Raximov Akbar Xolmurodovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani havodan ajratish jarayonida uning tabiiy xususiyatlarini saqlovchi texnologiyani yaratish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3339
Ilmiy rahbar: Xodjiev Muksin Tadjievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich texnika fanlari doktori, professor; Abbazov Ilxom Zapirovich texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash korxonalaridagi mavjud separator konstruksiyasini o‘rgangan holda yangi yo‘naltirgichli moslamaga hamda takomillashgan to‘rli yuzaga ega separatorni ishlab chiqish asosida paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani tashuvchi havodan ajratib olish jarayonida chigitni mexanik shikastlanishini kamayishiga, ifloslik tarkibidagi erkin tola miqdori hosil bo‘lishini oldini oladigan, yassi shakldagi yo‘naltirgich hamda to‘rli yuzaga ega bo‘lgan  separator konstruksiyasi yaratilgan;  
paxtani havodan ajratish jarayonida separatorning turli ish unumdorligida uning og‘ish burchagini o‘zgartirib to‘rli yuzada separator o‘qi bo‘ylab harakatlanuvchi paxta xomashyosining tezligi va zichligini o‘zgarishiga olib keluvchi separator konstruksiyasi yaratilgan; 
separator ish unumdorligining belgilangan qiymatlarida tajriba rejasi bo‘yicha olingan chigitning mexanik shikastlanishiga nisbatan, paxtadagi namligining ulushi 12,0 % hamda yo‘naltirgichning qiyalik balandligi 220 mm bo‘lgan optimal qiymatga ega bo‘lgan separator yaratilgan;  
paxtani tashuvchi havodan ajratib olish jarayonida, qiyalikda teshik ochilib takomillashtirilgan to‘rli yuzaning og‘ish burchagi 55 gradusga ega bo‘lgan ekrin tola miqdorini kamaytiruvchi separator ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani havodan ajratishda qo‘llaniladigan takomillashgan yangi separatorni ishlab chiqish tadqiqotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtani havodan ajratuvchi takomillashtirilgan yo‘naltirgichli separator qurilmasi “Surxondaryo Agroxizmat” MChJ ga qarashli “Sherobod paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 27-dekabrdagi № 02/22-928 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonda chigitning mexanik shikastlanishi paxtaning I, II, III, IV navlarida o‘rtacha 1,08 % ga kamayishiga erishilgan.
paxtani havodan ajratuvchi takomillashtirilgan to‘rli yuza va yo‘naltirgichli separator qurilmasi “Dream cotton textil” MChJ ga qarashli “Qumqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 27-dekabrdagi № 02/22-928 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ifloslik tarkibida erkin tolalarni paydo bo‘lishi paxtaning I, II, III, IV, V navlarida o‘rtacha 0,30 kg/soatga hamda chigitning mexanik shikastlanishi 1,0 % ga kamayishiga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish