Ochilov Narzillo Fayzilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1978.
Ilmiy rahbar: Abdulloev Asliddin Junayduloevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Abdurashid Majidovich Qodirov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Timur Uzakbergenovich Nurimbetov, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat zanjirida fermer va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining tutgan o‘rni regression tahlil asosida baholanib, qishloq xo‘jaligining rivojlanish salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanishda kooperatsiyalashuv jarayonlarini chuqurlashtirish tavsiya etilgan;
respublika hududlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish omillari, ularning kadr, resurs ta’minoti samaradorligini va investision jozibadorligini oshirish orqali qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishning “ko‘p darajali maqsadlar” modelidan foydalanish taklifi asoslangan;
“SMART qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirish maqsadida qishloq xo‘jaligida agroklasterlarni tashkil etishning qiyosiy va absolyut ustunliklarga asoslangan “hududiy-innovatsion modeli” taklifi ishlab chiqilgan;
regressiv-korrelyasion tahlillar asosida qishloq xo‘jaliklari mahsulotlari, jumladan, ularning turlari (dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari kesimida) mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan qishloq xo‘jaligida foaliyat yuritish shakllari o‘rtasidagi ichki bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda, 2030-yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar: 
mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat zanjirida fermer va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining tutgan o‘rni regression tahlil asosida baholanib, qishloq xo‘jaligining rivojlanish salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanishda kooperatsiyalashuv jarayonlarini chuqurlashtirish taklifidan mamlakatimiz hududlari qishloq xo‘jaligini isloh etishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 28-sentyabrdagi №05/032-3921-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish asosida fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga erishilgan;
respublika hududlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish omillari, ularning kadr, resurs ta’minoti samaradorligini va investision jozibadorligini oshirish orqali qishloq xo‘jaligi raqobatbardoshligini oshirishning “ko‘p darajali maqsadlar” modelidan foydalanish taklifidan qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi iqtisodiy subektlarning ixtisoslashuvi yo‘nalishlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 28-sentyabrdagi № 05/032-3921-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish asosida respublika viloyatlarida fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuv yo‘nalishlari aniqlangan va ularni yanada chuqurlashtirishga erishilgan;
“SMART qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirish maqsadida qishloq xo‘jaligida agroklasterlarni tashkil etishning qiyosiy va absolyut ustunliklarga asoslangan “hududiy-innovatsion modeli” taklifidan hududlarda fermer xo‘jaliklari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 
28-sentyabrdagi № 05/032-3921-son ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga joriy etish asosida fermer xo‘jaliklarining boshqaruvi liberallashib, investision mablag‘lardan foydalanish imkoniyatlari kengaygan;
regressiv-korrelyasion tahlillar asosida qishloq xo‘jaliklari mahsulotlari, jumladan, ularning turlari (dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari kesimida) mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan qishloq xo‘jaligida foaliyat yuritish shakllari o‘rtasidagi ichki bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda, 2030-yilgacha prognoz parametrlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, shuningdek, qulay agrobiznes muhitini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 
28-sentyabrdagi № 05/032-3921-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish asosida uzoq muddatli istiqbolda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritish shakllarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish