’lumotnomasi). Natijada chet eldan keltirilayotgan Declave V-1722 deemul`gatoriga nisbatan sarfini 2,5–3 barobarga kamaytirish hamda neftlarni suvsizlantirish va tuzsizlantirish imkonini bergan;
turg‘un suv-neft` emul`siyalarni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonini deemul`gator yordamida jadallashtirish texnologiyasini joriy etish maqsadida VI-Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida «Shurtanneftegaz» MChJ bilan xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (25.04.2013 y., 13-16/10 raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada qo‘llanilgan deemul`gator, import qilinayotgan deemul`gatorga nisbatan suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonini tezlashtirib, samaradorlikni oshirish imkonini bergan;
yangi KD-22 deemul`gatori «Shurtanneftegaz» MChJda istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yil 13 apreldagi 02/12-1-73-son ma’lumotnomasi). Natijada deemul`gatorni mahalliy xomashyo va yarim mahsulotlardan ishlab chiqarish va lokalizatsiya qilish imkoni yaratilgan.