Roziqov Nurilla Baxromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq qarzdorligini bartaraf etish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1315
Ilmiy rahbar: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Kuzieva Nargiza Ramazanovna; iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent Bozorov Akmal Amonovich
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq qarzdorligini bartaraf etish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaliyotda soliq imtiyozlari stavkani ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ham imtiyozlar qo‘llash mumkinligi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilgan;
soliq qarzdorligining ortib ketishini oldini olish maqsadida, soliq to‘lovchilarni ma’lum bir muddatga soliqlar va yig‘imlardan ozod qilish, soliq stavkalarini pasaytirish, soliqlar va yig‘imlarni kechiktirib to‘lash imkoniyatini berish bo‘yicha takliflar asoslangan;
iqtisodiy inqirozlar va pandemiya kabi favqulodda holatlar davom etayotgan davr uchun mavjud soliq qarzdorligi summalariga vaqtinchalik penya hisoblamaslik tartibini joriy etish taklif etilgan;
hisobotlar va jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati hamda deklaratsiya bo‘yicha hisoblangan soliqni to‘lash muddatlarini kechiktirish taklifi berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
amaldagi qonunchilikda soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida, shuningdek faqatgina belgilangan soliq stavkasini ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida hamda ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkinligi bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan ham imtiyozlar qo‘llanilishi mumkinligi bo‘yicha qonunchilik normalariga qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 oktyabrdagi Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘RQ-652-son Qonunida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi № 06/04-01-01-37/131 sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida 2021 yil 21 oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Alohida sharoitlarda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqli ekanligi, jumladan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha soliq imtiyozlarini berishi mumkinligi asoslandi.
alohida sharoitlarda soliq to‘lovchilarni qarzdorligi ortib ketishining oldini olish maqsadida ma’lum bir muddatga soliqlar va yig‘imlardan ozod qilish, stavkalarni pasaytirish, soliqlar va yig‘imlarni kechiktirib to‘lash mumkinligi to‘g‘risidagi qonunchilik normalariga zarur qo‘shimchalar kiritish yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 oktyabrdagi O‘RQ-652-sonli Qonunida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi
№ 06/04-01-01-37/131-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida 2021 yil 21 oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari” moddasi kiritildi va unda yuqoridagi imtiyoz va engilliklar berilishi asoslandi.
ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz sharoitlarida soliq to‘lovchilarda paydo bo‘lgan va mavjud qarzdorlik summalariga vaqtinchalik penya hisoblamaslik tartibini nazarda tutuvchi qonunchilik normalariga qo‘shimchalar kiritilishi bo‘yicha taqdim etilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 oktyabrdagi O‘RQ-652-sonli Qonunida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi
№ 06/04-01-01-37/131 sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida 2021 yil 21 oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida 2020 yil 1 aprelga qadar aniqlangan ob’ektlarga nisbatan mol-mulk solig‘i va er solig‘i bo‘yicha oshirilgan soliq stavkalari, shuningdek ular bo‘yicha penya hisoblash va qarzdorlikni majburiy undirish choralari qo‘llanmasligi asoslandi.
ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz sharoitlarida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati hamda u bo‘yicha hisoblangan soliqni to‘lash muddatlarini kechiktirilishi bo‘yicha qonunchilik normalariga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 oktyabrdagi
O‘RQ-652-sonli Qonunida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi № 06/04-01-01-37/131 sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida 2021 yil 21 oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida Alohida sharoitlarda jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni taqdim etish muddati hamda u bo‘yicha hisoblangan soliqni kechiktirib to‘lash imkoniyati berilishi asoslandi.