Abdullaev Sulton Davlat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ma ixtioz kasalligida teri tuzilmalari morfologik va morfometrik o‘zgarishlarining yoshga hamda iqlim sharoitiga bog‘liq jihatlari», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2122.
Ilmiy rahbar: Jumanov Ziyadulla Eshmamatovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Jo‘raeva Gulbaxor Baxshulaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tug‘ma ixtioz kasalligida teri tuzilmalari morfologik va morofmetrik o‘zgarishlarini yoshga va iqlim sharoitiga bog‘liq jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma ixtioz kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlar terisining barcha qavatlaridagi morfologik o‘zgarishlar iqlim sharoitiga bevosita bog‘liq holda kelib chiqishi asoslangan;
tug‘ma ixtioz kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlar terisidagi derma qon tomirlarida to‘liq kengayish va Mal`pigi qavatining tiklanishi tufayli regenerativ o‘zgarishlar yilning kuz mavsumida amalga oshishi aniqlangan;
tug‘ma ixtioz kasalligida balog‘at yoshiga kelib teri tuzilmalarida regenerativ o‘zgarishlar faol davrda va gemodinamikasining mu’tadil holatda bo‘lishi, keyingi yosh davrlarida teri qavatlaridagi regenerativ pasayib borishi, 26-30 yoshlarga kelib atrofik va sklerotik jarayonlar rivojlanishi va bu jarayonlar uzluksiz davom etib borishi aniqlangan;
tug‘ma ixtioz kasalligida yilning turli mavsumlarida va turli yoshda teri tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlar o‘ziga xos turli xarakterga egaligi va bu kasallikni parvarishlash va davolash ishlarida alohida e’tiborga molik ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 14 martdagi 6368-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 9 yanvardagi 5356-sonli xati taqdim etilgan):
tug‘ma ixtioz kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlar terisining barcha qavatlaridagi morfologik o‘zgarishlar iqlim sharoitiga bevosita bog‘liq holda kelib chiqishi asoslanangani Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.01.2023 y.; № 3) hamda Sirdaryo viloyati patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (16.12.2022 y.; № 2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ma ixtioz kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlar terisining barcha qavatlaridagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlashda taklif etilgan teri qavatlarini Veygert bo‘yicha (rezorsin-fuksin bo‘yog‘ida) bo‘yash patologoanatomik tashxis qo‘yish sifatini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) tug‘ma ixtioz kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlar terisining barcha qavatlaridagi morfologik o‘zgarishlar aniqlanishi, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan; 2) tug‘ma ixtioz kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlar tashxisni asoslash nafaqat patologoanatom, balki patogistologlar va onkomorfologlar tomonidan ham aniqlanadi, ya’ni unga boshqa mutaxassislikdagi shifokorlar zaruriyati yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf-xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlashning shart emasligi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: taklif etilgan yondashuv asosida sifatli tashxislash uchun boshqa tekshiruv usullari kerak emasligi isbotlanib, tekshiruv usullarining qisqarishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 65 300 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 11 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
tug‘ma ixtioz kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlar terisidagi derma qon tomirlarida to‘liq kengayish va Mal`pigi qavatining tiklanishi tufayli regenerativ o‘zgarishlar yilning kuz mavsumida amalga oshishi aniqlangani Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.01.2023 y.; № 3) hamda Sirdaryo viloyati patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (16.12.2022 y.; № 2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ma ixtioz kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlar terisidagi derma qon tomirlarida to‘liq kengayish va Mal`pigi qavatining tiklanishi tufayli regenerativ o‘zgarishlar yilning kuz mavsumida amalga oshishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gistologik preparatlarni taklif etilgan gematoksilin-eozin bo‘yash usuli bilan amalga oshirishda boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hamda patologoanatomik xulosalarini berish vaqti 1 kunga qisqarishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: tug‘ma ixtioz kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlar terisidagi derma qon tomirlarida to‘liq kengayish va Mal`pigi qavatining tiklanishi tufayli regenerativ o‘zgarishlarni aniqlashda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 44 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 15 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
tug‘ma ixtioz kasalligida balog‘at yoshiga kelib teri tuzilmalarida regenerativ o‘zgarishlar faol davrda va gemodinamikasining mo‘’tadil holatda bo‘lishi, keyingi yosh davrlarida teri qavatlaridagi regenerativ pasayib borishi, 26-30 yoshlarga kelib atrofik va sklerotik jarayonlar rivojlanishi va bu jarayonlar uzluksiz davom etib borishi aniqlangani Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.01.2023 y.; № 3) hamda Sirdaryo viloyati patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (16.12.2022 y.; № 2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ma ixtioz kasalligida balog‘at yoshiga kelib teri tuzilmalarida regenerativ o‘zgarishlar faol davrda va gemodinamikasining mo‘’tadil holatda bo‘lishi bilan ifodalangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) teri tuzilmalarida regenerativ o‘zgarishlar, atrofik va sklerotik jarayonlar rivojlanishini uzluksiz davom etib borishini aniqlashda Van-gizon usulida bo‘yalgan pereparatlarda amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan; 2) aniq tashxisni asoslashda boshqa bo‘yash usullarining qisqartirilishi hisobiga reaktivlar kam talab etiladi. Xulosa: tug‘ma ixtioz kasalligida teri tuzilmalarida regenerativ o‘zgarishlar, atrofik va sklerotik jarayonlar rivojlanishini uzluksiz davom etib borishni aniqlashda Van-Gizon usulida bo‘yalgan pereparatlarda amalga oshirilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 33 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 22 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
tug‘ma ixtioz kasalligida yilning turli mavsumlarida va turli yoshda teri tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlar o‘ziga xos turli xarakterga egaligi va bu kasallikni parvarishlash va davolash ishlarida alohida e’tiborga molik ekanligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (06.01.2023 y.; № 3) hamda Sirdaryo viloyati patologik anatomiya bo‘limi bo‘yicha (16.12.2022 y.; № 2) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ma ixtioz kasalligida yilning turli mavsumlarida va turli yoshda teri tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlar o‘ziga xos turli xarakterga egaligi va bu kasallikni parvarishlash va davolash ishlarida alohida e’tiborga lozimligi ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ma ixtioz kasalligida teri tuzilmalarining morfometrik ko‘rsatkichlarni aniqlashda taklif etilgan usul boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik, patologoanatomik xulosalarni berish vaqti 1 kunga qisqarish natijasida iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: taklif etgan usul qo‘shimcha jihozlarni talab etmasligi va elektr energiyani tejash natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 64 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 17 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.