Voxidova Norposhshaxon Xabibullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped270.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Juraevna, pedagogika fanlari doktori; Yarmatov Raximboy Baxramovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash texnologiyalari ijodiy faoliyatni tahliliy tashxislash samaradorligini oshirishga qaratilgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan effektiv foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash samaradorligi didaktik jarayonining integrativ tuzilmasini tadrijiy shakllantirish, tarbiyaga oid faoliyat mazmunini konstruktiv baholash hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirib borish jarayonini taktik rivojlantirishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash modeli tarbiyaviy ishlarda amaliy natijalar olishga yo‘naltirilgan innovatsiyalardan foydalanish imkoniyatlarini ta’limiy maqsadlarning istiqbolli natijalariga ko‘ra aniqlash hamda kreativ-o‘yinli, ijodiy-faol, konstruktiv-mobillik funksiyalari integrativligini ta’lim maqsadlariga moslashtirib borish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash samaradorligi Forsayt, Keys, FSMU, SMART elementlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ko‘ra tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash infratuzilmasi bilan uyg‘unlashtirish hamda innovatsion faoliyatning substansional negizlari va tendensiyalarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayoni emotsional-obrazli, motivatsion-kognitiv faoliyat ko‘rsatkichlarini aniq belglash va hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish, vaqtni ratsional taqsimlashning harakat traektoriyasini shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot davomida innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash texnologiyalari ijodiy faoliyatni tahliliy tashxislash samaradorligini oshirishga qaratilgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan effektiv foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik diagnostika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-082 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash sifati va unumdorligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash samaradorligi didaktik jarayonining integrativ tuzilmasini tadrijiy shakllantirish, tarbiyaga oid faoliyat mazmunini konstruktiv baholash hamda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirib borish jarayonini taktik rivojlantirishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik diagnostika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-082 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash modeli tarbiyaviy ishlarda amaliy natijalar olishga yshhnaltirilgan innovatsiyalardan foydalanish imkoniyatlarini ta’limiy maqsadlarning istiqbolli natijalariga ko‘ra  aniqlash hamda kreativ-o‘yinli, ijodiy-faol, konstruktiv-mobillik funksiyalari integrativligini ta’lim maqsadlariga moslashtirib borish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik diagnostika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-082 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogika oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning didaktik ta’minotini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash samaradorligi Forsayt, Keys, FSMU, SMART elementlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ko‘ra tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash infratuzilmasi bilan uyg‘unlashtirish hamda innovatsion faoliyatning substansional negizlari va tendensiyalarini muntazam hisobga olish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik diagnostika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-082 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogik vaziyatning dinamikasi, o‘qitish natijalarini diagnostika qilish, o‘quv fanlari bo‘yicha materiallarni o‘zlashtirish darajasini aniqlashga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayoni emotsional-obrazli, motivatsion-kognitiv faoliyat ko‘rsatkichlarini aniq belglash va hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish, vaqtni ratsional taqsimlashning harakat traektoriyasini shakllantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik diagnostika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i asosida berilgan 388-082 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayonini tahliliy baholashga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish