Raximova Gulchexra Sobirjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr 50–90 yillarida Farg‘ona vodiysi sanoat rivojining ekologik holatga ta’siri”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar193.

Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.

Rasmiy opponentlar: Oblamurodov Naim Xalilovich, tarix fanlari doktori, professor; Raxmatillaev Shavkat Muxammadalievich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.  

Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

O‘zbekistonda og‘ir sanoat korxonalarining to‘liq bitkazilmay ishga tushirilishi, Qo‘qon dinamit, Andijon gidroliz, «Bol`shevik» harbiy qurol ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarining kimyo korxonalariga aylantirilishi, sanoat korxonalarining eskirgan jihozlar bilan sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishi hamda zararli chiqindilar aholi yashash joylari yaqiniga tashlab kelinganligi oqibatida ekologik vaziyat va aholi salomatligi tanazzul yoqasiga kelib qolganligi isbotlangan;

Namangan, Andijon va Farg‘ona shaharlari paxta tozalash, kimyo zavodlarida changni ushlab qoluvchi uskunalarning etishmasligi, zararli chiqindilarning atrof-muhitga tarqalishi oqibatida korxona ishchilari va shahar aholisi orasida turli kasalliklarning ko‘payib ketganligi isbotlangan;

Qo‘qon superfosfat zavodi chiqindi suvlarining ichimlik suvi manbai hisoblangan Qipchoqariqqa tashlanishi natijasida aholi orasida flyuoroz (tish emirilishi) kasalligining avj olishi, Qo‘qon yangi kimyo zavodi chiqindi suvlarining ichimlik suvi manbaiga tashlanishi chaqaloqlarning nogiron tug‘ilishiga, mahalliy aholi va chorva mollarining zaharlanishiga sabab bo‘lgani aniqlangan;

Andijon gidroliz zavodi chiqindi suvlarining Xo‘tanariqqa tashlanishi natijasida ichimlik suvi va atmosfera ifloslanishi qo‘shni davlatlar ekologik holatiga ham ta’sir etgani aniqlangan;

kimyoviy korxonalarning salbiy ta’siridan aziyat chekkan aholining Qo‘qon yangi kimyo, Andijon gidroliz, Namangan kimyo zavodlari faoliyatini to‘xtatishni talab etgan norozilik harakatlari tahlil etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

XX asr 50–90 yillarida Farg‘ona vodiysi sanoat rivojlanishining ekologik holatga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:

Andijon, Namangan, Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida joylashgan kimyo korxonalari chiqindilaridan suv, tuproq va atmosferaning ifloslanishi, paxta tozalash korxonalarida chang ushlab qoluvchi uskunalarning etishmasligi natijasida atrof-muhitning buzilishi, aholi, ayniqsa yosh bolalarni nogiron tug‘ilishi sabablari, ayollar va yosh bolalar o‘lim darajasining ortib borishi, Andijon, Namangan viloyatining Pop, Chust va Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shaharlarida kimyo, paxta tozalash korxonalari changlari va chiqindilaridan aholi orasida turli kasalliklarning ko‘payib ketishiga doir ma’lumotlardan Evropa Ittifoqining «ERASMUS+» loyihasi doirasida ModelHED 561837 bo‘limida bajarilgan «Institut va universitetlarda sog‘liqni saqlashga oid fanlarni modernizatsiyalash» mavzusidagi grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 22 fevraldagi 89.03.817-son ma’lumotnomasi). Bu atrof-muhitning buzilishini oldini olishga, ona va bola salomatligi muhofazasiga doir ma’lumotlarni ta’lim jarayoniga integratsiyalashda muhim manba sifatida xizmat qilgan;

Qo‘qon shahrida joylashgan paxta tozalash, superfosfat, neftni qayta ishlash korxonalari zararli chiqindilarining aholi ichimlik suviga tashlanishi yosh bolalar orasida turli infeksion kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lganligi, Farg‘ona viloyatining Oltiariq, Buvayda, Uchko‘prik tumanlarida zararkunanda hasharotlarga qarshi ishlatiladigan zaharli defoliantlarning ochiq maydonlarda qoldirilishi, shuningdek, zaharli defoliantlarning aholi punktlariga yaqin erlarga ko‘milishi natijasida kishilarning kimyoviy vositalardan zaharlanish holatlari haqidagi ma’lumotlardan Yoshlar ittifoqining «Ekologiya va salomatlikni asrash» sohasidagi targ‘ibotlarini amalga oshirishda tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining 2018 yil 17 martdagi 0412/1567-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar orqali tabiatni muhofaza qilish ishlariga yo‘natiltirilgan tadbirlarni amalga oshirishda, tarqatma materiallar yaratishda, teleko‘rsatuvlarni tayyorlashga, yoshlarning ekologik bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish