Irmuxamedov Temur Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Serebral-gemodinamik buzilishlari bilan kechadigan paranoid shizofreniyaning klinik-psixopatologik aspektlari», 14.00.18 - Psixiatriya va narkologiya, 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib275.
Ilmiy rahbarlar: Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulugbek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nazarova Janna Avzarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hamroh serebrovaskulyar buzilishlari bor paranoid shizofreniya bilan kasallangan bemorlarda klinik-psixopatologik jihatlarini o‘rganish va terapevtik yondashuvni optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paranoid shizofreniya bilan og‘rigan hamroh serebral-gemodinamik buzilishlari bor bemorlarda neyrokognitiv pul etishmovchiligi xisobiga rivojlangan semantik hotira buzilishi aniklangan;
hamroh serebral-gemodinamik buzilishlari bor paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda psixopatologik buzilishlar vektori defisitar belgilar tomoniga siljishi aniqlangan;
hamroh serebral-gemodinamik buzilishlari bor paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda apatiya va abuliya sababli ijtimoiy adaptatsiyaning orkaga kaytmas buzilishi aniqlangan;
bosh miya-gemodinamik kasalliklar fonida paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilish terapiyasi antioksidantlar (etilmetilgidroksipiridin) kullash bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 25 maydagi 03/33-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bosh miya serebral gemodinamik buzilishlari bo‘lgan paranoid shizofreniya kasallangan bemorlarda kuzatiladigan ijtimoiy faoliyati izdan chiqishi, hayot sifatini yomonlashishi, emotsional intellektning susayishi bilan bog‘liq muammolar asosida kognitiv spektr buzilishlari sabab ekanligi isbotlangan. Bosh miya serebral gemodinamik buzilishlari bo‘lgan paranoid shizofreniya kasallangan bemorlarda kognitiv funksiyalarini baholash uchun kullaniladigan so‘rovnoma moslashtirib va bu so‘rovnoma asosida kognitiv buzilishlarni erta tashhisini amalga oshirilgan. Neyrokognitiv sohaning disfunksiyasini erta aniqlash aniqlash uchun terapevtik chora-tadbirlarini shahsiylashtirishga imkon beradi, shuningdek, ijtimoiy faoliyatini yahshilash uchun qaratilgan terapevtik usullar doirasini kegaytirishga imkon beradi. Bemorlar uchun ishlab chiqilgan neyrokognitiv so‘rovnomaning mavjudligi, shuningdek, qupol negativ psixopatologik buzilishlarini oldini olish uchun, bemorlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksidagi muammolarni hal qilishda tizimli yondashuvni amalga oshirishga imkon beradi. Tibbiy yordam va kasalxonaga yotkazishga ehtiyojining ishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: neyrokognitiv buzilishlarni diagnostika jarayonini optimallashtirish va diagnostika tadbirlarni o‘tkazish vaqtini qisqartirish, davolash samaradorligi va asoratlarning sonini kamaytirishda natija berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: 1) paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlarni baholash uchun moslashtirilgan testlarni joriy etish neyrokognitiv buzilishlarni erta tashhislashga yordam beradi. Kognitiv sohaning disfunksiyasini erta aniqlash terapevtik tadbirlari shahsiylashtirishga imkon beradi, shuningdek, ijtimoiy faoliyatini yaxshilashga qaratilgan terapevtik usullar doirasini kengaytirishga imkon beradi; 2) bemorlar uchun ishlab chiqilgan neyrokognitiv so‘rovnomaning mavjudligi, shuningdek, chuqur salbiy psixopatologik uzgarishlarni oldini olish chora-tadbirlarini optimallashtirnishga, yani bemorlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksidagi muammolarni hal qilishda tizimli yondashuvni amalga oshirishga imkon beradi va natijada tibbiy yordamdan foydalanishi va kasalxonaga yotqizishga bo‘lgan ehtiyoj qamaydi. Hulosa: iqtisodiy samaradorligi tibbiyot muolajalaridan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 164 ming so‘mga moslashtirilgan so‘rovnomani joriy etish hisobiga harajatlarini kamaytirishda namoyon bo‘ldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: hamroh serebral-gemodinamik buzilishlari bor paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda psixopatologik rasmini tahlil qilish natijasida shuni kursatadiki, ushbu guruhdagi bemorlarda etishmovchillik belgilari sezilarli darajada yuqori bo‘lgan. DE 1(BSI2 ) va DE 2(BSI 2) bo‘lgan bemorlarda anergiya va fikrlash buzilishlari kabi ko‘rsatkichlar sezilarli darajada chuqur salbiy o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: hamroh serebral-gemodinamik buzilishlari bor paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda neyrokognitiv o‘zgarishlarini baholash uchun moslashtirilgan so‘rovnoma ishlab chiqishi va undan foydalanish natijasida ularni o‘z vaqtida davolash imkonini berdi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy faoliyatini yahshilash yordam beradi va iqtisodiy samaradorligining ta’rifi to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan kasalxonada har bir bemorga to‘lanadigan xarajatlarni hisoblashga asoslanadi. Bir bemorga mutlaq davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan shifoxonaning yillik iqtisodiy samaradorligining kuniga yotoqlar sonining 39% qisqartirish va yiliga o‘rtacha 2,8 martagacha kasalxonaga yotqizilganlarning kamayishiga namoyon buladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: hamroh serebral-gemodinamik buzilishlari bor paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda ijtimoiy intellektning ko‘p mezonlarni baholash uchun taklif qilingan so‘rovnomadan foydalanishning iqtisodiy samaradorligining ustunvorligini shifohona sharoitida harajatlarni tejashan (to‘shak/kun) remissiya sifatini yahshilashga va shifohonaga yotkazish fenomenini kamaytirishga erishdik. Shunday qilib, ambulator psixiatriya hizmati sharoitida kuniga 1193,9 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin bo‘ldi. Bu esa sog‘liqni saqlash muassasalarining yarim yillik va bir yillik iqtisodiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirdi. Hulosa: so‘rovnomaga kiritilgan jalb qilingan resurslardan maksimal darajada samarali foydalangan holda tibbiy yordam ko‘rsatish harajatlarini kamaytirish hisobiga psixiatriya shifohonasiga zimmasiga tushadigan muhim iqtisodiy mablag‘larini kamaytirish uchun samaradorlikni 29825,0 so‘mga kamaytirish har bir bemor uchun iimkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: hamroh serebral-gemodinamik buzilishlari bor paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda bosh miyada serebral-gemodinamik buzilishlari bilan birga keladigan “vizual-konstruktiv praksis”, “semantik hotira” kabi neyrokognitiv buzilishlarida ko‘rsatkichlarining o‘lchovli hususiyatlarida HSA, BSA VA PA reaktivligi bilan bog‘liqligini aniqlandi. Dissirkulyator ensefalopatiyaning turiga qarab noyob neyrokognitiv profilni urgansh va individual ravishda kognitiv funksiyalarni tiklash maqsadida terapevtik chora-tadbirlarni shahsiylashtirish uchun yordam beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: urganib chiqilgan bemorlar guruhi bo‘yicha salbiy ko‘rsatkichlar shuni kursatadiki, asosiy guruhdagi bemorlar o‘rtasida “affektiv tekislanishi”, “hissiy qashqoqligi” kabi indikatorlar 46,3% va ularning ballar 6,3 va 7,2 tashkil qildi. Bu kursatkichlar o‘z navbatida “SANS” va “SAPS” shkalasi bo‘yicha yuqori ballni tashqil etdi. Asosiy guruhdagi bemorlar orasida “apatik” va “irodasizlik” kursatkichlarning intensivligi yoki zo‘ravonligi baland ball bilan tavsiflandi va ushbu guruhdagi bemorlarning 62,3% teng bo‘ldi. Nazorat guruhidagi bemorlarnig 53,2% huddi shunday ko‘rsatkichni tashkil qildi. Fikrlashning “Abstraksiya buzilishi” ko‘rsatkichi 69,5% tashkil qildi va asosiy guruhdagi bemorlarga nisbatan yuqori bo‘ldi. Boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha sezilarli farqlar kuzatilmadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: anketa-so‘rovnomada qo‘yilgan mablag‘lardan maksimal darajada foydalanish bilan tibbiy yordam ko‘rsatish va harajatlarini kamaytirish, oldini olish muolajalari darajasini pasaytirish va psixiatriya shifohonalariga sezilarli iqtisodiy mablag‘larni kamaytirish imkonini beradi. Klinik remissiyaning sifatiy kursatkichini 24 kun davomida yotoq/kunlar soniga nisbatan qisqaradi va iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Shuningdek, har bir bemor uchun 29825,0 so‘mga arzonlashadi. Hulosa: anketa-so‘rovnomaga kiritilgan resurslardan maksimal darajada samarali foydalangan holda tibbiy yordam kursatish va harajatlarini kamaytirish hisobiga psixiatriya shifohonalari zimmasiga tushadigan muhim iqtisodiy samaradorlikni 29825,0 so‘mga kamaytirish har bir bemor uchun iimkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bosh miya serebral gemodinamik buzilishlari bo‘lgan paranoid shizofreniya kasallangan bemorlarda bemorlarda ijtimoiy faoliyat darajasining pasayishi (empatiya, hatti-xarakatlarning o‘zgarishlari, kognitiv elementlari) sezilarli darajasida qayd etildi va natijasida reabilitatsiya potensialining pasayishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eshitish-nutq xotirasi kabi neyrokognitiv spektrning ko‘rsatkichlariga sezilarli statistik o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatdi, bu erda o‘rtacha ko‘rsatkich 9,36+/- 4,2 ishonchlilik (r<0,05), dastlabki tekshiruvda 7,06+/-2,34, ishchi hotira ko‘rsatkichidagi o‘zgarishlar, o‘rtacha qiymat 4,23 +/-2,03, ahamiyatlilik (r<0,001) edi. Antioksidant terapiya yordamida bir vaqtning o‘zida bosh miyada gemodinamik o‘zgarishlari bo‘lgan paranoid shizofreniya bilan kasallangan bemorlarning klinik psixometrik ko‘rsatkichlarida statistik jihatdan sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi, biroq ayni paytda hotira jarayonlari va e’tibor funksiyalarida buzilishi ta’sir qiladi va uning samaradorligini statistik jihatdan sezilarli darajada yaxshilaydi. Shuningdek, bosh miyanig ishemik sohalarida mikrotsirkulyasiya jarayoningi yaxshilash muhim chora-tadbir hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: hamroh serebral-gemodinamik buzilishlari bor paranoid shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda kognitiv buzilishlarni baholash uchun ishlab chiqilgan va moslashtirilgan anketa - so‘rovnomadan foydalanish natijasida kasallikning dastlabki bosqichlarida kognitiv buzilishlarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida davollash imkonini beradi. Ushbu mahsus anketa - so‘rovnoma bemorlarnig bosh miyada serebral-gemodinamik bor buzilishlari uchun ishlab chiqildi. Nevrologik va ruhiy patologiya bor bemorlarda ijtimoiy faoliyatni saqlash uchun yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlikning ta’rifi to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan kasalxonada har bir bemorga to‘lanadigan xarajatlarni hisoblashga asoslanadi. Kasalxonaga yotqizilganlar soni (3,9). Taklif etilayotgan so‘rovnomaning iqtisodiy samaradorligi (kuniga yotoqlar sonining 39% ga qisqarishi va yiliga o‘rtacha 2,8 martagacha kasalxonaga yotqizilganlarning kamayishini) tashkil qiladi. Hulosa: iqtisodiy samara tibbiy muolajalaridan moslashtirilgan so‘rovnomani joriy etish hisobiga 164 ming so‘mga xarajatlarini kamaytirishga namoyon bo‘ldi.