Rasulov Xasanboy Ne’matillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Choʻl yaylov tuproqlarining degaradatsiyasi jarayonlarini geoaxborot tizimlari asosida tahlil qilish va baholash (Konimex tumani tuproqlari misolida)”, 06.01.03 – Agrotuproqshunoslik va agrofizika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx998
Ilmiy rahbar: biologiya fanlari doktori, dotsent Qodirova Dilrabo Abdukarimovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlar agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Davlat agrar universiteti huzuridagi DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: – q.x.f.d, professor Qurvontoev Raxmontoy hamda b.f.d., dotsent Nabieva Gulchehra Mirergashevna.
Yetakchi tashkilot: “Uzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Cho‘l yaylov tuproqlarining tarkibi, xossa-xususiyatlarini aniqlash va degradatsiya jarayonlarini geoaxborot tizimlari asosida tahlil qilish va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor cho‘l yaylovlari sharoitida BMTning 15.3-BRMga erishish maqsadida yerlar degradatsiyasini neytrallashtirish (LDN) balansini aniqlashda Trends.Earth GIS - platformasi qo‘llanilgan va degradatsiya jarayonlarini o‘rganishda samarali ekanligi isbotlangan.
Degradatsiya jarayonlarini tez va samarali monitoring qilishda spektral indekslardan foydalanishning imkoniyatlari va afzalliklari ilmiy asoslangan.
Geoaxborot texnologiyalarini qo‘llagan holda tadqiqot hududi tuproqlarining unumdorlik ko‘rsatkichlarini (gumus, azot, fosfor, kaliy, hajm va solishtirma og‘irligi, g‘ovakligi, mexanik tarkibi) aks ettiruvchi raqamli kartografik asoslari yaratilgan.
Masofadan zondlash ma’lumotlariga ishlov berish asosida cho‘l yaylov yerlari o‘simliklar qoplamining ko‘p yillik (2000, 2010, 2020) o‘zgarishini tahlil qilishga asoslangan turli vegetatsion indekslar (NDVI, SAVI, NDMI, EVI) xaritalari yaratilgan.
Turli vegetatsion indekslarining mavjud klassifikatsiyasi asosida cho‘l yaylov hududlari uchun moslashtirilgan klassifikatsiya ishlab chiqilgan.
Erlar degradatsiyasini neytrallashtirish (LDN) ning subindikatorlari (tuproq qoplami, yerlar unumdorligi, tuproqdagi organik uglerod zahirasi) asosida cho‘l yaylov yerlari degradatsiyasi holatini aks ettiruvchi raqamli xaritalar yaratilgan.
“Trends.Earth vositasi yordamida yerlar degradatsiyasini neytrallashtirish (LDN) bo‘yicha” ilmiy-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Cho‘l yaylov tuproqlarining degradatsiya jarayonlarini geoaxborot tizimlari asosida tahlil qilish va baholash (Konimex tumani tuproqlari misolida)” bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida: “Trends.Earth vositasi yordamida yerlar degradatsiyasini neytrallashtirish (LDN) bo‘yicha uslubiy qo‘llanma” si ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 27-fevraldagi 05/28-06/2017-son ma’lumotnomasi). Natijada, degradasiyaga uchragan hududlarni aniqlash, kartografiya faoliyatini takomillashtirish va avtomatlashtirishda texnik-uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.
Geoaxborot texnologiyalarini qo‘llagan holda tadqiqot hududi tuproqlarining unumdorlik ko‘rsatkichlarini (gumus, azot, fosfor, kaliy, hajm va solishtirma og‘irligi, g‘ovakligi) aks ettiruvchi raqamli xaritalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 27-fevraldagi 05/28-06/2017-son ma’lumotnomasi). Natijada, cho‘l yaylov tuproqlarining unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlardan samarali foydalanish bo‘yicha agrofizik va agrokimyoviy tadbirlar belgilashda ilmiy asos sifatida xizmat qilgan.
Cho‘l yaylov yerlari o‘simliklar qoplamini ko‘p yillik (2000, 2010, 2020) o‘zgarishini tahlil qilishga asoslangan masofaviy zondlash ma’lumotlari asosida yaratilgan turli vegetatsion indekslar (NDVI, SAVI, NDMI, EVI) xaritalari amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 27-fevraldagi 05/28-06/2017-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan xaritalar cho‘l yaylov yerlari degradasiyasi jarayonlarini monitoring qilish va baholash, oldini olishda o‘simlik qoplamini yaxshilash hamda yaylovlardan samarali foydalanishda xo‘jalik-tashkiliy tadbirlarni belgilashda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan.
Erlar degradatsiyasini neytrallashtirish (LDN) ning subindikatorlari (tuproq qoplami, yerlar unumdorligi, tuproqdagi organik uglerod zahirasi) asosida cho‘l yaylov yerlari degradasiyasi holatini aks ettiruvchi raqamli xaritalar yaratilib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 27-fevraldagi 05/28-06/2017-son ma’lumotnomasi). Natijada, yerlar degradasiyasining rivojlanish tendensiyalarini tez va samarali baholash, yer resurslarini barqaror boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish imkonini bergan.