Abdikarimova Dinara Rustamxanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bank kreditlari garov ta’minotini baholash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Iqt232
Ilmiy maslahatchi: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Sattarov Odil Berdimuratovich; iqtisodiyot fanlari doktori Toshpo‘latov Davron Akramovich
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bank kreditlari garov ta’minotini baholash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
garov ta’minoti sifatida olinadigan avtotransport vositalari va qurilish texnikalarining eskirish darajasini va foydalilik xususiyatlarini aniqlagan holda bozor qiymatini baholash metodikasi taklif etilgan;
kontragentlar reytingini aniqlash va zahiralarni hisoblash bo‘yicha zamonaviy bank amaliyotining garov asosida kreditlash jarayonida yuzaga keladigan kredit xatarlarini diversifikatsiya qilish imkoniyatini beruvchi bank kredit xavfini baholashda ichki reytinglarga asoslangan yondashuvni joriy etish taklifi berilgan;
tugallanmagan qurilish ob’ektini garovga olish asosida kredit ajratilgan hollarda qurilish ishlarining bajarilgan hajmi oshib borishidan kelib chiqqan holda mulkning oshgan qiymatiga yoki oldingi ajratilgan kredit garovi o‘rtasida yuzaga kelgan tafovut summasidan kelib chiqib kredit liniyasini yo‘naltirish taklif etilgan;
banklarning salohiyatli mijozlar yirik investision loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan kreditlarining kamida 50% yoki undan ko‘p qismi so‘ndirilgan holatda mazkur mijozlarni dastlabki garov ta’minoti ostida bank kredit siyosati talablari doirasida qo‘shimcha moliyalashtirish taklif etilgan;
transport vositalarining texnik va texnologik xususiyatlarini baholash va garov ta’minoti sifatida qabul qilishga qaratilgan mulkni baholash standarti (MBS) taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bank kreditlari garov ta’minotini baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
garov ta’minoti sifatida olinadigan avtotransport vositalari va qurilish texnikalarining eskirish darajasini va foydalilik xususiyatlarini aniqlagan holda bozor qiymatini baholash metodikasi bo‘yicha taklifi. (Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasining 2023 yil 30 maydagi 23/05-2023-son ma’lumotnomasi). Natijada, banklar kredit garovi sifatida taqdim etilayotgan qurilish avtotransport vositalari va qurilish texnikalar qiymatini keskin ravishda kamaytirib garov sifatida qabul qilinishining oldi olindi. Texnikalarning aynan foydalilik xususiyati va undagi tarkibiy qismlarning amortizatsiya darajasidan kelib chiqqan holda baholashga erishilgan;
kontragentlar reytingini aniqlash va zahiralarni hisoblash bo‘yicha zamonaviy bank amaliyotining garov asosida kreditlash jarayonida yuzaga keladigan kredit xatarlarini diversifikatsiya qilish imkoniyatini beruvchi bank kredit xavfini baholashda ichki reytinglarga asoslangan yondashuvni joriy etish taklifi “Agrobank” ATBnnig 2023 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatiga tegishli o‘zgarishlar kiritildi (“Agrobank” ATBning 2023 yil 2 iyundagi 20-3-10/686-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kontragentlar reytingini aniqlash va zaxiralarni hisoblash asosida zamonaviy bank amaliyotida garov asosida kreditlash jarayonida bank tomonidan yuzaga keladigan kredit xatarlarini diversifikatsiya qilish imkoniyati yaratildi va bank tomonidan 2022 yilga nisbatan 25% ga ortiq yoki 44,3 trillion so‘mlik kredit portfelini samarali diversifikatsiya qilishga erishildi. Shuningdek, bankning kredit risklarini baholash tizimida LGD indikatori orqali kutilayotgan yo‘qotishlar miqdorini hisoblash elementi sifatida garov ta’minoti va garovni baholash taklifi asosida va rivojlangan IRB yondashuvini yaratish doirasida bankning kredit xavfini hisoblash va boshqarish orqali bank kredit portfelidagi aktivlarga nisbatan zaxiralar yaratish tartibi ishlab chiqildi;
tugallanmagan qurilish ob’ektini garovga olish asosida kredit ajratilgan hollarda qurilish ishlarining bajarilgan hajmi oshib borishidan kelib chiqqan holda mulkning oshgan qiymatiga yoki oldingi ajratilgan kredit garovi o‘rtasida yuzaga kelgan tafovut summasidan kelib chiqib kredit liniyasini yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 29 apreldagi PF-63-son “Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarlarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”dagi farmonida o‘z aksini topgan (Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasining 2023 yil 30 maydagi 23/05-2023-son, “Agrobank” ATBning 2023 yil 2 iyundagi 20-3-10/686-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, 8-sonli “Ko‘chmas mulkni baholash” MBSga “Development (rivojlanish) jarayonidagi ko‘chmas mulkni baholashning xususiyatlari” nomli 6-bob kiritilgan. Shuningdek mazkur taklif asosida qurilish jarayoni yakuniga etib borishi bilan qiymati oshib borishidan kelib chiqqan holda tugallanmagan qurilishni garovga qo‘yib kredit olingan hollarda qurilish ishlarining bajarilish hajmiga mos tarzda, ya’ni mulkning yangi oshgan qiymatiga yoki oldingi ajratilgan kredit garovi o‘rtasidagi farq yuzaga kelgan summaga qo‘shimcha kreditlash liniyasini yo‘naltirish yoki yangi moliyalashtirish ochish yo‘nalishida “Agrobank” ATB tomonidan kredit siyosati talablaridan kelib chiqqan holda 2023 yilda Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan qiymati 10 mlrd so‘mlik investision loyiha yangicha yondashuv asosida moliyalashtirildi;
banklarning salohiyatli mijozlar yirik investision loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratilgan kreditlarining kamida 50% yoki undan ko‘p qismi so‘ndirilgan holatda mazkur mijozlarni dastlabki garov ta’minoti ostida bank kredit siyosati talablari doirasida qo‘shimcha moliyalashtirish taklifi “Agrobank” ATBning kredit siyosatiga yangi yo‘nalish sifatida qo‘shildi (“Agrobank” ATBning 2023 yil 2 iyundagi dagi 20-3-10/686-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning moliyaviy barqaror, eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mijozlarining investision loyihalarini moliyalashtirishda foydalanildi hamda bankning kredit portfeli bunday kreditlar hisobiga 2022 yilning mos davriga nisbatan 10%ga ortishiga erishildi;
transport vositalarining texnik va texnologik xususiyatlarini baholash va garov ta’minoti sifatida qabul qilishga qaratilgan mulkni baholash standarti (MBS) taklifi Yagona milliy baholash standarti tarkibiga 14-sonli MBS sifatida “Transport vositalarini baholash” standarti deb kiritilgan. (Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasining 2023 yil 30 maydagi 23/05-2023-son ma’lumotnomasi). Natijada, baholash yondashuvlarini qo‘llash orqali garov ta’minoti qiymatini belgilashdagi aniqlik ortdi va baholovchilar uchun e’tibor qaratiladigan jihatlar standart sifatida belgilab qo‘yildi.