Kamalova Nilufar Ilxomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish kursida dasturlash tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish (Python dasturlash tili misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3872.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Mahmud Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muradova Feruza Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonida, Python dasturlash tilini o‘qitishning andragogik ta’limga asoslangan hamda lingvistik va matematik mantiqiy intellektni rivojlantirishga qaratilgan o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining matematik - mantiqiy va lingvistik intellektual qobiliyatlarini ilmiy-amaliy, ijodiy-kognetiv mashqlarni o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida nostandart ta’lim yondashuvlari asosida tizimli bajarish orqali rivojlantirishga qaratilgan IQ testlari integratsiyasiga hamda dasturlash tillarini amaliy kasbiy faoliyatda o‘qitishga mo‘ljallangan mashqlar tizimi tuzilmasiga ko‘ra takomillashtirilgan;
malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan informatika guruhi tinglovchilarining dasturlash tili bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasini rivojlantiruvchi “Smart robot”, “Live counter”, “Sinonim kodlar” innovatsion metodlarining faol, integrativ, interaktiv tadbiqi orqali algoritmik fikrlash strategiyalari - kontentni induktiv va deduktiv tashxislash, murakkab masalalarni dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
dasturlash tillarini o‘qitishga mo‘ljallangan o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini rivojlantiruvchi didaktik ta’minoti virtual reallik, multimedia mahsulotlarini o‘quv jarayonida qo‘llagan holda strukturali, funksional, reaktiv va obektga yo'naltirilgan dasturlash tili texnikasining xususiyatlarini mazmunan singdirish hamda kattalar ta’limining maqsadli, aksiologik, tarkibiy, protsesual-texnologik komponentlariga ustivorlik berish orqali takomillashtirilgan;
malaka oshirish kursida tinglovchilarning metodik ehtiyojlarini qondirishni ta’minlovchi dasturlash tillarini o‘qitishning besh boshqichli metodikasi kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarni rivojlantirish asosida innovatsion metadalogiyali faollashtirishni, murakkab tuzilmali kontent, baholash me’zonlari va mexanizmlarini tadbig‘i jarayonida virtual trenajorlar, simulyatorlar, interaktiv stendlar, test dasturlari kabi pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish kursida dasturlash tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish (Python dasturlash tili misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining matematik - mantiqiy va lingvistik intellektual qobiliyatlarini ilmiy-amaliy, ijodiy-kognetiv mashqlarni o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida nostandart ta’lim yondashuvlari asosida tizimli bajarish orqali rivojlantirishga qaratilgan IQ testlari integratsiyasiga hamda dasturlash tillarini amaliy kasbiy faoliyatda o‘qitishga mo‘ljallangan mashqlardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining I XT 0 19929 raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8 9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)” mavzusidagi innovatsion loyihaning “Mantiqiy intellektni shakllantiruvchi innovatsion didaktik ta’minotni yaratish va amaliyotga tadbiq etish” qismini bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 12-sentyabrdagi 224-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning matematik-mantiqiy va lingvistik intelektual salohiyatini oshirishga erishilgan;
malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan informatika guruhi tinglovchilarining dasturlash tili bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasini rivojlantiruvchi “Smart robot”, “Live counter”, “Sinonim kodlar” innovatsion metodlarining faol, integrativ, interaktiv tadbiqi orqali algoritmik fikrlash strategiyalari - kontentni induktiv va deduktiv tahlil qilish, teng kuchli dasturlarni qiyoslash, mantiqiy operatsiyalarni o‘rganish, algoritmik tahlil qilish va murakkab masalalarni dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida oid nazariy g‘oyalaridan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Najot bilimda” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompa- niyasining Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi 2022-yil 9 dekabrdagi 1/325-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning algoritmik fikrlash va o‘quvchi tuzgan dasturlarni tahlil qila olish, hamda o‘quvchilarning dasturlashga oid o‘zlashtirishini real baholash malakasiga ega bo‘lgan;
malaka oshirish kursida tinglovchilarning metodik ehtiyojlarini qondirishni ta’minlovchi dasturlash tillarini o‘qitishning besh boshqichli metodikasi kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarni rivojlantirish asosida innovatsion metadalogiyali faollashtirishni, murakkab tuzilmali kontent tahlilini, baholash me’zonlari va mexanizmlarini tadbig‘i jarayonida virtual trenajorlar, simulyatorlar, interaktiv stendlar, test dasturlari kabi pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash orqali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 9-maydagi 04 02/3-76-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagoglarning algoritmlash va dasturlash tillarini o‘qitishning didaktik ta’minotini takomillashtirish va kasbiy-pedagogik mahoratini rivojlantirishga erishilgan.