Xonkeldieva Muxabbat Turgunovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gossipol klatratlarining tuzilish hususiyatlari va issiqlik ta’sirida o‘zgarishi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K23.

Ilmiy rahbar: Ibragimov Baxtiyor Tulyaganovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.

Rasmiy opponentlar: Sharipov Xasan Turopovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mavlyanov Saidmuxtor Maksudovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: gossipolning kristall shakllari, polimorf va klatratlarining tuzilish xususiyatlari hamda ularning termik xossalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

rentgen struktura tahlili yordamida gossipolning 4-pikolin, 2-pikolin, akridin, pirazin, monoxlorsirka kislotasi bilan «mehmon-mezbon» tipidagi 6 xil klatratlari kristall va molekulyar strukturalari aniqlangan;

gossipol polimorflariga tez uchuvchan moddalarning yutilishi hamda qattiq fazali diffuziya yordamida hosil bo‘lgan yangi klatratlarning tarkibi va termik xossalari tegishli polimorfning kristall tuzilishiga bog‘liqligi isbotlangan;

gossipolning azot tutgan molekulalar bilan hosil qilgan kristall sol`vatlarining termik desol`vatatsiyasida oraliq klatratlar hosil bo‘lishi isbotlangan;

gossipol polimorflarining zaxarlilik darajasi uning kristall tushilishiga bog‘liq ekanligi hamda klatratlarning zamburug‘larga qarshi faolligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Gossipol klatratlarining tuzilish hususiyatlari va issiqlik ta’sirida o‘zgarishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 

gossipolning 4-pikolin, 2-pikolin, akridin, pirazinning 2 xil kristalli va monoxlorsirka kislotasi  bilan klatratlari kristall tuzilishi haqidagi ma’lumotlar Angliyadagi xalqaro Kembridj strukturalar ma’lumotlari bazasiga kiritilgan (https://www.ccdc.cam. ac.uk/solutions/csd-system/components/csd/). Natijada bazaga kiritilgan moddalar asosida yangi supramolekulyar komplekslarni izlash va sintez qilish hamda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;

gossipol polimorflariga tez uchuvchan moddalarning yutilishi va qattiq fazali diffuziya yordamida yangi klatratlarning hosil bo‘lishidan olingan natijalar Texas A&M universitetida e’tirof etilgan (Texas A&M universitetining 2018 yil 4 apreldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, adsorbsiya va diffuziya usullari yordamida gossipol klatratlarini olish imkonini bergan;

gossipolning azot tutuvchi mehmon molekulalar bilan hosil qilgan klatratlarining tuzilishi va termik xususiyatlari, adsorbsiya yo‘li bilan yangi klatratlarning olish usullaridan FA-F7-T185 raqamli «Tabiiy birikmalar stereokimyosi, metabolizmi, molekulyar dizayni va biologik nishonlar bilan o‘zaro ta’sir mexanizmi» mavzusidagi loyihasida biologik faol birikmalarning klatrat hosil qilishi va ularning tuzilishini aniqlash uchun foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 02 noyabrdagi FTA-02-11/1006-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilishi tabiiy va organik birikmalardan supramolekulyar komplekslar hosil bo‘lishini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish