Ernazarov Aziz Alibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Transport oqimining boshqaruv funksionalligini kengaytirish orqali ko‘cha yo‘l tarmog‘ining ekologik va yo‘l harakati xavfsizligini oshirish», 05.08.06 - «G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3388
Ilmiy rahbar: Bazarov Baxtier Imamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik institute huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Djumaboev Alijon Bakishevich, texnika fanlari doktori, professor; Azizov Qudratilla Husanovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi Ko‘cha yo‘l tarmog‘ining ekologik va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport oqimining boshqaruvini optimallashtirish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtotransport harakatini simulyasion modellashtirish hamda avtomobillar oqimini kompyuter simulyasiyasi asosida to‘yingan oqimini korreksiya qilish koeffisienti aniqlangan;
magistral ko‘chalarda avtomobil harakatining boshida svetoforda qaysi signal bo‘lishni hisobga olgan holda i svetoforning sikl momentini aniqlash formulasi olingan;
shahar magistral ko‘chalari chorrahalarida transport vositalarining kechikish vaqti koeffisientini transport vositalardan chiqadigan zararli moddalar miqdoriga bog‘liqligi chorrahaning xizmat kursatish darajasiga (LOS-Level of service) bog‘langan xolda aniqlangan;
Kompyuter immitatsion model yordamida magistral ko‘chada svetofor ob’ektlarini sinxronlashtirish asosida transport oqimini siljish parametrlarini fazoviy-vaqt diagrammasi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport oqimini boshqarish funksiyalarini kengaytirish orqali ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining ekologik va yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
magistral ko‘chalarning tartibga solingan chorrahalari svetofor ob’ektlarini sinxronlashtirish usuli Jizzax shahar Transport boshqarmasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 2/5569-son ma’lumotnomasi). Natijada transport vositalarining kechikishini 24% ga, magistral ko‘chaning boshlang‘ich nuqtasidan to oxirigacha bo‘lgan o‘rtacha xarakatlanish vaqti 26% ga kamayishiga imkon yaratilgan;
transport oqimini optimal boshqaruv rejimlaridan foydalanish va tartibga solingan chorrahani sinxronlashtirish orqali transport vositalaridan chiqayotgan zararli moddalar miqdorini aniqlash Jizzax viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022 yil 19 sentyabrdagi 2/5569-son ma’lumotnomasi). Natijada atrof-muhitga chiqayotgan zararli moddalar miqdorini 28%ga kamaytirishga erishilgan.