Abduraxmanova Aqida Fayzulla qizining
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda ekologik turizm salohiyatidan samarali foydalanish usularini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2699 B2020.2.PD/Iqt12
Ilmiy rahbar: Axrorov Farxod Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01 
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ikram Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Quvondikov Shuxrat Oblakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
    Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlarda ekologik turizm salohiyatidan samarali foydalanish usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatining 6 ta ekoturistik maskanlarining (Zarafshon milliy bog‘i, Ertaklar olami, Teshiktosh, Ming archa, Oqbo‘yro, Hazrati Dovud) rekreatsion qiymatini takomillashtirilgan “Travel cost” metodi asosida baholash va shu asosida “Kirish chiptasi” narxini hisoblash bo‘yicha takliflar asoslangan;
“Zarafshon” milliy bogʼining turistlarni qabul qilishda ekologik barqarorlikni taʼminlovchi sigʼimidan kelib chiqib ekoturizm klasterining tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasini yaratish afzalliklari dalillangan;
“Omonqo‘ton”, “Qoratepa”, “Yuqori Tersak”, “O‘rta Tersak”, “Tersak” qishloqlarida ekoturistik majmualar, umumiy ovqatlanish shaxobchalarini yaratish asosida yangi turistik marshrutlarni joriy etish orqali ekologik turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
aholi yalpi daromadiga ekoturizmning taʼsir etish darajasini baholash asosida Samarqand viloyati bo‘yicha turizm sohasida band aholi sonining 2028 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ekoturizmni rivojlantirishning iqtisodiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan quyidagi ilmiy natijalar amaliyotga joriy qilindi:
Samarqand viloyatining 6 ta ekoturistik maskanlarining (Zarafshon milliy bog‘i, Ertaklar olami, Teshiktosh, Ming archa, Oqbo‘yro, Hazrati Dovud) rekreatsion qiymatini takomillashtirilgan “Travel cost” metodi asosida baholash va shu asosida “Kirish chiptasi” narxini hisoblash bo‘yicha takliflar 2023 yil 28 fevraldagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” gi PF-27-sonli Farmonidagi Samarqand viloyati ekoturizmni yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil                27-apreldagi 05-12-15-2643-sonli dalolatnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida Samarqand viloyati ekoturizm obektlariga tushadigan daromad ko‘rsatkichini 39,8 % ga ortishiga imkon yaratilgan;
“Zarafshon” milliy bogʼining turistlarni qabul qilishda ekologik barqarorlikni taʼminlovchi sigʼimidan kelib chiqib ekoturizm klasterining tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasini yaratish bo‘yicha takliflar 2023 yil 28 fevraldagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” gi PF-27-sonli farmonidagi Samarqand viloyati ekoturizmni yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil                27-apreldagi 05-12-15-2643-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ekoturistlarning turmahsulotni sotib olish hajmini ikki barobarga oshishiga olib kelgan; 
“Omonqo‘ton”, “Qoratepa”, “Yuqori Tersak”, “O‘rta Tersak”, “Tersak” qishloqlarida ekoturistik majmualar, umumiy ovqatlanish shaxobchalarini yaratish asosida yangi turistik marshrutlarni joriy etish orqali ekologik turizmni rivojlantirish bo‘yicha taklifi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 828-sonli qaroridagi “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 27-apreldagi 05-12-15-2643-sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ekoturizm obektlarining va ular joylashgan hududlaridagi aholi daromad darajasining 32% ga o‘sishiga xizmat qilgan;
aholi yalpi daromadiga ekoturizmning taʼsir etish darajasini baholash asosida Samarqand viloyati bo‘yicha turizm sohasida band aholi sonining 2028 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “2023-2025 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirish chora tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari” ga kiritilgan (Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 27-apreldagi 05-12-15-2643-sonli dalolatnomasi). Natijada ekoturizmga qo‘yilgan talablarni inobatga olgan holda tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hududlarni rivojlantirishga xizmat qilgan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish