Tangirova Yulduz Alimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan bemorlarni olib borish taktikasini takomillashtirish” 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2055.
Ilmiy raxbar: Agababyan Larisa Rubenovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Negmadjanov Baxodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot hodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi gemostaz tizimi holatini va qon tomir endoteliy funksiyasini baholash orqali muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi sindromi mavjud bo‘lgan ayollarni olib borish taktikasini takomillashtirish natijasida yurak qon tomir tizimi tomonidan rivojlanadigan asoratlarni oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi sindromi bo‘lgan ayollarda gemostaz tizimining buzilishi fibrinogen, D-dimerning oshishi va xalqaro normallashtirilgan munosabat ko‘rsatgichining 1.2 barobar kamayishi natijasida kelib chiqishi asoslangan.
muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi sindromi bo‘lgan ayollarda yurak qon tomir tizimi patologiyasini rivojlanishida endotelin-1, okklyuziya indeksi va kanallar orasidagi fazali siljish ko‘rsatgichlarining patogenetik roli asoslangan;
muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi sindromi bo‘lgan ayollarda ananaviy terapiyaga qo‘shimcha L-arginin + aspirinni birgalikda qo‘llash endoteliyning kardio funsional faolligini sezilarli darajada yaxshilanishi aniqlangan;
muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi bo‘lgan ayollarda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini bashorat qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur (86,7% o‘ziga xoslikka va 90.0% sezgirlikka ega) asosida ayollarni olib borish taktikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 21 iyundagi 32-son xulosasiga ko‘ra:
muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan bemorlarda somatik kasalliklar rivojlanish xavfi normal tuxumdon funksiyasiga ega ayollarga qaraganda yuqori ekanligi isbotlangan, bu o‘z navbatida muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan ayollarda erta somatik kasalliklarni aniqlash maqsadida kompleks klinik – laborator tekshiruv o‘tqazish kerakligini asoslagan. Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bo’yicha 10.09.2022 yildagi 67\1-sonli buyruq hamda Samarqand shahar 10 son oilaviy poliklinika bo’yicha 10.08.2022 yildagi 78\1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan ayollarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan ayollarda yurak qon tomir kasalliklari rivojlanishini aniqlashda kompleks innovatsion noinvaziv apparat Angioskan 01 orqali endoteliy disfunksiyasi aniqlangan, ya’ni boshqa qo’shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga tejam qilingan. 2) muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan ayollarda endotelial disfunksiyani angioskan 01 apparati yordamida tashxislashda maxsus malaka oshirgan shifokorlarga ehtiyoj yo’qligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlashni shart emasligi hisobiga tejam qilishga erishilgan. Xulosa: muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi bo‘lgan ayollarda somatik kasalliklar rivojlanishi mumkin bo‘lgan ayollar xavf guruhi aniqlandi va shu asosida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldi olindi, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag’larini 62 000 so’mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 15 000 so’mga iqtisod qilish imkonini bergan.
muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi sindromi bo‘lgan ayollarda somatik patologiyaning rivojlanishida, gemostaz tizimi diagnostika tadbirlarini o‘tqazish orqali yuzaga keladigan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida davolash samarali ekanligi isbotlandi. Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bo’yicha 10.09.2022 yildagi 67\1-sonli buyruq hamda Samarqand shahar 10 son oilaviy poliklinika bo’yicha 10.08.2022 yildagi 78\1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan ayollarda yurak qon tomir kasalliklari rivojlanish xafvini prognozlash programmasi asosida yurak qon tomir kasalliklarini erta tashxislash orqali 45(43%) hollarda asoratlarni kamayishiga erishilgan; muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan ayollarda tibbiy xizmat ko‘rsatishning istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish orqali, ushbu bemorlarni erta tashxislashga erishildi va ayollarni turli mutaxasisslarda yurib ko‘plab noto‘gri o‘tqazilgan klinik laborator tahlillarni o‘tkazishdagi sarf xarajatlar oldi olindi; muddatdan oldingi tuxumdon etishmovchiligi tashxisini o‘z vaqtida qo‘yilishi orqali ushbu ayollarda 80% hollarda umumiy ahvolida sog‘ayish kuzatildi va ayollarga poliklinika sharoitida 78% erta tashxislash imkonini berdi; muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan ayollarga tibbiy xizmat sifatini oshirish algoritmi orqali poliklinika va tug‘ruq majmuasi ginekologiya bo‘limlarida tashxislash va davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan ayollarda endotelial disfunksiya va tuxumdonlar zaxirasini aniqlashda: bemorlarda endotelial disfunksiyani tashxislashda dopplerografiya va qo‘shimcha mutaxasisslar (qon tomir jarrohi va kardiolog mutaxasisslari) talab qilingan, bizda o‘tkazilgan noinvaziv kompleks diagnostika Angioskan 01 orqali ushbu sarf xarajatlar keskin kamaytirildi; endotelial disfunksiyani tashhislashda talab etiladigan sarf xarajatlar( dopplerografiyaga 80 500 so‘mdan + kardiolog ko‘rigi 30 500 so‘m) 111 000 so‘mdan angioskan 01 noinvaziv diagnostika kompleksi orqali tekshirib 67 300 so‘mga kamaytirildi. Xulosa: muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan bemorlarda yurak qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarda kasallik davomiyligi 3 yildan oshiq bo‘lgan hollarda 87% endotelial disfunksiya aniqlandi, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 68 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 32 000 so‘mga tejash imkonini bergan.
muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi bilan kasallangan ayollarda yurak qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini bashorat qilish va baholash uchun ishlab chiqilgan shkala va shu asosda yaratilgan EHM dasturidan (DGU №19585, 17.10.2022) foydalanish yurak qon tomir tizimi kasalliklarini bashorat qilish algoritmi va bemorlarni ushbu guruhini boshqarish taktikasini ishlab chiqildi. Dasturdan amaliy tibbiyotda, xususan, akusherlik va ginekologiyada, terapiya va kardiologiya sohalarida foydalanish mumkin. Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bo’yicha 10.09.2022 yildagi 67\1-sonli buyruq hamda Samarqand shahar 10 son oilaviy poliklinika bo’yicha 10.08.2022 yildagi 78\1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan ayollarda gemostaz tizimida, qon tomirlar endoteliysi tizimidagi o‘zgarishlarni erta tashxislash va adekvat davolash ushbu guruhdagi ayollarda yurak qon tomir kasalliklarini asoratlarni prognozlash va oldini olishga erishilgan, taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish yurak qon tomir kasalliklarini rivojlanishining 43 % hollarda oldini olishga imkon yaratdi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: Muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan ayollarda endotelial disfunksiya va tuxumdonlar zahirasini aniqlashda: bemorlarda endotelial disfunksiyani tashhislashda dopplerografiya va qo‘shimcha mutaxasisslar (qon tomir jarrohi va kardiolog) talab qilingan, bizda o‘tqazilgan noinvaziv kompleks diagnostika Angioskan 01 orqali ushbu sarf harajatlar keskin kamaytirildi; endotelial disfunksiyani tashxislashda talab etiladigan sarf harajatlar ( dopplerografiya 80 500 so‘mdan + kardiolog ko‘rigi 30 500 so‘m) 111 000 so‘mdan Angioskan 01 noinvaziv diagnostika kompleksi orqali tekshirish orqali 67 300 so‘mga kamaytirildi. Xulosa: yangi davolash va profilaktika algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 111 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 67 300 so‘mga tejash imkonini berdi.
muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan ayollarda o‘rin bosuvchi gormonal terapiya va kompleks o‘tqazilgan davo muolajalar o‘tqazilishi orqali,yurak qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfi o‘z vaqtida bartaraf etildi va davolanishdagi sarf harajatlar keskin qisqartirildi. Samarqand shahar 1-son tug‘ruq majmuasi bo’yicha 10.09.2022 yildagi 67\1-sonli buyruq hamda Samarqand shahar 10 son oilaviy poliklinika bo’yicha 10.08.2022 yildagi 78\1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan bemorlarda transdermal estradiol qo‘llanilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tromboembolik asoratlar keskin kamaytirildi; endotelial disfunksiya rivojlanishining oldini olish maqsadida donator oksid azot qo‘llanilishi qon tomirlar vazodilyatatsion funksiyasini yaxshilanishiga erishildi, bu esa davolanish vaqti davomiyligining qisqarishiga olib keldi; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan ayollarda ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: endotelial disfunksiyani tashhislashda talab etiladigan sarf harajatlar (doplerografiyaga 80 500 so‘mdan + kardiolog ko‘rigi 30 500 so‘m) 111 000 so‘mdan, angioskan 01 noinvaziv zamonaviy diagnostika kompleksi orqali tekshirish tufayli 67 300 so‘mga kamaytirildi, reabilitatsiya harajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 45.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan kardiologiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: muddatdan oldin tuxumdon etishmovchiligi kuzatilgan bemorlarda endotelial disfunksiyalarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 68 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 32 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.