Mizamov Furkat Ochilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozi residivining profilaktikasida xirurgik davolash usullari va ximioterapiyani takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. PhD /Tib2901.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafarjon, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori; Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: A.V. Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiyot ilmiy xirurgiya markazi Federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar exinokokkozi residivining profilaktikasida xirurgik davolash usullari va ximioterapiyani takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jigar exinokokkozi qaytalanishining asosiy sababi qo‘shimcha ravishda jigarning diffuz shikastlanishi fonida operatsiyadan keyingi davrda al`bendazolning toksik ta’siri tufayli bemorlarning ximioterapiyadan voz kechishi ekanligi aniqlangan;
tajribada jigarning makroskopik aniqlangan kistasidan uzoqroqda katta kista olib tashlangandan keyin o‘sishi mumkin bo‘lgan mikroskopik embrion sistalar aniqlanishi fibroz kapsulaga antiparazitar ishlov berilganligiga qaramasdan operatsiyadan keyingi davrda ximioterapiya o‘tkazish zarurligi asoslangan; 
2 hafta davomida tana vazniga nisbatan kuniga 10-15 mg dozada va 3 hafta davomida tana vazniga nisbatan 5-7 mg dozada albendazol bilan ximioterapiya o‘tkazilganda parazitning embrion sistasi atrofida proliferativ-produktiv hujayrali reaksiyalarni kuchaytiradi, bu esa exinokokk skolekslarining o‘sishini to‘xtatib ularning o‘limiga olib kelishi isbotlangan;
jigarning qo‘shimcha surunkali diffuz patologiyasi mavjud bemorlarda jigar exinokokkozi qaytalanishining profilaktikasi maqsadida sutka davomida tana vazniga nisbatan albendazolning 5-7 mg dozada (28 kunga, kurslararo 14 kunlik tanaffus bilan 4 kursga) korreksiya qilinishining  klinik jihatdan samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar exinokokkozi residivning profilaktikasida xirurgik davolash usullari va ximioterapiyani takomillashtirishni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi:  borasida “Jigar exinokokkozi diagnostikasi va xirurgik davolash” (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yilning 24 oktyabrida №8 n-r/1175 ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi kasallikning kompleks tashxislash,  davolash va profilaktik  tadbirlarni qo‘llash  kasallikning qaytalanishi va opreatsiyadan so‘ngi asoratlarni hamda bemorlarning to‘shakdagi bo‘lishini kamaytirish imkonini bergan.  
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari   Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 26 maydagi 11-sonli xulosasiga ko‘ra: jigar exinokokkozi qaytalanishining asosiy sababi qo‘shimcha ravishda jigarning diffuz shikastlanishi fonida operatsiyadan keyingi davrda al`bendazolning toksik ta’siri tufayli bemorlarning ximioterapiyadan voz kechishi ekanligi aniqlangan, jigarning surunkali diffuz kasalliklari bilan bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda jigar exinokokkozi qaytalanishi profilaktikasi borasida tavsiya etilgan profilaktik dozaning samaradorligi isbotlanganligi, jigar exinokokkozini zamonaviy nuqtai nazardan xirurgik davolash va faktorli baholashga asoslangan davolash-diagnostik tadbirlarining optimal algoritmi tavsiya etilganligi, klinik-laborator ko‘rsatkichlarga ko‘ra al`bendazol bilan ximioterapiya paytida nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanish ehtimoli jigarning surunkali diffuz patologiyasi bo‘lgan bemorlarda preparatning toksik ta’siri bilan bog‘liqligi isbotlanganligi, operatsiyadan keyingi davrda xirurgik taktika va ximioterapiyani optimallashtirish davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlangan. Jigar exinokokkozi bilan bemorlar diagnostikasi va xirurgik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand Davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha №3 sonli 07.01.2022 yildagi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha №24 sonli 03.01.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy  etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish jigar exinokokkozi diagnostikasi, xirurgik davo va ximioterapiya kursini  optimallashtirish bemorlarda kasallikning qaytalanishini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) jigar exinokokkozi diagnostikasi va davolashni turli toifadagi davolash profilaktika muassasalarida tashxislash va davolash uchun qo‘llash mumkinligi, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan. 2) jigarning surunkali diffuz kasalliklari bilan bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda jigar exinokokkozi qaytalanishi profilaktikasi borasida tavsiya etilgan profilaktik dozaning samaradorligi, operatsiyadan keyingi davrda tavsiya etilgan xirurgik taktika va ximioterapiyani turli toifadagi davolash profilaktika muassasalarida qo‘llash mumkinligi, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlashni shart emasligi hisobiga  iqtisod qilishga erishilgan. Har bir bemor hisobida byudjet mablag‘larini 1246000 so‘mga kamaytirishga erishilgan. Xulosa: jigar exinokokkozida operativ aralashuv yo‘lini tanlashda kompleks yondashuv, qoldiqli bo‘shliqqa ishlov berish, uni bartaraf etish va profilaktik ximioterapiyaga kompleks yondashuv orqali hamda jigar exinokokkozi qaytalanishiga olib keluvchi asosiy faktor operatsiyadan keyingi ximioterapiyaning adekvat kursining yo‘qligi hisoblanishi, jigar exinokokkozi bilan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashda standart ximioterapiya kursi yoki bemorlarda jigarning qo‘shimcha surunkali diffuz patologiyasi bo‘lgan hollarda uning korreksiya qilingan kursini o‘tkazish orqali erishish ishlab chiqilgan va asoratlar va kasallik qaytalanishi kamayishiga olib kelishi byudjet mablag‘larini 1246000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 840 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.   
Ilmiy yangilikning ahamiyati: tajribada jigarning makroskopik aniqlangan kistasidan uzoqroqda katta kista olib tashlangandan keyin o‘sishi mumkin bo‘lgan mikroskopik embrion sistalar aniqlanishi fibroz kapsulaga antiparazitar ishlov berilganligiga qaramasdan operatsiyadan keyingi davrda ximioterapiya o‘tkazish zarurligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Al`bendazolni tana vazniga nisbatan kuniga 10-15 mg dozada qo‘llanilganda parazitning embrion sistasi atrofida proliferativ-produktiv hujayrali reaksiyasini ko‘chaytiruvchi  ta’siri  2 hafta mobaynida, qachonkim tana vazniga nisbatan kuniga  5-7 mgdan qo‘llanilganda esa kuzatuvning 3-chi haftasida samarali ta’siri kuzatildi, al`bendazolning ushbu tavsiya etilgan dozasi qo‘llanilganda kuzatilishi mumkin bo‘lgan toksik reaksiyani  (jigarning diffuz kasalliklarida) uzaytirilgan kursli davolash orqali korreksiya qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taqqoslash guruhida kasallikning qaytalanishi 18,6% ni (kasallikning qaytalanishi 252 bemorning 47 tasida qayd etilgan) tashkil etgan bo‘lsa, asosiy guruhda ushbu ko‘rsatgich 2,6% ni tashkil (189 bemorning 5 tasida kasallikning qaytalanishi qayd etilgan) etgan va ushbu bemorlarda kasllikning qaytalanishi sababi jigarning surunkali diffuz patologiyasi fonida preaparatning nojo‘ya ta’siri tufayli ro‘y bergan, ushbu kategoriyadagi bemorlarda kompleks davolash bilan birgalikda ximioterapiyaning tavsiya etilgan dozasi bilan natijasida kasallikning qaytalanishi sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. Bemorlarni shifoxonada yotish muddatini 2 martaga qisqargan (Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasining preyskuranti bo‘yicha bir kunlik qolish 160000 – 196000 so‘mni tashkil qiladi), shifoxonada davolanish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilib byudjetdan tashqari mablag‘larni 450 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: jigar exinokokkozining qaytalanishi profilaktikasida  tajribada jigarning makroskopik aniqlangan kistasidan uzoqroqda katta kista olib tashlangandan keyin o‘sishi mumkin bo‘lgan mikroskopik embrion sistalar aniqlanishi fibroz kapsulaga antiparazitar ishlov berilganligiga qaramasdan operatsiyadan keyingi davrda ximioterapiya o‘tkazish zarurligini ko‘rsatgan. Shu munosabat bilan residiv sababi aniqlanib, jigarning qo‘shimcha surunkali kasalligi mavjud bemorlarda ximioterapiya kursini qiyosiy yondashuv kursi qo‘llanilib kasallik residivi 18,6% dan 2,6% gacha kamaytirishga erishilgan.  
Jigar exinokokkozi bilan bemorlar diagnostikasi va xirurgik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand Davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha №3 sonli 07.01.2022 yildagi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha №24 sonli 03.01.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy  etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) jigarning surunkali diffuz patologiyalari  aniqlangan bemorlarda ximioterapiyaning standart sxemasi bo‘yicha davolash ushbu kategoriyadagi bemorlarda davolash natijasida ximiopreparatni nojo‘ya ta’siri rivojlanishiga olib kelgan va bu holat bemorlarning ximioterapiyadan voz kechishiga hamda kasallik qaytalanishining rivojlanishiga sabab bo‘lgan. 2) ushbu patologiya bilan bemorlarga qiyosiy yondashuv natijasida, ya’ni jigarning surunkali diffuz patologiyasi bo‘lgan bemorlarda jigar exinokokkozi qaytalanishini oldini olish uchun tavsiya etilgan, tana vazniga nisbatan kuniga 5-7 mg dozada korreksiya qilingan kursni 28 kundan 4 kursga va kurslar oralig‘i 14 kundan tanaffus bilan uzaytirilgan va al`bendazolning ushbu kursini  samaradorligi klinik jihatdan  tasdiqlangan va ijobiy natijalar berib bemorlarning hayot va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi  jigar exinokokkozi bilan bemorlarni kompleks xirurgik davolashda ximioterapiya kursini optimallashtirish orqali yopiq exinokokkektomiyadan ustuvor foydalanish operatsiyadan keyingi asoratlarni  9,9% dan 4,7% gacha va kasallikni qaytalanishini  18,6% dan 2,6% gacha sezilarli darajada kamaytirish orqali davolash natijalarini yaxshilagan  va  operatsiyadan keyingi statsionar davolash muddatini 2 barobarga kamaytirish orqali byudjet mablag‘larini har bir bemor hisobiga 1890000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: jigar exinokokkozi residivi profilaktikasida xirurgik davolash usullari va ximioterapiyani takomillashtirish borasida kompleks diagnostika va davolash chora-tadbirlari ishlab chiqilib  va amaliyotga tadbiq etilishi natijasida operatsiyadan so‘nggi asoratlar va kasallik qaytalanishi va bemorning statsionarda bo‘lish kunlarini kamaytirib byudjet mablag‘larini 1 nafar bemor hisobiga 1 mln 890 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Taklif qilingan usulni klinik amaliyotda  qo‘llash bemorlarni davolash samaradorligini keskin oshirib, ularning qisqa vaqt davomida reabilitatsiyasini hamda ish qobiliyatini tiklanishiga zamin yaratib iqtisodiy samaradorlikni oshishiga olib kelgan.
Jigarning qo‘shimcha surunkali diffuz patologiyasi mavjud bemorlarda jigar exinokokkozi qaytalanishining profilaktikasi maqsadida sutka davomida tana vazniga nisbatan albendazolning 5-7 mg dozada korreksiya qilinishining  klinik jihatdan samaradorligi aniqlangan. Jigar exinokokkozi bilan bemorlar diagnostikasi va xirurgik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand Davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha №3 sonli 07.01.2022 yildagi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha №24 sonli 03.01.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy  etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va  kompleks yondashuvdan foydalanish jigar exinokokkozi qaytalanishini  tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga xizmat qilgan,    jigarning qo‘shimcha surunkali diffuz patologiyasi mavjud bemorlarda jigar exinokokkozi qaytalanishining profilaktikasi borasida taklif etilgan ximioterapiya -  qiyosiy yondashuv maqbul va samaradoligi isbotlangan. Taklif qilingan usulni klinik amaliyotda  qo‘llash bemorlarni davolash samaradorligini keskin oshirib, ularning qisqa vaqt davomida reabilitasiyasini hamda ish qobiliyatini tiklanishiga zamin yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat 1) jigarning surunkali diffuz patologiyasi bo‘lgan bemorlarda jigar exinokokkozi qaytalanishini oldini olish uchun tavsiya etilgan tana vazniga nisbatan kuniga 5-7 mg dozada korreksiya qilingan kursni 28 kundan 4 kursga va kurslar oralig‘i 14 kundan tanaffus bilan uzaytirish albendazol kursining samaradorligi klinik jihatdan  tasdiqlangan; 2) operatsiyadan keyingi asoratlarning sur’ati 2 barobarga, ya’ni  9,9 dan 4,7% gacha kamaygan, bular qoldiq bo‘shliqni yiringlashi, laparotom jarohatni yiringlashi, o‘t yo‘llarini oqmalari va diafragma osti abssesslarining rivojlanishi kabi asoratlardir. Nazorat guruhi bilan solishtirilganda operatsiyadan keyingi statsionar davolash muddati 2 barobarga – 12,2±1,2 dan 6,1±0,3 kungacha kamaygan va byudjet mablag‘larini har bir bemor uchun 1 mln 470 ming so‘mga  va byudjetdan tashqari mablag‘larni 490 ming so‘mga iqtisod  qilish imkonini bergan. Xulosa: jigar exinokokkozi bilan sinchkovlik bilan tajribaviy tadqiqotlar o‘tqazilib tanlanishi bois ushbu bemorlarda kompleks xirurgik davolash samaradorligini oshirish, jigarning surunkali diffuz patologiyasi mavjud bemorlarda ximioterapiyani optimallashtirish, operasiyadan keyingi asoratlar va residivlar sonini va bemorlarni kasalxonada bo‘lish vaqtini kamaytirish orqali amaliyotga joriy qilinishi byudjet mablag‘larini har bir bemor uchun 1 470 000 so‘mga  va byudjetdan tashqari mablag‘larni 490 000 so‘mga iqtisod  qilish imkonini bergan. Mizamov Furkat Ochilovichning «Jigar exinokokkozi residivining profilaktika-sida xirurgik davolash usullari va ximioterapiyani takomillashtirish» ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yilning 24 oktyabrida №8 n-r/1175 xati bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1470000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 490000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish