Abdullaeva Zulfiya Izzatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mehmonxona biznesini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo‘llari (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2698
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Matyakubov Umidjon Raximovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda mehmonxona biznesini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashti-rish bo‘yicha nazariy-metodologik va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududdagi aholi xonadonlarini mahalliy xalq yashash tarzi sifatida - o‘zbek xonadonini aks etuvchi milliy oilaviy xonadonlar, ovqatlanish maskanlari, hunarmandchilik uylari, agro va ekoturistik zonalar sifatida moslashtirish asosida oilaviy mehmon uylari hamda animatsion markazlar tashkil etish bo‘yicha takliflar asoslangan;
Samarqand shahridagi er uchastkalarida mehmonxonalar qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali taqdim etilash asosida maydoni 6 sotixdan 15 sotixgacha bo‘lgan er uchastkasini ajratishda investorga 50 ta xonadan kam bo‘lmagan, maydoni 15 sotixdan 30 sotixgacha bo‘lgan er uchastkasini ajratishda 100 xonadan kam bo‘lmagan, 50 sotix va undan ortiq maydonga ega er uchastkasini ajratishda 200 ta xonadan kam bo‘lmagan, 3-5 yulduzli toifadagi standartlarga mos keladigan mehmonxonalar qurish hamda investisiya majburiyatlarini yuklanish bo‘yicha takliflar asoslangan;
turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi va O‘zbekiston mehmonxona xo‘jaliklari Assotsiatsiyasi tomonidan mehmonxona biznesi vakillari bilan birgalikda mehmonxonalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish amaliyotiga joriy etish bo‘yicha qabul qilingan “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” bo‘yicha O‘z DSt 3220:2022 davlat standartining yangi tahririda mehmonxona tasniflagichi jarayonini optimallashtirish orqali 97 ta ilgari majburiy bo‘lgan mehmonxonalarga qo‘yiladigan talablarni 85 tagacha qisqartirish taklifi asoslangan;
Samarqand viloyatida turistik xizmatlar bozorini istiqbolda rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarini 2027 yilgacha prognozlashtirishda quyidagi modellardan, ya’ni mehmonxonalardagi xizmat ko‘rsatilgan tashrif buyuruvchilar soni, bir kechada qolishlar soni, mehmonxona xizmatlariga xarajatlar miqdorini istiqbollashtirishda darajali modeldan foydalanish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mehmonxona biznesini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llariga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
hududdagi aholi xonadonlarini mahalliy xalq yashash tarzi sifatida – o‘zbek xonadoni aks etuvchi milliy oilaviy xonadonlar, ovqatlanish maskanlari, hunarmandchilik uylari, agro va ekoturistik zonalar sifatida moslashtirish asosida oilaviy mehmon uylari hamda animatsion markazlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5781-sonli Farmoni chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 26 maydagi № 03-12-15-3555-son dalolatnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududda oilaviy mehmon uylari va animatsion markazlarni tashkil etish orqali mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
Samarqand shahridagi er uchastkalari mehmonxonalar qurish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali taqdim etilishi asosida maydoni 6 sotixdan 15 sotixgacha bo‘lgan er uchastkasini ajratishda investorga 50 ta xonadan kam bo‘lmagan, maydoni 15 sotixdan 30 sotixgacha bo‘lgan er uchastkasini ajratishda holatda 100 xonadan kam bo‘lmagan, 50 sotix va undan ortiq maydonga ega er uchastkasini ajratishda 200 ta xonadan kam bo‘lmagan, 3-5 yulduzli toifadagi standartlarga mos keladigan mehmonxona qurish hamda investisiya majburiyatlari yuklanishi bo‘yicha taklflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 828-sonli qarori dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 26 maydagi № 03-12-15-3555-son dalolatnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mehmonxona tadbirkorligi rivojlanishi uchun qulay investisiya muhitini yaratish va investision jozibadorlikni oshirish imkonini bergan;
turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi va O‘zbekiston mehmonxona xo‘jaliklari Assotsiatsiyasi tomonidan mehmonxona biznesi vakillari bilan birgalikda mehmonxonalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish amaliyotiga joriy etish bo‘yicha qabul qilingan “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” bo‘yicha O‘z DSt 3220:2022 davlat standartining yangi tahririda mehmonxona tasniflagichi jarayonini optimallashtirish orqali 97 ta ilgari majburiy bo‘lgan mehmonxonalarga qo‘yiladigan talablarni 85 tagacha qisqartirish taklifi asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 26 maydagi № 03-12-15-3555-son dalolatnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish tashkiliy, boshqaruv va texnologik innovatsiyalar orqali mehmonxona korxonalarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish imkonini berdi;
Samarqand viloyatida turistik xizmatlar bozorini istiqbolda rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarini 2027 yilgacha prognozlashtirishda quyidagi modellardan, ya’ni mehmonxonalardagi xizmat ko‘rsatilgan tashrif buyuruvchilar soni, bir kechada qolishlar soni, mehmonxona xizmatlariga xarajatlar miqdorini istiqbol-lashtirishda darajali modeldan foydalanish tavsiyalari turizm va mehmonxona faoliyatini rivojlantirish dasturlari va konsepsiyalarini ishlab chiqishda asos sifatida qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023 yil 26 maydagi № 03-12-15-3555-son dalolatnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish 2023-2027 yillarda mehmonxona biznesini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida viloyatda xizmat ko‘rsatilgan tashrif buyuruvchilar sonini 23,4 %ga va mehmonxonalarda bir kechada qolishlar sonini 8,3 %ga oshishi imkonini beradi.