Nazarov Jamshid Rajabboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik tovon sindromida oyoqlarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2902.
Ilmiy rahbar: Bafoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Mamur Mustafoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shhegalev Aleksandr Andreevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endovaskulyar aralashuvlarni hisobga olgan holda davolashning differensial yondashuv usuli orqali diabetik tovon sindromida pastki muchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diabetik tovon sindromida pastki muchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashning an’anaviy usulining kamchiliklari o‘rganilgan;
diabetik tovon sindromi fonida pastki muchalarning kritik ishemiyasida oyoqlarning zararlangan arterial qon tomirlarining shikastlanish darajasi va lokalizatsiyasini hisobga olgan holda bemorlarni tashhislash va davolashda angiografik aralashuvlarning o‘rni va roli o‘rganilgan;
diabetik tovon sindromi fonida pastki muchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda muchalarning amputatsiyasi sonini kamaytirish pozisiyasidan davolashning miniinvaziv usullarini tanlash imkoniyatini aniqlangan;
tadqiqotning olingan natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida diabetik tovon sindromi fonida pastki muchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasining optimal algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 10 iyundagi №23-z/036 son xulosasiga ko‘ra:
diabetik tovon sindromida pastki muchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashning an’anaviy usulining kamchiliklarini o‘rganish, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqilishiga zamin yaratgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (12.12.2022 y.; №5/2), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.12.2022 y.; №8/3) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.12.2022 y.; №9/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida diabetik tovon sindromi bilan oyoqlar kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashning an’anaviy usuli natijalari o‘rganilishi vujudga kelishi mumkin asoratlarni oqibatini oldini olish usullarini takomillashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik tovon sindromi fonida oyoqlarning kritik ishemiyasi uchun oyoq tomirlarining 3 pog‘onaga shartli ravishda ajratilgan endovaskulyar aralashuvlardan tizimli foydalanish, oyoqlarning kritik ishemiyasini davolashda, kelajakda ko‘p xarajatni talab qiladigan tekshiruv va terapevtik tadbirlarni o‘tkazishni zaruriyatini imkon bergan. Xulosa: diabetik tovon sindromi fonida oyoqlarning kritik ishemiyasi uchun oyoq tomirlarining 3 pog‘onaga shartli ravishda ajratilgan holda endovaskulyar aralashuvlardan tizimli foydalanish usuli hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 900 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 750 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Diabetik tovon sindromida oyoqlarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 6 martdagi 04/1474-son xat yuborilgan. Ilmiy yangilikning mohiyati: diabetik tovon sindromi fonida pastki muchalarning kritik ishemiyasida pastki muchalarning zararlangan arterial qon tomirlarining shikastlanish darajasi va lokalizatsiyasini hisobga olgan holda bemorlarni tashhislash va davolashda angiografik aralashuvlarning o‘rni va roli o‘rganilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: oyoqlarning kritik ishemiyasi bilan diabetik tovon sindromi bo‘lgan bemorlarni davolashda rentgenendovaskulyar diagnostika usulini hisobga olgan holda jarrohlik taktikasiga differensial yondashish ushbu toifadagi bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga yordam berib, statsionarda davolanish kunlarining o‘rtacha davomiyligi 14±2,5 dan 8±1,8 kungacha, o‘lim darajasini 6,1% dan 2,1% gacha kamayishiga olib kelish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (12.12.2022 y.; №5/2), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.12.2022 y.; №8/3) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.12.2022 y.; №9/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: oyoqlarning kritik ishemiyasi bilan diabetik tovon sindromi bo‘lgan bemorlarni davolashda rentgenendovaskulyar diagnostika usulini qo‘llab va qo‘llamasdan davolashni o‘tqazilishi natijalarining qiyosiy tahlili, davolash usulining maqbul algoritmi ishlab chiqilishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik tovon sindromi fonida pastki muchalarning kritik ishemiyasida zararlangan arterial qon tomirlarining shikastlanish darajasi va lokalizatsiyasini hisobga olgan holda bemorlarni tashhislash va davolashda angiografik aralashuvlardan foydalanish bemorlarni chuqur nogironlikga olib keluvchi operatsiyalar sonini keskin kamayishiga zamin yaratish imkonini bergan. Xulosa: oyoqlarning kritik ishemiyasi bilan diabetik tovon sindromi bo‘lgan bemorlarni davolashda rentgenendovaskulyar jarrohlik muolajalaridan foydalanishning joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 390 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Diabetik tovon sindromida oyoqlarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 6 martdagi 04/1474-son xat yuborilgan.
oyoqlarning kritik ishemiyasi bilan diabetik tovon sindromi bo‘lgan bemorlarni davolashda oyoqlarning kritik ishemiyasining og‘ir darajasida, diabetik tovon sindromi fonida oyoq tomirlarida bajariladigan angiografik tekshiruv va endovaskulyar aralashuvlardan 4- 5 sutkadan so‘ng ko‘rsatmaga asosan radikal operatsiyalarning bajarilishi, son sohasidagi amputatsiyani 1,5% dan nolga, tovon amputatsiyasini 21,2% dan 19,1% gacha, qayta amputatsiyani 4,5% dan nolgacha kamaytirishga ko‘maklashgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (12.12.2022 y.; №5/2), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.12.2022 y.; №8/3) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.12.2022 y.; №9/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: endovaskulyar tashhisotdan foydalanish va endovaskulyar aralashuvlardan 4-5 sutkada radikal operatsiyalarni qo‘llash, pastki muchalarning yuqori amputatsiyalarini kamaytirib, muchalrning pastki hamda kichik amputatsiyalari bilan cheklangan holda, bemorlarning hayot sifati yaxshilanishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik tovon sindromi fonida pastki muchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasining optimal algoritmidan foydalanish bemorning shifoxonada davolanish muddatini 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 900 000 so‘mga kamaytirdi (BVKTTMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 180 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: taklif qilingan diabetik tovon sindromi fonida pastki muchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasining optimal algoritmining amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 900 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 180 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Diabetik tovon sindromida oyoqlarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 6 martdagi 04/1474-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati oyoqlarning kritik ishemiyasi bilan diabetik tovon sindromi bo‘lgan bemorlarni davolashda rentgenendovaskulyar jarrohlik muolajalaridan foydalanishda taklif qilingan optimal algoritmni qo‘llash (sirolimus qoplamali ballon orqali tomirlarning balonli dilatatsiyasi, son arteriyasi balonli angioplatikasidan keyingi saqlangan 40-50% li rezidual stenoz holatlarida stentlash amaliyotini bajarilishi, oyoqlarning distal arteriyalarida faqatgina ballonli angioplastikadan foydalanish) oyoqlarning boldir qismi amputatsiyalarini 66,6% dan 12,8% gacha kamaytirishga yordam bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (12.12.2022 y.; №5/2), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.12.2022 y.; №8/3) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (15.12.2022 y.; №9/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: endovaskulyar tashhisotdan foydalanish va miniinvaziv jarrohlik aralashuvlar usulini tanlash: tovonning zararlangan distal tomirlari hajmini inobatga olgan holda angioplastika, stentlash va rekanalizatsiya, 4-5 sutkadan so‘ng radikal operatsiyalarning bajarilishi pastki muchalar kritik ishemiyasining og‘ir darajalarida bemorlarni nogironlikga uchrash foizini keskin kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik tovon sindromi fonida pastki muchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasining optimal algoritmidan foydalanish bemorning shifoxonada davolanish muddatini 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 900 000 so‘mga kamaytirdi (BVKTTMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 180 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: taklif qilingan diabetik tovon sindromi fonida pastki muchalarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasining optimal algoritmining amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 900 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 180 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Diabetik tovon sindromida oyoqlarning kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 6 martdagi 04/1474-son xat yuborilgan.