Po‘latova Ug‘ilxon Sobirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida yuridik terminlarining chog‘ishtirma tadqiqi”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil1836.
Ilmiy rahbar: Sarimsokov Xurshid Abdimalikovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Avazxon Ixtiyarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mo‘ydinov Qodirjon Abdurasulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi yuridik terminlarining struktur-semantik, derivatsion xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berish hamda tarjima qilish usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuridik sohasiga oid terminlarni lingvistik cho‘g‘ishtirish orqali tarixiy-genetik ildizlari aniqlanib, ularning lingvistik tadrijiy taraqqiyot bosqichlaridagi semantik va fonetik o‘zgarishlar faktik-analitik manbalarga muvofiq ekanligi asoslangan;
yuridik terminlarining chog‘ishtirish orqali ikki tilning asosiy shakllantiruvchi morfologik, leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik usullarining yasalishida mavjud allomorflik hamda takomillashuviga xos izomorflik xususiyatlari dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda soha terminologiyasining hozirgi umumiste’moldagi holati, fondi-genofondi, ushbu soha terminologiyasining ichki va tashqi omillar hisobiga boyish yo‘llari isbotlangan hamda o‘zlashma qatlamning hududiy va miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
yuridik terminlar tarjimasida ingliz tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan ingliz tiliga adekvat tarjima qilishga to‘sqinlik qiluvchi tasviriy, transformatsion, transkripsion holatlarning rasmiy hamda mukammal echimi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi yuridik terminlarining orqali lingvistik xususiyatlarini tadqiq etish natijasida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
yuridik terminlarining chog‘ishtirish orqali ikki tilning morfologik, leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik usullarining yasalishiga xos allomorflik va izomorflik xususiyatlari kabi ilmiy xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2020- 2021 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SPERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023 yil 03 martdagi 641/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida soha terminologiyasining ilmiy jihatdan o‘rganilishi kishilarning mazkur sohaga doir huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga muhim turtki bo‘lgan;
ikki tilga doir soha terminologiyasining hozirgi holati, fondi-genofondi, ushbu soha terminologiyasining ichki va tashqi omillar hisobiga boyish yo‘llari isbotlangan hamda o‘zlashma qatlamning miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlaniniga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language 10 Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2023 yil 03 martdagi 64/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalar institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashgan;
yuridik terminlarni lingvistik cho‘g‘ishtirish orqali aniqlangan tarixiy-genetik ildizlari va ularning lingvistik tadrijiy taraqqiyot bosqichlaridagi semantik va fonetik o‘zgarishlariga doir yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “O‘zbekiston yoshlari” va “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 20 yanvardagi 04-36-97-son ma’lumotnomasi). Natijada yuridik terminlari tarkibida kam tadqiq etilgan, xususan, xalq og‘zaki nutqida ko‘chma ma’noda qo‘llanishi, bu nomlaming odamlar hayotida katta ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida, xuquqshunoslikda keng qo‘llanilgan nomlar; yuridik atamalarining manba sohalari, tuzilishi, diaxron va sinxron tahlili haqidagi xulosalar radio eshittirish davomida asoslab berilgan.