Alieva Nargiza Baxtixozievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarkibida poliestr (lavsan) tolali chiqindilar mavjud qog‘ozning bosma-texnik xossalarini tadqiq qilish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T2599
Ilmiy rahbar: Eshbaeva Ulbosin Jamalovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muxammadjanovich                        texnika fanlari doktori, dotsent (05.02.03), Sadovskaya Anna Viktorovna texnika fanlari nomzodi, BMTU (05.02.03).
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Matbaa sanoatida matbaa mahsulotlarini bosish uchun tarkibida poliestr (lavsan) tolali chiqindilari mavjud qog‘ozning fizik-mexanik va bosma-texnik xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud qog‘ozlardan farqli bo‘lgan tarkibida paxta sellyulozasi, polestr (lavsan) tolali chiqindilari, to‘ldiruvchi va elimlovchi moddalar qo‘shilgan yangi tarkibli qog‘oz olish texnologiyasi yaratilgan;
tolali massa hovuzini dasturiy ta’minot yordamida boshqarish tizimi ishlab chiqilgan hamda polestr tolali chiqindilar qo‘shib olingan qog‘ozga modifikatsiyalangan kation kraxmali, karboksilmetilsellyuloza elimi va akril emulsiyasi qo‘shish orqali qog‘oz namunalarini mustahkamlik xossalarini oshirishdagi texnologik ketma ketlik aniqlangan;
polestr (lavsan) tolali chiqindilar qo‘shib olingan qog‘ozning fizik-mexanik va bosma-texnik xususiyatlari va qog‘oz kompozisiyasi tarkibining bosma nusxalari sifatiga bog‘liqlik darajasi aniqlangan;
tajribani matematik rejalashtirish usulidan foydalanib polestr (lavsan) tolali chiqindilar qo‘shib olingan qog‘ozlariga bosishda bo‘yoqni qabul qilishni optimal qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyodan foydalanib yangi tarkibli qog‘oz tayyorlash va bosma-texnik xossalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Tarkibida tolali chiqindilar bo‘lgan qog‘oz olish bo‘yicha texnologik reglament va takomillashtirilgan texnologiya «Global Komsco Daewoo» Qo‘shma korxonasiga hamda «Perfect Paper Group» Mas’uliyati cheklangan jamiyatga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining 2023 yil 26 iyundagi №06-069-2961-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta sellyulozasi va polestr tola chiqindilari asosida import o‘rnini bosuvchi qog‘oz olishning texnologik rejimlari takomillashtirilgan;
ishlab chiqilgan qog‘oz “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi va “G‘.G‘ulom” nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining 2023-yil 26 iyundagi №06-09-2961-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolar asosida olingan qog‘oz materiallarida sifat bo‘yicha xalqaro talablarga javob beruvchi rangli nusxalar olishga va paxta sellyulozasidan tayyorlangan qog‘ozga nisbatan tannarxni 25% pasaytirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish