Tilovova Muyassar Yo‘ldosh qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy ijod fenomenologiyasi (Shukur Xolmirzaev hikoyalari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2883.
Ilmiy rahbar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Afoqova Nodira Maxmudovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dunyo adabiyotshunoslik metodologiyasiga tayangan holda fenomenologik usul tamoyillarini yaratish, matn mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fenomen va fenomenologik metodning genezisi ochib berilib, uning falsafiy, psixologik asoslari va adabiy tamoyillari, badiiy asar qahramonining muallif shaxsiyati, psixologiyasi, dunyoqarashi bilan umumiy o‘xshashligi, borliq voqeligining ijodkor shuuridagi ko‘rinishi va bu tasvirlarning badiiy asardagi ifodasi ochib berilgan;
fenomenologik metodning jahon va o‘zbek adabiyotshunosligidagi metodologik usullardan farqi va o‘xshash jihatlari, badiiy asarga nisbatan bunday yondashuvda ongning obekt haqidagi ruhiy tajribani asosiy planga qo‘yishi, badiiy asarni barcha aspektlar doirasida qamrab olishi ochib berilgan;
fenomenologik usul badiiy asarga nisbatan muallif ongi fenomeni sifatida qarash, bunga teng ravishda kitobxonni qabul qiluvchi tafakkur, badiiy matnni muallif va o‘quvchi ongi dialogi mahsuli, asarni matn va o‘quvchi ongi fenomeni deb talqin qilishi asosida badiiy ijod hodisasining davomiyligi ta’minlanishi aniqlangan;
fenomenologik metod orqali Shukur Xolmirzaev hikoyalarining makon va zamon, muallif-roviy obrazi, peyzaj, ramzlar, psixologizm, til xususiyatlari, urf-odatlar bilan bog‘liq motivlarga tayanib matn ortidagi ijodkor shaxsiyati, dunyoqarashi, badiiy asarda ilgari surilgan asl g‘oya mohiyatiga etish mumkinligi, “yaratuvchi ong-matn-qabul qiluvchi ong” hamkorligida asosiy ishni matn sifati boshqarib turishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Badiiy ijod fenomenologiyasi (Shukur Xolmirzaev hikoyalari misolida)” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fenomen va fenomenologik metodning genezisi ochib berilib, uning falsafiy, psixologik asoslari va adabiy tamoyillari, badiiy asar qahramonining muallif shaxsiyati, psixologiyasi, dunyoqarashi bilan umumiy o‘xshashligi, borliq voqeligining ijodkor shuuridagi ko‘rinishi va bu tasvirlarning badiiy asardagi ifodasi ochib berilganiga oid xulosalaridan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” hamda FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihalarida foydalanilgan. (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 16-yanvardagi 17.01/228-son ma’lumotnomasi). Natijada birlamchi manbalar va ularning talqinlari sintezi kabi tushunchalar haqida batafsil ma’lumot olish imkonini bergan;
fenomenologik usul badiiy asarga nisbatan muallif ongi fenomeni sifatida qarash, bunga teng ravishda kitobxonni qabul qiluvchi tafakkur, badiiy matnni muallif va o‘quvchi ongi dialogi mahsuli, asarni matn va o‘quvchi ongi fenomeni deb talqin qilishi asosida badiiy ijod hodisasining davomiyligi ta’minlanishi aniqlanganiga doir xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bir qator ilmiy, badiiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tematikasini belgilashda muhim nazariy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 3-martdagi 01-03/345-son ma’lumotnomasi). Natijada Yangi O‘zbekistonning belgilangan strategik rivojlanish tamoyillarini, yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularining uyg‘onishida, o‘zbek milliy adabiyot o‘qituvchilarining o‘qitish uslublari bugungi kun talablariga mos bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib berish imkonini bergan.