Najimadinov Ravshanbek Dushamboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qishloq mehnat bozorini boshqarishni takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)”, 08.00.13–“Menejment”, 08.00.10–“Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” ixtisosliklari bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2649.
Ilmiy rahbari: Xolmo‘minov Shayzoq Raxmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamarasulov Fazliddin Umarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq mehnat bozorini boshqarishni takomillashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqish asosida qishloq aholisining ish bilan bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan amaliy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq mehnat bozorini tartibga solish jarayonlari ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qisqa, o’rta va uzoq muddatli tavsifdagi omillarning ta’sirini yaxlit holda namoyon etuvchi ko’rsatkichlarni tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
aholini ish bilan ta’minlash hamda kelgusida yaratiladigan ish o’rinlarini hududlar bo’yicha kutiladigan demografik bosimga mutanosib holda tashkil etish asosida qishloq mehnat bozorini boshqarishni takomillashtirish asoslangan;
hududiy mehnat bozorini tartibga solishda yangi ish joylarini tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash dasturlari parametlarini ishchi kuchi migratsiyasi hamda bandlik infratuzilmasi obektlari faoliyatini muvofiqlashtirish natijalarini hisobga olgan holda aniqlashtirish asosida takomillashtirish taklifi asoslangan;
hududiy mehnat bozorini o’zgarish tendensiyalarini tahlil qilish asosida Toshkent viloyatida qishloq mehnat bozorining 2027 yilgacha bo’lgan davrga prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq mehnat bozorini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq mehnat bozorini boshqarishning asosiy tamoyillari (ish beruvchi va yollanib ishlovchilarni moddiy rag‘batlantirish, erkin ishchi kuchini mustaqil yollash, bandlik xizmati ob’ektlarini muvofiqlashtirish, bozorda ishchi kuchiga talab va taklifni muvozanatlashtirish, ishsizlar ijtimoiy himoyalanishini kafolatlash) negizida uning samarali amal qilishini ta’minlashning asosiy iqtisodiy mexanizmlari vazirlikning “Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish” va “Bandlik dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish” boshqarmalari amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 10 avgustdagi 01/00-03/16-7039-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy kilinishi mehnat bozorini boshqarish maqsadlariga xizmat qilgan;
ishsiz aholini ish bilan ta’minlash hamda kelgusida yaratiladigan ish o‘rinlarini kutiladigan demografik bosimga mutanosib holda tashkil etish asosida qishloq mehnat bozorini boshqarish taklifi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 10 avgustdagi 01/00-03/16-7039-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy kilinishi mehnat resurslarini barkaror ish bilan ta’minlash, bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyati samaradorligini oshirish, mehnat bozorini rivojlantirish maksadlariga xizmat kilgan
yangi ish joylarini tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqish, ishchi kuchi migratsiyasi va eksportini tartibga solishning doimiy monitoringini o‘tkazish, bandlik infratuzilmasi ob’ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi samarali tashkiliy yo‘nalishlari asosida hududiy mehnat bozorini boshqarish taklifi bandlik dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 10 avgustdagi 01/00-03/16-7039-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mehnat bozorini boshqarish bo‘yicha faol ish bilan bandlik tadbirlarini ishlab chiqishning ilmiy asoslanganlik darajasini oshirgan;
taraqqiyot strategiyasi maqsadlaridan kelib chiqqan holda hududiy mehnat bozorining rivojlanish tendensiyalarini 2022-2026 yillarga bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz parametrlari vazirlik tomonidan “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli milliy strategiya”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 10 avgustdagi 01/00-03/16-7039-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari hududiy mehnat bozorini boshqarish bilan bog‘liq tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda asos bo‘lgan.