Abruev Akmal Ismailovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agroservisni rivojlantirish asosida qoramolchilik mahsulotlarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish”, 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt13.
Ilmiy rahbar: Murtazaev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Kulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor: Hakimov Abdurashid Hamdamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agroservis tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish asosida qoramolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doir ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorvachilik kompleksida qoramolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarga asoslangan klaster tizimi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
qoramolchilik klasterining tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tizimida pirovard natijani (sof foyda) butun ishlab chiqarish bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlangan;
stoxastik chiziqli model yordamida qoramolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligiga servis xizmatlarining ta’sir darajasi aniqlangan;
Samarqand viloyatining qoramolchilik fermer xo‘jaliklarida servis tizimini rivojlantirish asosida sut va go‘sht ishlab chiqarishni bashoratlash va rejalashtirish imkoniyatlari ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agroservisni rivojlantirish asosida qoramolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
chorvachilik kompleksida qoramolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan klaster shaklini tizimlashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 9 fevraldagi 02/12-96-son ma’lumotnomasi) amaliyotga joriy etilgan. Klaster shakli qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga keng joriy etilishi hisobidan ichki va tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotimizni raqobatbardoshligini ta’minlash, ko‘rsatilayotgan servis tarkibini, eng avvalo ularning zamonaviy yuqori texnologik turlarini olib kirish va ular hisobiga xizmatlar turini tubdan takomillashtirish imkoniyatini bergan;
qoramolchilikda xo‘jalik yuritish klasterining tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tizimida pirovard ko‘rsatkich hisoblangan sof foydaning butun ishlab chiqarish bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanish mexanizmi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 9 fevraldagi 02/12-96-son ma’lumotnomasi) amaliyotga joriy etilgan. Qoramolchilik xo‘jaliklari klaster faoliyatida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, jumladan sof foydani qayta taqsimlash munosabatlari mexanizmini takomillashtirish hisobiga dotatsion sohadan donor sohaga aylangan, rentabellik ko‘rsatkichi 29,2 foizni tashkil etgan;
fermer xo‘jaliklarida qoramolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan, shuningdek samarasiz faoliyat ko‘rsatgan deb topilgan xo‘jaliklarga ta’sir ko‘rsatuvchi servis tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 31 avgustdagi 02/12-441-son ma’lumotnoma) amaliyotga joriy etilgan. Tadqiqotlardagi past va o‘rta guruhlarga tegishli fermer xo‘jaliklarida poda tarkibi va undagi naslli qoramollarni ko‘paytirish, servis tizimini joylarda samarali tashkil etish asosida ishlab chiqarish quvvatini 30,8 foizga oshirish yoki o‘rtacha bir shartli qoramol bosh hisobiga past va o‘rta guruhlarda foydani 192 ming va 211 ming so‘m, yoki past va o‘rta guruhlardagi fermer xo‘jaliklarida mos ravishda 424,5 million va 301,7 million so‘mga oshirish imkoniyatini yaratgan;
Samarqand viloyatining qoramolchilik fermer xo‘jaliklarida servis tizimini rivojlantirish asosida sut va go‘sht ishlab chiqarishni bashoratlash va rejalashtirish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 31 avgustdagi 02/12-441-son ma’lumotnomasi) amaliyotga joriy qilingan. Veterinariya xizmatlarini (veterinariya ko‘chma xizmatlarini tashkil etish) o‘z vaqtida va sifatli etkazish hisobiga xo‘jaliklarda sut etishtirish hajmini 2,1 million so‘mga va go‘sht etishtirishni 6,4 million so‘mga ko‘payishi hamda 100 ShQB hisobiga em-xashak ta’minoti xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish, ozuqa ratsionini qoramollar zoti, vazni, yo‘nalishiga qarab oziqlantirilishi hamda ozuqaga vitamin qo‘shimchalarini qo‘shib berish hisobiga qoramolchilikda go‘sht etishtirishni 13,4 million so‘mga oshirish imkonini bergan;
chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun “Qoramolchilikda servis tizimini kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar” nomli tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 31 avgustdagi 02/12-441-son ma’lumotnomasi) amaliyotga joriy etilgan. Mazkur tavsiyanoma mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan agroservis korxonalari, qoramolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan dehqon, fermer va tomorqa er egalari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi talaba, magistrlar tomonidan o‘quv jarayonida qo‘llanilgan.