Azimov Anvar Tairovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 komorbid bemorlarda og‘ir kechishining serebrovaskulyar asoratlari birlamchi profilaktikasi yondashuvlarini takomillashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2462.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Koval`chuk Vitaliy Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasallikning og‘ir holatlarida serebrovaskulyar asoratlarning birlamchi profilaktikasiga yondashuvlarni takomillashtirish orqali COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak-qon tomir kontinuum kasalliklari fonida COVID-19 og‘ir kechishida, uzoq vaqt davomida bemorlarning immobilizatsiyasi, o‘pkaning noinvaziv ventilyasiyasi fonida septik holat va pansinusitning rivojlanishi sababli miya venoz trombozlari serebrovaskulyar asoratlari strukturasida ishemik insul`tlarga nisbatan ustunlik qilishi isbotlangan;
serebrovaskulyar asoratlar rivojlanish xavfini balli baholash orqali sitokin shtorm, septik holat, persistivlovchi yallig‘lanish, tromboz biomarkerlari darajasi bilan tromboprofilaktika rejimini tanlash orasida korrellyasion bog‘liqlik aniqlangan;
yurak qon-tomir komorbid kasalliklari fonida og‘ir COVID-19 serebrovaskulyar asoratlarni rivojlanishini prognozlashda yallig‘lanish markerlarining (prokal`sitonin, ferritin va IL-6) anomal darajasi yuqori prognostik ko‘rsatkich ekanligi aniqlangan;
COVID-19 og‘ir kechishida yurak-qon tomir komorbid holatlari, koagulyasiya va yallig‘lanish markerlari tromboprofilaktika o‘tkazilgan bemorlarda serebrovaskulyar asoratlar rivojlanishining mutlaq va nisbiy xavfi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 20 iyundagi 06/010-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 1 dekabrdagi 03-5114-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: yurak-qon tomir kontinuum kasalliklari fonida COVID-19 og‘ir kechishida, uzoq vaqt davomida bemorlarning immobilizatsiyasi, o‘pkaning noinvaziv ventilyasiyasi fonida septik holat va pansinusitning rivojlanishi sababli miya venoz trombozlari serebrovaskulyar asoratlari strukturasida ishemik insultlarga nisbatan ustunlik qilishi isbotlanib, bu o‘z navbatida COVID-19 og‘ir kechishida komorbid kasalliklar fonida serebrovaskulyar asoratlarni barvaqt tashxislash va profilatikasi zaruriyatini yuzaga keltirganligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida buyruq (16.11.2022 y.; № 26-T) bilan va xalqaro JCI akkreditatsiyasidan o‘tgan «Akfa Medline» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi intensiv terapiya va nevrologiya bo‘limlarida buyruq (28.11.2022 y.; №19-pr) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 og‘ir kechishida yurak-qon tomir komorbid kasalliklar fonida profilaktika algoritmini qo‘llash orqali serebrovaskulyar asoratlar barvaqt tashxislangan va koronavirus infeksiyasi trombotik oqibatlar sonini kamaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi profilaktika usulini amalga oshirish hajmiga nisbatan o‘rtacha yillik tejash qiymati: Syil = ((Md x (A1 – A2) + K x (X1 – X2)) x S = ((100000 x (8-6) + 3000000 x (14-10)) x 6=73200000. Bu erda Md - antikoagulyant va antiagregant profilaktikasi hajmini tanlash uchun diagnostika usulining o‘rtacha narxi; A1 va A2 asosiy va taklif qilingan variantlarda antikoagulyant va antiagregant terapiyasini tanlashdan oldin tekshiruvlar soni; K - shifoxonadagi bitta yotoq-kunining o‘rtacha narxi; X1 va X2 - asosiy va taklif qilingan variantlarda bemorning kasalxonada davolanishining o‘rtacha davomiyligi; C - tavsiya etilgan Mdni amalga oshirish hajmi bilan ta’minlangan tromboprofilaktikani talab qiluvchi prokoagulyant holatlarning o‘rtacha yillik soni. Xulosa: taklif qilingan profilaktika usulida kunlik iqtisod qilish qiymati 200 548 so‘m bo‘lishi aniqlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: serebrovaskulyar asoratlar rivojlanish xavfini balli baholash orqali sitokin shtorm, septik holat, persistiv yallig‘lanish, tromboz biomarkerlari darajasi bilan tromboprofilaktika rejimini tanlash orasida korrellyasion bog‘liqlik aniqlanganligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida buyruq (16.11.2022 y.; № 26-T) bilan va xalqaro JCI akkreditatsiyasidan o‘tgan «Akfa Medline» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi intensiv terapiya va nevrologiya bo‘limlarida buyruq (28.11.2022 y.; №19-pr) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tromboprofilaktika rejimi yallig‘lanish va tromboz biomarkerlari bilan korrelyasion bog‘liqligi antikoagulyant va antiagregant terapiyasi algoritmini ishlab chiqish uchun imkon berdi, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda nogironlik va o‘limni kamaytirishda ratsional va individual yondashishga imkon berdi. Mazkur algoritm bemorni statsionar davolash bo‘yicha va birlamchi tibbiy yordam shifokorlarning (UASh, nevropatolog) ish yukini kamaytirishga ham imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: og‘ir COVID-19ga chalingan bemorlarda kasalxonada davolanish muddatini qisqartirish samaradorligini hisoblashda, tromboprofilaktika algoritmi qo‘llangan guruh va standart davo-diagnostik usullari qo‘llanilgan guruh o‘rtasida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning o‘rtacha yotoq kunlari sonida sezilarli farqining mavjudligi aniqlangan. Tadqiqot o‘tkazilagan klinikada tavsiya etilgan algoritm bo‘yicha tromboprofilaktika qo‘llanilgan bemorlarda tromboprofilaktika algoritmidan foydalanilmagan bemorlarga nisbatan o‘rtacha 3,43 yotoq kunini tejash hisobiga yallig‘lanish va tromboz markerlarini o‘rganish uchun ajratilgan mablag‘lar tejaldi. Xulosa: bitta og‘ir kechayotgan COVID-19 holatida taklif qilingan tromboprofilaktika algoritmi statsionar davoni o‘rtacha 3,43 koyko-kunga kamaytiradi va 5 145 000 so‘mni tejaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: yurak qon-tomir komorbid kasalliklari fonida og‘ir COVID-19 serebrovaskulyar asoratlarni rivojlanishini prognozlashda yallig‘lanish markerlarining (prokalsitonin, ferritin va IL-6) anomal darajasi yuqori prognostik ko‘rsatkich ekanligi aniqlanib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida buyruq (16.11.2022 y.; № 26-T) bilan va xalqaro JCI akkreditatsiyasidan o‘tgan «Akfa Medline» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi intensiv terapiya va nevrologiya bo‘limlarida buyruq (28.11.2022 y.; №19-pr) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda gemostaz tizimida, yurak qon-tomir komorbid kasalliklari fonida trombotik asoratlarni erta tashxislash va adekvat antikoagulyant va antiagregant terapiyasi bemorlarning serebrovaskulyar asoratlarni prognozlash va oldini olishga erishilgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish og‘ir kechayotgan koronavirus infeksiyasiga chalingan patsientlarning davolash va profilaktika sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Xarajat-samaradorlik koeffisienti (XSK) quyidagicha ifodalanishi mumkin:XSK = effekt / xarajat= Cyil / Z = 73200000 / 7430000 = 9,85. Bu erda Cyil – amalga oshirish hajmi uchun hisoblangan diagnostika usullarini o‘rtacha yillik tejash qiymati; Z - antikoagulyant va antiagregant profilaktikasi hajmini tanlash uchun diagnostika usulining jami ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirish xarajatlarining narxi. Xulosa:COVID-19 og‘ir kechishida taklif etilayotgan usulning qo‘llanilishi natijasida samara (effekt) xarajatlarga ko‘ra 9,85 barovar afzalligi aniqlangan. Binobarin xar 1 so‘m harajatga 9,85 so‘m harajatlari tejalishi kutiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 og‘ir kechishida yurak-qon tomir komorbid holatlari, koagulyasiya va yallig‘lanish markerlari tromboprofilaktika o‘tkazilgan bemorlarda serebrovaskulyar asoratlar rivojlanishining mutlaq va nisbiy xavfi aniqlash asosida takomillashtirilib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida buyruq (16.11.2022 y.; № 26-T) bilan va xalqaro JCI akkreditatsiyasidan o‘tgan «Akfa Medline» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi intensiv terapiya va nevrologiya bo‘limlarida buyruq (28.11.2022 y.; №19-pr) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gospitalizatsiya qilingan SARS-Cov-2 ijobiy natijali bemorlarni olib borishda diagnostika, profilaktika va prognostik chora-tadbirlarini takomillashtirish, COVID-19ning o‘tkir va erta reabilitatsion davrida o‘lim darajasini kamaytirishga erishilgan. Shuningdek, erta reabilitatsion davrda serebrovaskulyar asoratlar rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlar orasida 54,4%ga kasallikdan keyingi reabilitatsiyasiga e’tibor qaratilgan, COVID-19 og‘ir kechgan 91,9% bemorlarning hayot sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sitokin shtorm, septik holat, persistiv yallig‘lanish markerlari va gemostaz tizimidagi o‘zgarishlarni tez, kam xarajat va samarali tekshiruv usullaridan foydalanish hisobiga trombotik asoratlarni barvaqt aniqlash, COVID-19 og‘ir kechishida kuzatilishi mumkin bo‘lgan serebrovaskulyar asoratlarning oldini olish orqali ko‘p xarajatli va qo‘shimcha vaqt talab qiluvchi tekshiruv va davolash usullarini qo‘llash sarf xarajatlarni kamaytiradi: D-Dimer, trombotsitlar soni va fibrinogen kuzatilgan barcha bemorlarda aniqlandi, ferritin 41,7% bemorda, IL-6 17,1% bemorda aniqlanib, bu o‘z navbatida davolash samaradorligini 80,48% dan 98,65% ga oshirgan. Xulosa: koronavirus infeksiyasi o‘tkir va erta reabilitatsion davrlarida COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 118000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.