Raxmanova Sevara Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intraamnial infeksiyali homilador ayollarda platsentar disfunksiyani zamonaviy texnologiyalar asosida tashxislash va davolash nazorati”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2355.
Ilmiy rahbar: Karimova Feruza Djavdatovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Yusupov Usman Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moliq.
II. Tadqiqotning maqsadi homilador ayollarda anamnestik, klinik, laborator, instrumental va morfologik tekshiruvlar natijalariga asoslanib, intraamnial infeksiya xavfining prognostik me’zonlarini va davolash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollarda intraamnial infeksiya rivojlanishining muhim xavf omillaridan: anamnezida qayta abortlar, kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilganligi, kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari, ona va/yoki homiladagi taxikardiya, qog‘onoq suvlari miqdori va sifatidagi ul`tratovush tekshiruvidagi o‘zgarishlar, dopplerometriya tekshiruvida ona-yo‘ldosh-homila gemodinamikasining buzilishi, shuningdek, qog‘onoq pardalari tug‘ruqdan oldin yorilishidan so‘ng suvsizlik davri davomiyligiga asoslanib ishlab chiqilgan mobil ilova shaklidagi prognostik shkalaning intraamnial infeksiya xavfi darajasini aniqlash uchun samaradorligi isbotlangan;
qog‘onoq suvlari biokimyoviy tarkibining spesifikligi yuqori bo‘lgan ko‘rsatkichlari aniqlangan va qog‘onoq suvlaridagi glyukoza miqdorining 1,0 mmol`/l dan pasayishi infeksion omilning mavjudligiga teskari korrelyasion bog‘liqligi, shuningdek, qog‘onoq suvlarida interleykin-6 miqdori 2,6 ng/ml dan yuqori bo‘lishi va yallig‘lanish jarayonining rivojlanishi o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
qog‘onoq suvlari tarkibidagi interleykin-6 miqdori 2,6 ng/ml dan yuqori bo‘lishi, ona-yo‘ldosh-homila qon aylanishi buzilishining og‘ir darajalari kuzatilishi bilan tug‘ruqdan keyingi yo‘ldosh to‘qimasi morfologik tekshiruvida xorioamnionit belgilari aniqlanishi orasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
personallashtirilgan "Intraamnial infeksiya xavfini baholash uchun mobil ilova"ning tatbiq qilinishi orqali balli baholash asosida intraamnial infeksiya xavfi yuqori bo‘lgan homilador ayollarni olib borish algoritmini qo‘llash tug‘ruq vaqtidagi asoratlarni 1,8 barobarga, tug‘ruqdan keyingi asoratlarni 2,0 barobarga, neonatal asoratlarni esa 2,4 barobarga kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2022 yil 15 noyabrdagi 8n-z/609-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2022 yil 3 noyabrdagi 01/08-1823-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda intraamnial infeksiya rivojlanishining muhim xavf omillaridan: anamnezida qayta abortlar, kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilganligi, kichik chanoq a’zolari yallig‘lanish kasalliklari, ona va/yoki homiladagi taxikardiya, qog‘onoq suvlari miqdori va sifatidagi ul`tratovush tekshiruvidagi o‘zgarishlar, dopplerometriya tekshiruvida ona-yo‘ldosh-homila gemodinamikasining buzilishi, shuningdek, qog‘onoq pardalari tug‘ruqdan oldin yorilishidan so‘ng suvsizlik davri davomiyligiga asoslanib ishlab chiqilgan mobil ilova shaklidagi prognostik shkalaning intraamnial infeksiya xavfi darajasini samaradorligini aniqlanishi Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksida 12.09.2022 yildagi №147-sonli buyruq xamda Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksida 07.09.2022 yildagi №76-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan shkala va uning asosidagi kompleks yondashuvdan foydalanish, intraamnial infeksiya yuqori xavfi mavjud bo‘lgan 18 ta homilador ayollarni erta tashxislash imkonini beradi va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: intraamnial infeksiya xavfi darajasini xomiladorlik davrida anamnestik ma’lumotlar va oddiy tekshiruv usuli bo‘lgan ul`tratovush tekshiruvi belgilarini kiritib, tez va bepul bo‘lgan shkala orqali 18 ta homilador ayolda yuqori xavf darajasi aniqlangan. Ushbu homilador ayollarga davolash chora tadbirlarini erta boshlash homilador ayollarni shifoxonada yotish muddatini 7,5 kundan 4,5 kungacha (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada yotish to‘lov miqdorini 18 ta homilador ayolga xisoblanganda 3 996 000 so‘mga kamaytirgan (tug‘ruq majmuasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun yotish 74.000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: homilador ayollarda intraamnial infeksiya yuqori xavfini erta tashxisini ta’minlovchi shkalani qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga 1 kuniga byudjet mablag‘larini 74 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 42 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qog‘onoq suvlari biokimyoviy tarkibining spesifikligi yuqori bo‘lgan ko‘rsatkichlari aniqlangan va qog‘onoq suvlaridagi glyukoza miqdorining 1,0 mmol`/l dan pasayishi infeksion omilning mavjudligiga teskari korrelyasion bog‘liqligi, shuningdek, qog‘onoq suvlarida interleykin-6 miqdori 2,6 ng/ml dan yuqori bo‘lishi va yallig‘lanish jarayonining rivojlanishi o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligini izohlab berilishi Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksida 12.09.2022 yildagi №147-sonli buyruq xamda Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksida 07.09.2022 yildagi №76-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: intraamnial infeksiya kechishi va asoratlarini yuzaga kelishini qog‘onoq suvlarida glyukoza va interleykin-6 miqdoriga qarab erta davrda to‘g‘ri tashxislash orqali 42% ga asoratlarni kamaytiradi, interleykin-6 miqdoriga qarab intraamnial infeksiyani yallig‘lanish jarayoniga o‘tishi erta antimikrob davolash orqali kesarcha kesish amaliyotini 12% ga kamaytirishga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: intraamnial infeksiya qog‘onoq suvlarida glyukoza va interleykin-6 miqdorini tekshirish yordamida 94% sezgirlik va 82% o‘ziga xosligi aniqlangan. Natijada, boshqa qo‘shimcha tekshiruvlarni qo‘llamaslik hisobiga harajat kamayib, 18 ta bemor uchun 1 602 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: intraamnial infeksiyani tashxislashda qog‘onoq suvlarida glyukoza va interleykin-6 miqdorini tekshirishni amaliyotga joriy qilish natijasida boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga xarajat kamayib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 20 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘rtacha 69 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: qog‘onoq suvlari tarkibidagi interleykin-6 miqdori 2,6 ng/ml dan yuqori bo‘lishi, ona-yo‘ldosh-homila qon aylanishi buzilishining og‘ir darajalari kuzatilishi bilan tug‘ruqdan keyingi yo‘ldosh to‘qimasi morfologik tekshiruvida xorioamnionit belgilari aniqlanishi orasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligini Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksida 12.09.2022 yildagi №147-sonli buyruq xamda Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksida 07.09.2022 yildagi №76-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: intraamnial infeksiya tashxisini homiladorlik vaqtida qo‘yish xorioamnionit asoratini 2,5 barobarga kamaytiradi, erta davolash boshlangani sababli operativ tug‘ruqlar sonini 12% ga kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operativ tug‘ruqning kamayishi hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddati 7,5 kundan 4,5 kunga (3 kunga) qisqargan, shifoxonada yotish muddatini kamaytirgan, 18 ta xomilador ayol shifoxonada yotish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 4 473 900 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 82850 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: homilador ayollarda intraamnial infeksiya yuqori xavfini erta tashxisini ta’minlovchi shkalani qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 165 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 83 550 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: personallashtirilgan "Intraamnial infeksiya xavfini baholash uchun mobil ilova"ning tatbiq qilinishi orqali balli baholash asosida intraamnial infeksiya xavfi yuqori bo‘lgan homilador ayollarni olib borish algoritmini qo‘llash tug‘ruq vaqtidagi asoratlarni 1,8 barobarga, tug‘ruqdan keyingi asoratlarni 2,0 barobarga, neonatal asoratlarni esa 2,4 barobarga kamaytirishi Toshkent shahar 3-son tug‘ruq kompleksida 12.09.2022 yildagi №147-sonli buyruq xamda Toshkent shahar 8-son tug‘ruq kompleksida 07.09.2022 yildagi №76-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador ayollarda intraamnial infeksiya xavfini erta aniqlash orqali davolash samaradorligini oshiriladi, homilador ayollarni birlamchi ko‘rikda intraamnial infeksiya xavfi past, o‘rta va yuqori darajalariga ajratish shifokorlar vaqtini tejaydi, prognostik shkaladan foydalanish orqali intraamnial infeksiya xavfi past deb topilgan ayollarda tug‘ruq konservativ olib boriladi, antibakterial davo qo‘llash holati 25%ga kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “Intraamnial infeksiya xavfini baholash uchun mobil ilova” natijalariga asoslanib, intraamnial infeksiya xavfi past bo‘lgan homilador ayollarni olib borish algoritmini qo‘llash natijasida antibakterial davo qo‘llash holati kamayishi xisobiga, so‘m iqtisod qilingan, bu 12 nafar intraamnial infeksiya xavfi past darajadagi bemor uchun o‘rtacha 1 164 000 so‘mni tashkil qilgan (1 nafar bemor uchun antibakterial davo o‘rtacha 97 000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: “Intraamnial infeksiya xavfini baholash uchun mobil ilova” natijalariga asoslanib, intraamnial infeksiya xavfi past bo‘lgan homilador ayollarni olib borish algoritmini amaliyotda qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 65 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni o‘rtacha 32 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.