Rustamov Abbos Abdinabi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polimer mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari ishchilari mehnat sharoitini salomatlik holatiga ta’sirini optimallashtirish», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3025.
Ilmiy rahbar: Alimuxamedov Dilshod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Tulkin Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tuxtarov Baxrom Eshnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy polimer ishlab chiqarish korxonalarida band bo‘lgan ishlovchilar mehnat sharoitini optimallashtirishga qaratilgan gigienik tavsiyalarni baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer ishlab chiqarish korxonasi ishchilarning ish o‘rinlaridagi mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsat¬kichlari bo‘yicha mehnat sharoitlari gigienik asoslangan;
arra dastgoh ishchilari, ekstruziya mashina operatorlar, quyuvchilar mehnat sharoitlari sun’iy yorug‘lik bo‘yicha 3.1 darajali, shovqin darajasi bo‘yicha arra dastgoh ishchilari mehnat sharoitlari 3.2 darajali zararlilik sinfi tavsiflanganligini inobatga olib, jismoniy va ruhiy yuklamasini izdan chiqishini oldini olishga qaratilgan sanitar-texnik va texnik-texnologik chora-tadbirlarning gigienik me’yorlari ishlab chiqilgan;
polimer ishlab chiqarish korxonalari ishchilarning vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishga ta’sir qiluvchi omillarni baholashda arra dastgohi ishchilari mehnat sharoitlari zararlilik 3-sinfning 3-darajasiga taaluqliligini inobatga olib, ushbu kasbdagi ishchilarning salomatlik holatini oldini olishga qaratilgan gigienik me’yorlari ishlab chiqilgan;
polimer ishlab chiqarish korxonalari ishchilari mehnat sharoitlarining zararlilik darajasi bshhyicha sinflari tahlilida chang va kimyoviy omillar ekstruziya mashina operatorlar, quyuvchilar sehida yuqoriligini inobatga olib, kasallanish va vaqtinchalik mehnat yo‘qotilishini oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yildagi 19 iyundagi 01-4/255-A-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yildagi 19 iyundagi 01-4/255-A-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
polimer ishlab chiqarish korxonasi ishchilarning ish o‘rinlaridagi mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsat¬kichlari bo‘yicha mehnat sharoitlari gigienik asoslangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha (09.06.2023 y.; № 89-P) hamda Andijon viloyati boshqarmasi bo‘yicha (17.06.2023 y.; № 17-2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: polimer ishlab chiqarish korxonasi ishchilarning ish o‘rinlaridagi meh¬nat jarayonining ular organizmining funksional xolati va kasallainish darajasiga ta’sirining oldini olish, mehnatning og‘irlik va tig‘izlik darajasini me’yoriy talablarga moslashtirish va zararli omillarni kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) polimer ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida meh¬nat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsat¬kichlarning salbiy ta’sirini kamayishi natijasida ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan (korxonada 1 kunlik ish haqi 82 950 so‘m bo‘lsa, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi varag‘i o‘rtacha 13,32 kunda 1 104 894 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxona sharoitida davolanish talab qilinmaydi (shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 110 ming so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: kasbiy kasalliklar oldi olinib, 1 nafar ishchi hisobidan byudjet mablag‘larini 3 mln 317 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
arra dastgoh ishchilari, ekstruziya mashina operatorlar, quyuvchilar mehnat sharoitlari sun’iy yorug‘lik bo‘yicha 3.1 darajali, shovqin darajasi bo‘yicha arra dastgoh ishchilari mehnat sharoitlari 3.2 darajali zararlilik sinfi tavsiflanganligini inobatga olib, jismoniy va ruhiy yuklamasini izdan chiqishini oldini olishga qaratilgan sanitar-texnik va texnik-texnologik chora-tadbirlarning gigienik me’yorlar O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha (09.06.2023 y.; № 89-P) hamda Andijon viloyati boshqarmasi bo‘yicha (17.06.2023 y.; № 17-2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: polimer mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasining bevosita zararli va xavfli omillari bilan ishlovchi asosiy kasbiy guruhlardagi ishchilarning yorug‘lik va shovqin bo‘yicha umumiy sinfning 3.1 darajasi, shovqin darajasi bo‘yicha 3-sinf 2 darajasiga mos kelishi me’yoriy ko‘rsatkichlarga solishtirish natijasida asoslab berilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) polimer ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida meh¬nat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsat¬kichlarning salbiy ta’sirini kamayishi natijasida ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan (korxonada 1 kunlik ish haqi 82 950 so‘m bo‘lsa, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi varag‘i o‘rtacha 13,32 kunda 1 104 894 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxona sharoitida davolanish talab qilinmaydi (shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 110 ming so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: ish o‘rinlardagi meh¬nat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsat¬kichlari bo‘yicha mehnat sharoitlari baholash natijasida kasbiy kasalliklar oldi olinib, 1 nafar ishchi hisobidan byudjet mablag‘larini 3 mln 317 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
polimer ishlab chiqarish korxonalari ishchilarning vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishga ta’sir qiluvchi omillarni baholashda arra dastgohi ishchilari mehnat sharoitlari zararlilik 3-sinfning 3-darajasiga taaluqliligini inobatga olib, ushbu kasbdagi ishchilarning salomatlik holatini oldini olishga qaratilgan gigienik me’yorlar O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha (09.06.2023 y.; № 89-P) hamda Andijon viloyati boshqarmasi bo‘yicha (17.06.2023 y.; № 17-2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy ahamiyati quyidagilardan iborat: polimer ishlab chiqarish korxonalarida ishchilarning vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishga ta’sir qiluvchi omillarda chang va ish soha xavosiga gaz va bug‘ ko‘rinishidagi kimyoviy moddalar konsentratsiyasining yuqoriligi baholangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) polimer ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida meh¬nat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsat¬kichlarning salbiy ta’sirini kamayishi natijasida ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan (korxonada 1 kunlik ish haqi 82 950 so‘m bo‘lsa, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi varag‘i o‘rtacha 13,32 kunda 1 104 894 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxona sharoitida davolanish talab qilinmaydi (shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 110 ming so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: ishchilarning vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishga ta’sir qiluvchi omillarni baholash natijasida natijasida kasbiy kasalliklar oldi olinib, 1 nafar ishchi hisobidan byudjet mablag‘larini 3 mln 317 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
polimer ishlab chiqarish korxonalari ishchilari mehnat sharoitlarining zararlilik darajasi bshhyicha sinflari tahlilida chang va kimyoviy omillar ekstruziya mashina operatorlar, quyuvchilar sehida yuqoriligini inobatga olib, kasallanish va vaqtinchalik mehnat yo‘qotilishini oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha (09.06.2023 y.; № 89-P) hamda Andijon viloyati boshqarmasi bo‘yicha (17.06.2023 y.; № 17-2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: polimer ishlab chiqarish korxonalari mehnat sharoiti sinflari tahlilida chang va kimyoviy omillar ekstruziya mashina operatorlar, quyuvchilar sehida yuqoriligini inobatga olib, kasallanish va vaqtinchalik mehnat yo‘qotilishini oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasalanish va vaqtinchalik mehnat yo‘qotilishini oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish natijasida: 1) polimer ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida meh¬nat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, zararlilik va xavflilik ko‘rsat¬kichlarning salbiy ta’sirini kamayishi natijasida ishchilar vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi oldi olingan (korxonada 1 kunlik ish haqi 82 950 so‘m bo‘lsa, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishi varag‘i o‘rtacha 13,32 kunda 1 104 894 so‘mni tashkil qiladi); 2) shifoxona sharoitida davolanish talab qilinmaydi (shifoxonada 1 kun qolish o‘rtacha 110 ming so‘mni tashkil qiladi); 3) kasbiy kasalliklar oldi olinib, iqtisod qilishga erishilgan (1 nafar imtiyozli nafaqa pensiyasi oyiga 747 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: kasalanish va vaqtinchalik mehnat yo‘qotilishini oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish natijasida kasbiy kasalliklar oldi olinib, 1 nafar ishchi hisobidan byudjet mablag‘larini 3 mln 317 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.