Saminov Xusniddin Numonjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Punica granatum L. o‘simligining (Qayum navi) kimyoviy komponentlari va biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/K599.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Alidjan Aminovich kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salima Fozilovna kimyo fanlari doktori, professor, Valiev Ne’matjon Valijon o‘g‘li texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Punica granatum L. o‘simligining (Qayum navi) kimyoviy tarkibini va biologik faolligini aniqlash hamda anor moyi va meva po‘stlog‘i asosida biologik faol qo‘shimchalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda o‘sadigan anor o‘simligining (Qayum navi) tarkibidagi uchuvchan birikmalarning o‘rganilishi natijasida 80 ga yaqin birikmalarning mavjudligi aniqlangan;
anor o‘simligi (Qayum navi) urug‘ining oqsil miqdori aniqlanib, uning aminokislota tarkibi aniqlangan hamda barcha oqsil tuzuvchi aminokislotalarning manbai ekanligi isbotlangan;
neytron-aktivatsion analiz va induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya usuli yordamida anor o‘simligi (Qayum navi) tarkibida 32 ta element miqdori aniqlangan;
ilk bor anor o‘simligi (Qayum navi) meva urug‘ining lipid tarkibi hamda 20 turdagi to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislota tarkibi gaz xromatografiyasi usuli yordamida isbotlangan;
ilk bor anor o‘simligi (Qayum navi) meva chiqindisi urug‘idan olingan moydan foydalanib, ikki komponentli moy kompozitsiyalari yaratilgan;
anor o‘simligi (Qayum navi) moyi va yaratilgan ikki komponentli moy kompozitsiyalarni yuqori antioksidant faolligi aniqlangan;
anor o‘simligi (Qayum navi) moyi va mevasi po‘stlog‘i asosida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Punica granatum L. o‘simligining (Qayum navi) kimyoviy komponentlari va biologik faolligini o‘rganish hamda biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
anor o‘simligining (Qayum navi) moyi asosida olingan tabiiy “Al-Qayum” va anor o‘simligining (Qayum navi) mevasi po‘stlog‘i asosida olingan tabiiy “Fito Qayum” ozuqaga biologik faol qo‘shimchalari uchun texnik shart va texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (Ts 02152851-03:2023; TI 02152851-03:2023). Mazkur texnik shart va texnologik yo‘riqnomalar biologik faol mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan;
anor mevasi urug‘idan olingan moy “FERGHANA-FRANCE” MChJ O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasida moy kompozitsiyalari tayyorlashda qo‘llanilgan (“FERGHANA-FRANCE” MChJ O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasining 2022 yil 24 sentyabrdagi 01/81-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini bergan.