Abduramanova Salomat Xudaybergenovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gilos (Cerasus avium) payvandtaglarini mikroklonal ko‘paytirish va mikropayvandlash texnologiyasini ilmiy asoslash” mavzusidagi 06.01.07-Mevachilik va uzumchilik ixtisosligi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Qx251.
Ilmiy maslahatchi: Islamov Soxibjon Yaxshibekovich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Xasan Chutboevich – biologiya fanlari doktori, professor;
Normuratov Ilxom Turg‘unovich– qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor;
Murodova Sayyora Sobirovna - biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gilosning (Cerasus avium) introduksiya qilingan payvandtaglarini mikroklonlash va in vitro sharoitida mikropayvandlash uchun optimal ozuqa muhitini tanlash hamda mutanosiblik, nomutanosiblik sharoitlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Gisela-6, Colt payvandtaglarini va Bahor Volov`e serdse, Revershon, Kara geles va Pushti Napoleon navlarini in vitro sharoitida klonal ko‘paytirish uchun eksplantlarni sterillashning optimal muddati aniqlangan;
eksplantlarni o‘stirish uchun DKW (Drayver va Kuniyuki) ozuqa muhiti optimal ozuqa muhit ekanligi aniqlangan;
payvandtag va navlarda mikroklonal novdalar ko‘paytirish uchun o‘stiruvchi moddalar NAA - 0,02 mg/l va TDZ - 1,50 mg/l ta’sirida eng ko‘p novdalar hosil qilish ko‘rsatkichi aniqlangan;
ilk bor in vitro sharoitida gilos payvandtaglarini istiqbolli navlarga mikropayvand qilinganidapayvand mutanosibligi 72% ni tashkil qilishi aniqlangan;
mikropayvand qilingan yosh nihollarni iqlimlashtirishda havo harorati 250S ni yorug‘lik 6000-6500◦ lyuksda “Agrobalt-S” substratida yaxshi o‘sib rivojlanishi aniqlangan;
gilos ko‘chatlarini tomchilatib sug‘orishda suv sarfi 1250 m3 ni va mineral o‘g‘itlarni N75P60K40 (sof holda) 3 xil muddatda berishning maqbul me’yori aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gilos payvandtag va navlarini in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish, mikropayvandlash uchun optimal ozuqa muhitlarini tanlash va yosh nihollarni tashqi muhitga moslashtirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
payvandtaglarni in vitro sharoitida ko‘paytirish uchun optimal ozuqa muhiti turi, payvandtaglarni sterillash, mikroklonal ko‘paytirish, ildiz oldirish va nosteril tashqi muhitga moslashtirishning samarali usuli akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasining «Biotexnologiya» laboratoriyasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 4 iyuldagi 05/23-06/657-son ma’lumotnomasi). Natijada danakli meva o‘simliklari payvandtaglarini in vitro sharoitida klonal ko‘paytirishda tayanch ishlanma sifatida xizmat qilmoqda;
gilosning in vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirilgan virussiz Krimskiy-5, Gisela-5, Gisela-6, Colt payvandtaglari 2019-2022 yillar Andijon viloyatida 1,0 gektarga, Samarqand viloyatida 2,0 gektarga, Surxondaryo viloyatida 1,0 gektar va in vitro sharoitida mikropayvand qilingan gilosning Bahor Volov`e serdse, Revershon, Kara geles va Pushti Napoleon navlarini Toshkent viloyatida 10 gektarga jami 14 gektar maydonda barpo etilgan intensiv bog‘larga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 4 iyuldagi 05/23-06/657-son ma’lumotnomasi). Natijada bog‘dorchilikga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari uchun pakana va yarim pakana payvandtag va ko‘chatlar etishtirib, intensiv bog‘lar barpo qilishga erishilgan.